Pul, kredit va banklar


To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblar 
 
Naqd pulsiz hisob – kitoblar ichida to‘lov topshiriqnomasi eng ko‘p qo‘llaniladigan hisob 
– kitob shakllaridan hisoblanadi. Bunga to‘lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga 
oshirishning to‘lovchi, sotib oluvchi va hatto bank uchun ham qulayligi hisoblanadi.
To‘lov topshiriqnomasi – mol sotib oluvchi tashkilotning o‘z hisobraqamidan mol 
sotuvchining hisobraqamiga to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risida bankka bergan topshirig‘i 


hisoblanadi. Topshiriqnomalar orqali sotilgan tovarlar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar va 
boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob – kitoblar amalga oshirilishi mumkin. 
Topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak, ular 
mos kelmagan holda to‘lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul qilinmaydi (byudjetga va 
byudjetdan tashqari fondlar bo‘yicha to‘lovlar bundan mustasno). 
Hozirgi kunda viloyat, shahar va tuman bo‘limlariga ega bo‘lgan tijorat banklari yagona 
vakillik hisobvaraqasiga o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu vakillik hisobvaraqalari orqali to‘lovlarni 
amalga oshirishda hujjatlarni rasmiylashtirish va aylanishi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.
Quyida aktsiyadorlik tijorat Agrobankning ikkita bo‘limi o‘rtasida to‘lov topshiriqnomalar 
bilan hisob – kitoblarni amalga oshirganda hujjatlarni aylanishining shartli tartibi keltirilgan.
 
To‘lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni
amalga oshirish tartibi 
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, sotuvchi va sotib oluvchilar o‘rtasida to‘lov 
topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblarni amalga oshirganda hujjatlar aylanish tartibi juda 
oddiy bo‘lib, uning ishtirokchilariga qator qulaylik va yengilliklar tug‘diradi. 
To‘lov topshiriqnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishda dastlab sotuvchi va 
sotib oluvchi o‘rtasida shartnoma tuzilib, unda to‘lov shakli ham kelishiladi (1), sotuvchi 
oldindan umumiy to‘lov summasining 15 foizini to‘lagandan so‘ng, tovarlarni jo‘natadi yoki 
xizmatlarni ko‘rsatadi (2), sotib oluvchi shartnomada kelishilgan summani mol sotuvchining 
hisobraqamiga o‘tkazish maqsadida to‘lov topshiriqnomani bankka taqdim etadi (3), bankning 
mas’ul buxgalter xodimi to‘lov topshiriqnomalarni tegishli nazoratdan o‘tkazgandan so‘ng 
mablag‘ni elektron to‘lov tizimi orqali respublika bankiga jo‘natadi (4), respublika aktsiyadorlik 
tijorat Agrobankida elektron to‘lov topshiriqnoma tegishli dasturiy nazoratdan o‘tkazilgandan 
so‘ng sotuvchining bankiga jo‘natiladi (5), elektron to‘lov topshiriqnoma Agrbankning Oqtosh 
bo‘limida dasturiy nazoratdan, mablag‘ sotuvchining hisobiga kirim qilinadi va bu haqda unga 
xabar qilinadi (6). 
To‘lov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob – kitoblarning qator 
afzalliklari va ayrim kamchiliklari mavjud.
Afzalliklari: 
– sotuvchi bajariladigan ish va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun oldindan 15 foizni oladi; 
– pul to‘lovchi tashkilot tovar olingandan va xizmatlar ko‘rastilgandan so‘ng to‘lov 
topshiriqnomasini bankka taqdim etadi; 
– to‘lov hujjatlarining, boshqa naqd pulsiz hisob – shakllariga nisbatan oddiyli va tezligi; 
– tovarli va tovarsiz operatsiyalarda qo‘llanilshining mumkinligi. 
Kamchiliklari: 
– sotib oluvchi hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘la turib, ushbu summani boshqa maqsadlarga 
foydalanishi natijasida sotuvchi to‘lov summasini kechikib olishi mumkin;


 – mablag‘ oluvchi tashkilot jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oladigan 
mablag‘lar pul to‘lovchining hisobvarg‘ida mablag‘ bo‘lmay yoki yetishmay qolganda mablag‘ni 
olish jarayoni cho‘zilib ketadi. Biroq ushbu jarayon boshqa to‘lov shakllarida ham uchraydi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling