Pul, kredit va banklar


 Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

2.3. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida har kuni bir necha 
yuz minglab naqd pulli va naqd pulsiz operatsiyalar amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarning 
85 – 90 foizi, ayrim rivojlangan mamlakatlarda 98 – 99 foizi naqd pulsiz ko‘rinishida amalga 
oshiriladi.
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar tijorat banklarining ichki va tashqi vakillik 
hisobraqamlari orqali, elektron to‘lov tizimi yordamida, mijozlarning hisobvaraqlarida 
buxgalteriya yozuvlari ko‘rinishda amalga oshiriladi. Mamlakatimiz bank tizimida 1997 yil mart 
oyida joriy etilgan elektron to‘lov tizimi banklararo amalga oshirilayotgan to‘lovlarni juda qisqa 
daqiqalar ichida amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bu davlat idoralari va korxonalari, aholi va 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi to‘lovlarni naqd pulsiz ko‘rinishda amalga oshirishga 
juda keng qulayliklar yaratilganligidan dalolat beradi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda qator tamoyillar bajarilishi lozim. 
Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq: 
– naqd pulsiz hisob – kitoblar jarayonida ishtirok etayotgan har ikkala tomonning ham 
bankda tegishli hisobvaraqlari mavjud bo‘lishi lozim; 


 – mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni boshqa manzilga o‘tkazish va kirim qilish 
Markaziy bank tomonidan qa’tiy belgilangan to‘lov hujjatlari asosida hamda ulardagi 
rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilgan holda amalga oshiriladi; 
– bank mijozning pul mablag‘larini o‘tkazish haqidagi topshirig‘ini uning hisobvarag‘ida 
mablag‘ bo‘lgandagina qabul qiladi. Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan holatda uning 
hisobvarag‘idan undirish to‘g‘risida inkasso topshiriqnomasi (o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar 
va Davlat byudjetiga o‘tkaziladigan soliqdan tashqari to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib 
olishda soliq idoralari tomonidan, byudjetdan tashqari fondlar – o‘z vaqtida to‘lanmagan 
to‘lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan holatlarda), to‘lov 
talabnomalar kartoteka 2 ga kirim qilinadi va belgilangan tartibda to‘lovlar amalga oshiriladi; 
– bank naqd pulsiz hisob – kitoblarni faqat mablag‘ egasining topshirig‘i asosida 
belgilangan maqsadlar uchun o‘tkazadi, hisobvaraq egasining hisobida mablag‘lar yetarli 
bo‘lmagan holatlar bundan mustasno; 
– mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so‘ng mablag‘ oluvchining 
hisobvarag‘iga kirim qilinadi; 
– to‘lovlarni amalga oshirish Markaziy bank tomonidan belgilangan naqd pulsiz hisob – 
kitoblarning shakllarini qo‘llagan holda, tegishli to‘lov hujjatlari orqali amalga oshiriladi. 
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakli va to‘lovlarni amalga oshirishning tartibi tovar 
sotuvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot hamda uni sotib oluvchi o‘rtasida tuziladigan 
shartnomada aniq va batafsil belgilab qo‘yiladi.
Bankda mablag‘larni kirim qilish yoki hisobdan chiqarish uchun asos bo‘ladigan 
hujjatlarning elektron nusxalari mijozning hisobvarag‘i xizmat ko‘rsatadigan buxgalteriya 
xodimi tomonidan imzolanadi hamda to‘lashga qabul qilish va to‘lash sanalari ko‘rsatilgan holda 
o‘ziga biriktirilgan shtamp bilan tasdiqlanadi.
Yuqorida qayd etganimizdek, mamlakatimiz pul aylanmasi tarkibida naqd – pulsiz hisob 
– kitoblarning ulushi ayrim mamlakatlarga nisbatan yuqoriroq miqdorni tashkil etadi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmini oshirishga qator omillar 
ta’sir qiladi. Xususan: 
1.Yuridik va jismoniy shaxslarning banklarga bo‘lgan ishonchining yuqoriligi. Agar 
yuridik va jismoniy shaxslar banklarga nisbatan ishonchi yuqori darajada bo‘lmasa, banklarga 
naqd pullarni topshirishga bo‘lgan moyilligi pasayadi, hisob – kitoblarni naqd pullarda amalga 
oshirishga intiladi. 
2.Iqtisodiyotda monetizatsiya koeffitsienti darajasining tegishli me’yori ta’minlangan 
bo‘lishi lozim. Iqtisodiyotning yetarli darajada pul bilan ta’minlanganlik darajasi monetizatsiya 
koeffitsienti asosida aniqlanadi. Monetizatsiya koeffitsienti mamlakat yalpi ichki mahsulotiga 
nisbatan aniqlanib, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va ekspertlarning fikrlariga ko‘ra uning 
miqdori, o‘tish iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda 45-60 foizdan iborat bo‘lishi lozim. Agar 
mamlakatda monetizatsiya koeffitsienti ushbu miqdordan past bo‘lsa iqtisodiyotda pul 
taqchilligi, tijorat banklarida likvid mablag‘lar va resurslarning yetishmasligi, kreditlar va 
omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarining yuqoriligi kuzatiladi. Bularning barchasi naqd pulsiz 
hisob – kitoblar hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi; 
3.Tijorat banklarining resurslarga bo‘lgan ehtiyojining yetarli ravishda qondirilmasligi. 
Ma’lumki, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan pullar o‘zining boshlang‘ich 
nuqtasiga qaytib kelmasligi banklarning resurs bazasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning 
oqibatida tijorat banklarining real sektorni kreditlash uchun yo‘naltirayotgan resurslarning 
taqchilligi, omonatlarga to‘lanadigan to‘lovlar miqdorining oshib ketishi, bu esa o‘z navbatida 
naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmini pasayishiga olib keladi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling