Pul, kredit va banklar


To‘lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

 
To‘lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar 
 
To‘lov talabnoma xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida to‘lovlarni amalga oshirishda 
qo‘llaniladigan naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakli hisoblanadi. O‘zbekiston tijorat banklari 
o‘rtasida to‘lov talabnomalar hisob – kitoblarning qo‘llanilishi juda keng tarqalmagan. Buning 
asosiy sabablaridan biri to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarda hujjatlarning aylanishi juda 
ko‘p vaqt oladi va ortiqcha sarf xarajatlar talab qiladi.
To‘lov talabnoma – mol sotuvchi tomonidan belgilangan summani bank orqali olish 
haqidagi talabini o‘z ichiga olgan hisob – kitob hujjatidir. Talabnomalar asosan aktseptli va 
aktseptsiz bo‘lishi mumkin. 
Aktseptli to‘lov talabnomalarda bank avval to‘lovchining mablag‘ni to‘lash haqidagi 
roziligini oladi, so‘ngra to‘lovni amalga oshiradi. Aktseptsizda esa avval to‘lov amalga oshirilib, 
so‘ngra mijozga to‘lov hujjatlarini beradi.
Tijorat banklarining yagona vakillik hisobvaraqlariga o‘tishi to‘lov talabnomalar bilan 
amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni rasmiylashtirish va hujjatlarning aylanish jarayonlarini 
bir qadar yengillashtirdi. 
Aktseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblar. Ta’kidlaganimizdek, aktseptli to‘lov 
talabnomalar sotib oluvchining bankiga kelib tushgandan so‘ng, bank dastlab to‘lovni amalga 
oshirish yuzasidan to‘lovchining roziligini oladi. Buning uchun bank tomonidan to‘lovchilarga 
talabnomalarni quyidagicha aktseptlash muddati o‘rnatiladi: 
– bir shahar ichida joylashgan mijozlar uchun – talabnomalarni bankka kelib tushgan 
kunni hisobga olmagan holda, uch ish kuni; 
– boshqa shaharlarda joylashgan mijozlar uchun talabnomalarni bankka kelib tushgan 
kunni hisobga olmagan holda, besh ish kuni; 
– to‘lovchining asosli iltimosiga ko‘ra 10 kungacha. 
Aktseptlash tartibida to‘lanadigan aktseptli to‘lov talabnomalar muddatini kutayotgan davr 
davomida to‘lovni kutayotgan hujjatlar kartotekasi (1 – kartoteka)da hisobga olib boriladi.
To‘lovchi belgilangan muddatda yozma ravishda unga xizmat qiluvchi bank bo‘limiga 
aktseptlashni qisman yoki to‘liq rad qilish huquqiga ega (tovar – material qimmatliklarini 
jo‘natishda, xizmatlar ko‘rsatishda va boshqa holatlarda shartnoma shartlariga amal 
qilinmaganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga asosan). 
Belgilangan muddatda korxona yozma ravishda aktseptlashni rad etmasa, talabnoma 
aktseptlangan hisoblanadi. 
Talabnomani aktseptlashdan qisman bosh tortganda, to‘lovchi tomonidan aktseptlangan 
summa bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi. Agar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar 
bo‘lmaganda aktseptli to‘lov talabnomalar 2 – kartotekaga joylashtiriladi. 
Bunda bank to‘lovchi tomonidan aktseptlashni qisman rad qilinganligi to‘g‘risida mahsulot 
yetkazib beruvchining (mablag‘ oluvchining) bankiga yozma ravishda xabar beradi. 
Bank 2 – kartotekadagi hisob – kitob hujjatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda 
to‘lovchilarga penya hisoblash va oluvchilar foydasiga o‘tkazish huquqiga ega, agar bu bank va 
mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada kelishilgan bo‘lsa. 
Bank to‘lovchilardan mablag‘larni oluvchilar foydasiga muddati o‘tkazib yuborilgan 
to‘lovlar bo‘yicha har bir kun uchun qonunda belgilangan miqdorda penya undiradi.Agar ushbu 
holat bank va mijoz o‘rtasida hisob – kitob va bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 
sharotnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa.
Quyidagi shartli chizmada aktsiyadorlik tijorat Agrobankning ikkita bo‘limi mijozlarining 
aktseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblar amalga oshirilganda hujjatlar aylanishini 
shartli misolda ko‘rib chiqamiz. 


 
Aktseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob –
kitoblarni amalga oshirish tartibi 
Mol sotuvchi va sotib oluvchi o‘rtasida tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatish haqida 
shartnoma tuziladi, ushbu shartnomada to‘lov shakli ham kelishiladi (1), sotuvchi tovarlarni 
jo‘natagandan yoki xizmatlarni ko‘rsatgandan keyin (2) aktseptli to‘lov talabnomani bankka 
taqdim etadi (3), bankning mas’ul buxgalteri to‘lov talabnomalar belgilangan tartibga javob 
berishini nazoratdan o‘tkazgandan keyin pochta orqali sotib oluvchining bankiga jo‘natadi (4), 
sotuvchining banki to‘lov talabnomani aktseptlash uchun sotib oluvchiga jo‘natadi (5), sotib 
oluvchi yozma ravishda to‘lovni rad etmasa uning hisobidan mablag‘ni sotuvchi hisobiga 
o‘tkazish haqidagi elektron to‘lov talabnomani respublika bankiga jo‘natadi (6).
Agrobankning Koson bo‘limi sotuvchining hisobvarag‘idan mablag‘ni ko‘chirgandan 
so‘ng bu haqda unga xabar qiladi (7), o‘z navbatida respublika Agrobanki elektron to‘lov 
talabnoma bilan Koson bo‘limining vakillik hisobvarag‘idan mablag‘ni Oqtosh bo‘limiga 
o‘tkazadi (8), Agrobankning Oqtosh bo‘limi mablag‘ni sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkazadi va 
bu haqda sotuvchiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi (9).
Aktseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirganda to‘lovchining 
hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmaganda to‘lov hujjatlari bankning ikkinchi kartotekasiga kirim 
qilinadi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling