Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

 
 
 
 


2.4. Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari 
 
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank 
Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan«O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar 
to‘g‘risida» gi 60 – sonli Nizomga asosan tashkil etiladi.
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini joriy etish, umumiy talab va 
qoidalarini belgilash hamda nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston tijorat banklari, tegishli qonuniy va me’yoriy hujjatlar asosida mulkchilik 
shaklidan qa’tiy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga quyidagi naqd pulsiz hisob – kitoblar 
shakllarini amaliyotga joriy etadi: 
1. To‘lov topshiriqnomalar; 
2. To‘lov talabnomalar;
3. Akkreditivga ariza; 
4. Inkasso topshiriqnomasi; 
5. Hisob cheklari bilan hisob – kitoblar. 
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining taboro chuqurlashib borishi tijorat banklari 
xizmatlarining turlarini oshib borishiga turtki bo‘lmoqda. Mana shunday xizmatlardan biri naqd 
pulsiz hisob – kitoblarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirish bo‘lib, hozirgi paytda hisob 
– kitoblarning ushbu shakli asosan aholi va xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida qo‘llanilmoqda. 
Ta’kidlash lozimki, plastik kartochkalar bilan hisob – kitoblarni amalga oshirish juda qulay va 
oson bo‘lib, kelgusida aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb 
etishi kutilmoqda. 
Yuqorida qayd etilgan naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul – 
hisob – kitob hujjatlaridan foydalanadi: 
– to‘lov topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz sotib olgan tovarlar yoki xizmatlar 
uchun o‘z hisobvarag‘idan mablag‘ni to‘lash haqidagi topshirig‘ini o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan 
bankka beradi; 
– to‘lov talabnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz jo‘natgan mol yoki ko‘rsatgan xizmatlar 
uchun to‘lovni mol sotib oluvchidan undirib berish haqida o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka 
taqdim etadi; 
inkasso topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida Markaziy bank tomonidan belgilab 
qo‘yilgan tashkilotlar to‘lovchining hisobvarag‘idagi mablag‘ni uning roziligini olmasdan 
tegishli manzilga o‘tkazib berish haqida bankka topshiriq beradi, agar to‘lovchining 
hisobvarag‘ida mablag‘ yetarli yoki mavjud bo‘lmasa inkasso topshiriqnomasi kartoteka 2 da 
hisobga olib boriladi; 
– akkreditivga ariza, mijoz sotib oladigan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lanadigan 
mablag‘larni deponentlash haqida o‘z bankiga taqdim etadigan hujjat hisoblanadi; 
– hisob – kitob cheki, asosan jismoniy shaxslar va savdo tashkilotlari o‘rtasida 
qo‘llaniladigan hujjat bo‘lib, uchinchi shaxs, asosan savdo tashkilotlari chekdagi mablag‘ni talab 
qilib o‘z bankiga taqdim etadi; 
memorial order, ushbu hujjat bankning ichki operatsiyalarini bajarishda, shuningdek, 
shartnomada ko‘rsatilgan hollarda mijozlarning hisobvaraqlaridan mablag‘larni ko‘chirishda 
bank tomonidan qo‘llaniladi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling