Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

 
Inkasso topshiriqnomalar
bilan hisob – kitoblar
Bizga ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bankdagi hisobvaraqlaridan 
mablag‘larni faqatgina ularning topshirig‘i (to‘lov topshiriqnomasi, akkreditiv, hisob – kitob va 
pul cheki) va roziligi (to‘lov talabnomasi, kredit bo‘yicha muddatli majburiyatlar
shartnomalarda kelishilgan bo‘lsa, memorial order) bilangina o‘tkazish qonunchilik hujjatlarida 
belgilab qo‘yilgan.
Bozor munosabatlarida xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning 
ko‘pqirraligi va kutilmaganda vujudga kelgan ziddiyatlarni hal qilishda qo‘llaniladigan shunday 
to‘lov hujjatlari ham mavjudki, ushbu to‘lov hujjati tegishli muassasalar tomonidan bankka 
taqdim etilganda mijozning hech qanday roziligini olmasdan turib, bank bo‘limi uning 
hisobvarag‘idan mablag‘ni hujjatda ko‘rsatilgan manzilga o‘tkazib berishi lozim. Ushbu to‘lov 
hujjati inkasso topshiriqnomasidir.
Inkasso topshiriqnomasi – bankka mijoz (to‘lovchi)ning hisobvarag‘idan so‘zsiz tartibda 
mablag‘larni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi talabini anglatadi. 
Inkasso topshiriqnomalari bankka quyidagi tashkilotlar tomonidan taqdim qilinishi 
mumkin: 

o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar va Davlat byudjetiga o‘tkaziladigan soliqdan tashqari 
to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq idoralari; 

byudjetdan tashqari fondlar – o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovlarni undirib olishda, agarda 
bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan bo‘lsa; 

bojxona organlari – o‘z vaqtida to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini undirishda; 

sud organlari ularga berilgan ijro hujjatlari bo‘yicha; 

moliyalashtirishga ortiqcha o‘tkazilgan mablag‘larni qaytarishda, yuqori moliya organlari 
quyi byudjet tashkilotlarga, davlat kafolati ostida berilgan muddati o‘tgan kreditlarni qaytarishda 
va boshqa holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan inkasso topshiriqnomalari 
qabul qilinadi; 

qonuniy hujjatlarga asosan boshqa organlar. 
To‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmaganda inkasso topshiriqnomasi 2 – 
kartotekada to‘lovini kutayotgan hujjatlar qatoriga joylashtiriladi va qonunchilikda o‘rnatilgan 
tartibda to‘lanadi. 
Inkassa topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblarda
hujjatlarning aylanish tartibi


Tuman Davlat soliq inspektsiyasi belgilangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan xo‘jalik 
sub’ektlariga nisbatan inkasso topshiriqnomalarini banklarga taqdim etadi (1), tijorat banklari 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lsa, inkasso 
topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summani so‘zsiz ravishda respublika yoki mahalliy davlat 
byudjetiga o‘tkazadi (2), va to‘lovchiga bu haqda xabar beradi (3). Agar mablag‘ yetarli 
bo‘lmasa yoki umuman mavjud bo‘lmasa to‘lov hujjatlari ikkinchi kartotekaga kirim qilinadi
ushbu hujjatlar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar paydo bo‘lib, to‘lovlar amalga 
oshirilgunga qadar hisobga olib boriladi. 
Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob – kitoblarni amalga oshirilmaganligi iqtisodiy 
jarayonlarning ijobiy tashkil etilganligi va xo‘jalik sub’ektlarining soliqlar bo‘yicha to‘lovlarni 
o‘z vaqtida amalga oshirayotganligidan dalolat beradi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling