Pul, kredit va banklar


 Muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

3.5. Muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar
miqdorini aniqlash asoslari 
Naqd pul muomalasini tartibga solishning asosiy vazifasi, bu – muomalaga 
chiqarilishi yoki olinishi lozim bo‘lgan naqd pul miqdorini aniqlashdan iboratdir. 
Ushbu vazifa muomala uchun zarur naqd pul mablag‘lariga bo‘lgan talabni 
aniqlash orqali amalga oshiriladi. 
Ma’lumki, naqd pullar kichik hajmdagi chakana va uyushmagan savdo 
hamda naqd pulli xizmatlar uchun to‘lovlarda qo‘llaniladi. Yoki, naqd pul 
aylanmasining umumiy pul aylanmasidagi ulushi yuqorida ko‘rsatilgan naqd pulli 
to‘lovlarning jami to‘lovlardagi ulushi bilan aniqlanadi. 
Demak, naqd pulga bo‘lgan talab umumiy pul massasiga bo‘lgan talabning 
bir qismidir. Lekin, umumiy pul massasiga nafaqat tovarlar va xizmatlar hajmi, 
balki pulning aylanish tezligi va bank foiz stavkalarining darajasi ham ta’sir etadi. 
Ushbu omillar nazariy jihatdan olimlar tomonidan allaqachon asoslanib ulgurilgan 
va bugungi kunda juda ko‘p mamlakatlarning iqtisodiyotini boshqarishda pulga 
bo‘lgan talab va taklifni tartibga solish mexanizimi sifatida qo‘llanilmoqda. Fanda 
bu usul monetarizm (pulning miqdoriy nazariyasi) nomi bilan mashhur bo‘lib 
ketgan. 
Bunda shuni qayd etib o‘tish lozimki, klassik – dastlabki monetarizm 
asoschilari muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini asosan muomaladagi 
mavjud tovarlar qiymati va turli pulli to‘lovlar yig‘indisidan kelib chiqqan holda 
aniqlashga uringanlar. 
Keyinchalik kapitalistik tovar ishlab chiqarish rivojlangani sari muomaladagi 
pul miqdorini belgilovchi yangi ob’ektiv omillar vujudga kela boshlagan. Ayniqsa, 
pul muomalasi banklar tomonidan tartibga solina boshlangandan so‘ng pulga 
bo‘lgan talab va taklif banklarning ssuda foizlari darajasiga ko‘proq bog‘lanib 
borishi kuzatilgan. Natijada, iqtisodchi olimlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va 
taklifni boshqarish bilan bog‘liq yangi zamonaviy monetarizm vujudga kelgan.
Albatta, ushbu bobda naqd pul muomalasi uchun zarur pul miqdorini aniqlash 
bo‘yicha olimlar tomonidan bugungi kungacha yaratilgan barcha nazariyalarni 
taxlil qilib chiqish mumkin emas. Lekin, Markaziy banklar tomonidan amalga 
oshirilayotgan zamonaviy naqd pul siyosatining negizini chuqurroq tushunish 
uchun ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
Masalan, ingliz iqtisodchisi U. Petti (1623 – 1687) muomala uchun zarur 
bo‘lgan naqd pullar miqdori aholining bir haftalik pul daromadlari, yer ijarasi 
uchun to‘lanadigan haqning yarmi va barcha eksport qilinadigan tovarlar 
summasining to‘rtdan bir qismining yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim deb 
hisoblagan. 
Ingliz faylasufi J. Lokka (1632 – 1704) muomala uchun zarur bo‘lgan naqd 
pullar miqdorini ish haqining ellikdan bir qismi, yer ijara haqining to‘rtdan bir 
qismi va yillik tovar aylanmasining yigirmadan bir qismlarining yig‘indisi sifatida 
topishni taklif qilgan. 


Ingliz iqtisodchisi R. Kantilon (1680 – 1734) muomala uchun zarur bo‘lgan 
naqd pullar miqdori mamlakatdagi mavjud mahsulotlar qiymatining to‘qqizdan bir 
qismi yoki yer ijarasi uchun to‘lanadigan haqning uchdan bir qismiga teng bo‘lishi 
lozimligini e’tirof etadi. 
Shotland iqtisodchisi A. Smitt (1723 – 1790) ushbu ko‘rsatgichni aniqlash 
mumkin emas deb hisoblagan bo‘lsa ham, lekin ko‘pgina olimlar uni yillik 
umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining beshdan, o‘ndan, yigirmadan va 
o‘ttizdan bir qismiga teng bo‘lishini ta’kidlaganlarini eslatib o‘tadi. 
Agar, e’tibor berilgan bo‘lsa yuqorida sanab o‘tilgan nazariyalar klassik, 
ya’ni dastlabki monetarizmga taaluqli ekanligini sezish qiyin emas. 
Zamonaviy monetarizm nazariyasining ilk namoyondalaridan bo‘lgan ingliz 
iqtisodchisi A. Marshall (1842 – 1924) muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar 
miqdori aholining qo‘lida pul ushlab turish istagi va ulardan daromad ololmaslik 
xavfi bilan o‘lchanishini o‘rtaga tashlagan. Yoki, A. Marshall fikricha odamlar 
qo‘lidagi ortiqcha naqd pullardan hech qanday naf ololmaslik hissi muomala 
uchun zarur bo‘lgan naqd pul miqdorini belgilashda asosiy omil bo‘lib hizmat 
qiladi.
Miqdoriy pul nazariyasining yorqin namoyondalaridan bo‘lgan mashhur 
ingliz olimi J. Keyns (1883–1946) ilk bor muomala uchun zarur pul miqdorini 
bank foizlari darajasi bilan bog‘liq ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Uning 
fikricha bank foizlari stavkasi tushib ketsa, odamlar pullarini banklarda saqlashdan 
ko‘ra o‘z qo‘llarida ushlab turishni ma’qul ko‘radilar va muomalada pulga bo‘lgan 
talab oshib boradi. Agar, bank foiz stavkasi ko‘tarilsa, odamlar qo‘lidagi pullarini 
daromad olish maqsadida banklarga qo‘yishdan manfaatdor bo‘ladilar va 
muomalada pulga bo‘lgan talab pasayib ketadi. Ko‘rinib turibdiki, J. Keynsning 
pulga bo‘lgan talabni aniqlash ta’limoti uchun “foizlar nazariyasi” asos bo‘lib 
xizmat qilgan. 
Shundan kelib chiqqan holda J. Keyns, muomala uchun zarur bo‘lga pul 
miqdori mamlakat milliy boyligining o‘ndan bir qismidan tortib to ellikdan bir 
qismigacha bo‘lgan oraliqda o‘lchanishi mumkin deb hisoblagan. J. Keynsning bu 
fikrini inkor qilib bo‘lmasada, lekin uning nazariyasiga ko‘ra muomala uchun 
zarur bo‘lgan naqd pulning aniq miqdorini aniqlash mumkin emas edi. 
Shu sababli, naqd pul muomalasini samarali boshqarish usullarini qidirish 
bo‘yicha ilmiy ishlar muntazam davom ettirilgan va iqtisodchi olimlar tomonidan 
pul miqdorini aniq ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha bir qancha yangi nazariyalar 
yaratildi. 
Bulardan diqqatga sazovorlisi, ikki amerikalik olim U. Baumol va J. Tobinlar 
tomonidan bir – biriga bog‘liq bo‘lmagan holda yaratilgan “portfel tanlovi” 
nazariyasidir. 
Ushbu nazariyaga asosan bitimlarni amalga oshirish uchun naqd pulga 
bo‘lgan talab odamlarning kassa shaklida (qo‘lida) saqlanadigan naqd pullar 
bo‘yicha vujudga keladigan alternativ xarajatlarini (bank foizlari sifatida olinishi 
mumkin bo‘lgan daromadlarini yo‘qotilishi nazarda tutilmoqda) hisobga olgan 
holda aniqlanadi. Yoki, mualliflar yil davomida baholar barqaror va xarajatlar bir 
xil bo‘lgan hollarda, odamlar rejalashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish uchun 


qancha naqd pullarni o‘z qo‘lida saqlab turishlari maqsadga muvofiq ekanligini 
aniqlashni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan va uni quyidagi formula orqali 
ifodalashgan:
N= 
iY
/2F 
Bunda: 
N – bankka tashriflar soni; 
F – har bir tashrifning xarajatlari qiymati; 
Y – qo‘ldagi naqd pullar miqdori (aniq kassa qoldiqlari); 
i – omonat bo‘yicha to‘lanadigan bank foiz stavkasi. 
Bunga ko‘ra, bankka tashriflar soni oshgan sari xarajatlar ko‘payadi va 
odamlar qo‘lidagi pul miqdori oshib boradi, ayni paytda esa bankdan olinishi 
mumkin bo‘lgan foizlar ko‘rinishidagi daromadlar kamayib boradi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida bizning Respublikada ham boshqa barcha 
sobiq ittifoqdan ajralib chiqqan mamlakatlar qatori muomala uchun zarur bo‘lgan 
pul miqdori sobiq “SSSR Davlat banki” qo‘llagan kassa rejasini tuzish usuli bilan 
aniqlanib keldi. Ma’lumki, ma’muriy buyruqbozlik boshqarish usuliga asoslangan 
sotsialistik jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar va pulli hizmatlar narhi hamda 
unga asosiy qarama – qarshi ko‘rsatgich bo‘lgan ish haqi miqdori deyarli 
o‘zgarmasdi. Bu esa, bank kassalaridan beriladigan va kelib tushadigan naqd 
pullar miqdorini aniq belgilash imkonini berardi. 
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari to‘la shakllanib ulgurmagan sharoitda 
bizning Respublikada ham kassa aylanmalarini homcho‘t qilish orqali naqd pul 
muomalasini tartibga solish usulidan foydalanildi. Tijorat banklari kassa 
aylanmalarini xom – cho‘ti faqat choraklik davrlar uchun qo‘llanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki naqd pulga bo‘lgan talab va 
taklifni o‘rganish maqsadida statistika organlaridan olingan ma’lumotlarga asosan 
quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

xalq iste’mol mollarining umumiy hajmi, turlari bo‘yicha ishlab 
chiqarilishi, chiqarilayotgan mahsulotlar aholi talablariga mos bo‘lishi borasida 
doimiy monitoring olib boradi, tayyor sanoat mahsulotlarining qoldig‘ini, 
savdoning ahvoli va tovar zahiralarining holatini, chakana savdo tarmog‘idagi 
tovar zahiralari tarkibini tovar aylanmasining mo‘ljaldagi hajmining bajarilishini 
tahlil qiladi; 

aholining 
tovarlar 
va 
xizmatlarga 
bo‘lgan 
ehtiyoji 
qanday 
qondirilayotganini o‘rganadilar hamda ana shu o‘rganish natijalaridan aholining 
to‘lovga qobil talabini qondirishni yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; 

pul muomalasining holatini hamda uning tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni 
tahlil qilish asosida tegishli idoralar bilan birgalikda pul muomalasini 
barqarorlashtirish, tashkilotlarning naqd pulga bo‘lgan ehtiyojlarini uzluksiz 
qondirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqib, joylardagi davlat boshqaruv 
organlari muhokamasiga qo‘yadilar. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling