Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Naqd pullarning tijorat bankidan chiqib yana tijorat bankiga qaytib kelish 
harakati ularning doiraviy aylanmasi deyiladi. 
Tijorat banklari faqat muomaladan vaqtincha ortiqcha bo‘lgan va muomalaga 
yaroqsiz naqd pullarni Markaziy bank muassasalariga topshirishadi. Naqd 
pullarning Markaziy bankdan tijorat banklariga chiqishi muomalaga pul 
chiqarish, ya’ni Markaziy bankning emissiya operatsiyasi, tijorat banklaridan 
Markaziy bankka qaytib kelish harakati muomaladan pul olish operatsiyasi 
deyiladi. 
Naqd pullar aylanishini mamlakatimiz misolida quyidagi chizmada aks 
ettirilgan. 
1. Markaziy bank buyurtmasiga ko‘ra, pul fabrikasida ishlab chiqarilgan naqd 
pullarni Markaziy bank va uning muassasalariga maxsus inkassatorlar apparati 
orqali yetkazib berish. 
2. Markaziy bank tijorat banklari buyurtmalariga va pul – kredit siyosati 
ko‘rsatgichlariga asosan tijorat banklariga inkassatorlar orqali naqd pullar yetkazib 
berish. Markaziy bank Hisob – kitob markazlari kassasidan faqat o‘z mijozlariga 
qonunchilikda belgilangan to‘lovlar uchun naqd pullar berish. 
3. Tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan o‘zlari xizmat 
ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan to‘lovlarni 
amalga oshirish uchun naqd pullar berish. 
4. Korxona va tashkilotlar tomonidan ishchi va xizmatchilarga mehnat haqi, 
stipendiya, pensiya va boshqa ijtimoiy nafaqalar berish, shuningdek qonunchilikda 
ko‘zda tutilgan boshqa to‘lovlarni amalga oshirish. 


5. Aholi tomonidan korxona va tashkilotlardan naqd pullarga tovarlar va 
qimmatli qog‘ozlar, lotereya biletlari harid qilish, ko‘rsatilgan turli madaniy va 
maishiy xizmatlar, transport, sug‘urta, kommunal to‘lovlari, jarima va ustamalar 
hamda boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirish. 
6. Korxona va tashkilotlar tomonidan naqd pul tushumlarini tijorat bank 
kassalariga topshirish (inkassatsiya qilish). 
7. Jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklaridan naqd pulda kreditlar
omonatlardagi pul qo‘yilmalari, dividend va naqd puldagi boshqa daromadlarini 
olish. 
8. Jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklariga naqd pulda kreditlarni 
qaytarish, omonatlar qo‘yish va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish. 
9. Tijorat banklari tomonidan muomalaga yaroqsiz va ortiqcha naqd pullarni 
Markaziy bankka topshirish. 
Yuqoridagi chizmaning 4 va 5 – bosqichlar naqd pullarning bankdan tashqari 
aylanmasini o‘z ichiga oladi, ya’ni naqd pullarning bu harakati banklarni chetlab 
o‘tadi. Naqd pullarning bu aylanmasining ma’lum qismi, aholi va xo‘jalik 
sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan noqonuniy faoliyat turi hisoblanadi. 
Shuning uchun dunyoning barcha mamlakatlarida naqd pullarning bankdan 
tashqari aylanmasiga barham berish uchun ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. 
Respublika Hukumati tomonidan naqd pullarning bankdan tashqari aylanmasini 
qisqartirish bo‘yicha muntazam ravishda katta tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. 
Xususan, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunni qabul qiligishi ham aynan 
shu masalalarning ijobiy yechimini ta’minlashga qaratilgan. 
Qonunda u quyidagicha bayon qilingan “Jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirish mulk (pul mablag‘lari yoki boshqa mol – mulk)
jinoiy faoliyat natijasida topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud 
almashtirish yo‘li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, shuningdek
bunday pul mablag‘lari yoki boshqa mol – mulkning asl xususiyatini,
manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini yoxud pul
mablag‘lariga yoki boshqa mol – mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini
yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan iborat
bo‘lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmishdir”.
Mazkur qonunga binoan banklar pul mablag‘lari yoki boshqa mol – mulk 
bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilot sifatida qaralib, ularga 
majburiy nazoratni amalga oshirish maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular taqdim etgan hujjatlar asosida aniqlash yoki 
identifikatsiyalash vazifasi yuklatilgan. 
Lekin, bankdan tashqari pul aylanmasi qonunda ko‘zda tutilgan pul 
mablag‘lari bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar 
tomonidan ham qayd etilmaydigan pul aylanmasiga ega. Masalan, mamlakatga 
noqonuniy olib kirilgan yoki xufiyona ishlab chiqarilgan tovarlarni uyushmagan 
bozorlarda aholiga sotish, dehqon bozorlaridagi mahsulot oldi – sotdi 
operatsiyalari qonunda ko‘rsatilgan birorta tashkilot tomonidan rasman qayd 
etilmaydi yoki ularni identifikatsiyalash deyarli mumkin emas. Pulning bu 


aylanmasini faqat maxsus izlanishlar va tadqiqotlar o‘tkazish orqali aniqlash 
mumkin. 
Ayrim mamlakatlarda pul muomalasini tartibga solish uchun uning amal 
qilish doirasiga chegaralar o‘rnatilgan. O‘zbekistonda naqd va naqdsiz pul 
o‘rtasidagi mavjud farqqa barham berib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik Kodeksining 790 – moddasiga muvofiq fuqarolar o‘rtasidagi 
tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan hisob – kitoblar hamda fuqarolar 
bilan korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ayrim 
hisob – kitoblar naqd pulda amalga oshirilishi belgilangan. Yuridik shaxslar 
o‘rtasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq barcha to‘lovlar naqd pulsiz 
shakllarda amalga oshiriladi. Respublikaning aksariyat pul aylanmasi korxona va 
tashkilotlar o‘rtasida amalga oshirilishi sababli, umumiy pul aylanmasida naqd pul 
aylanmasining ulushi ancha kamdir.
Demak, naqd pul muomalasi asosan jismoniy shaxslarning naqd pul 
shaklidagi daromad va harajatlarining harakatidan iborat bo‘lib, aholining 
kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlarda 
qo‘llanilmoqda. Shu bilan birgalikda, mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes 
faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq ayrim to‘lovlarni ham naqd pulda amalga 
oshirishga ruxsat berilgan. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling