Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

ruhiyatiga singib ketgan mo‘jizakor kuchining ta’siri bilan o‘lchanadi. Kishilar 
ongida naqd pullar hali ham o‘zlarining tarixiy ajdodlari bo‘lmish haqiqiy oltin 
pullarning vakillari bo‘lib qolmoqda. Azal – azaldan naqd pullar kishini 
jamiyatdagi ijtimoiy haq – huquqini tasdiqlovchi guvohnoma vazifasini o‘tab 
kelmoqda. Shu sababli, har bir shaxs cho‘ntagida omonat daftarchasi, plastik 
kartochka yoki uning o‘rnini bosuvchi biror hujjat olib yurgandan ko‘ra naqd 
pullarning o‘zini olib yurishni afzal ko‘radi.
Odamlar 
iqtisodiy 
hayot 
jarayonlarini 
begonalarning 
aralashuvisiz 
(anonimnost) boshqarishni hush ko‘radilar, zero naqd pulli hisob – kitoblar har bir 
shaxsning o‘ziga xos maxfiy hattiharakati hisoblanadi. Naqd pulsiz hisob – 
kitoblar esa bunday talabni bajarishga qodir emas, chunki unda albatta uchinchi 
shaxs bo‘lgan banklar ishtiroki muqarrardir.
Bundan tashqari, aholining naqd pul bilan hisob – kitoblar qilishga moyilligi 
bank tizimiga bo‘lgan ishonch va banklar tomonidan zarur to‘lovlarni qanchalik 
darajada amalga oshirish qobiliyati bilan ham o‘lchanadi. Agar, aholining bank 
tizimiga bo‘lgan ishonchi mustahkam bo‘lsa, ular qo‘llaridagi vaqtincha bo‘sh pul 


mablag‘larini bank omonotlariga topshiradilar hamda banklar tomonidan naqd 
pullar o‘rniga oson va tez amalga oshirish mumkin bo‘lgan naqd pulsiz hisob – 
kitoblarning turli shakllari taklif qilib borilsa, naqd pul muomalasi shunchalik 
qisqarib boraveradi. Qolaversa, aholi bank tomonidan ularning omonatlarga foizlar 
to‘lashdan oladigan daromadlardan manfaatdordirlar. 
Shu bilan birga, yana shunday omilni qayd etib o‘tish zarurki, naqd pul 
muomalasining mavjudligi har bir millatning dunyoqarashi va hayot tarziga ham 
bog‘liqdir. Ma’lumki, o‘zbek xalqining ko‘pdan ko‘p udum va marosimlari 
bevosita naqd pullar yordamida amalga oshirilayotganligi ham mamlakatimizda 
naqd pul muomalasi salmog‘ini oshiradi. 
Naqd pul muomalasining zaruriy qo‘llanishiga aholining demografik 
joylashishi ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu omilning ta’siri, 
ayniqsa bizning Respublikamizda sezilarli darajada saqlanib turibdi. Respublika 
aholisining aksariyat qismi qishloq hududlarida istiqomat qilayotganligi ushbu 
omil ta’sirini kuchaytirmoqda.
Naqd pullarning iqtisodiy jihatdan zaruriy mavjudligi uning huquqiy 
asoslarini ham saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Barcha mamlakatlarning
qonunchilik hujjatlarida naqd pullar asosiy to‘lov vositasi va milliy pul tizimining 
asosi deb qayd qilingan. Demak, naqd pullar qonunchilik asosida davlat tomonidan 
himoyalangan. Qolaversa, qonunchilik hujjatlarida ham naqd pullarning naqdsiz 
pul mablag‘lariga nisbatan ustuvor xususiyati saqlanib qolganini sezish qiyin 
emas.
Deyarli barcha mamlakatlarda naqd pul banknotlari va tangalar muomalaga 
yagona emissiya banki – Markaziy bank (Milliy bank, Federal zaxiralar tizimi) 
tomonidan chiqariladi va naqd pullar Markaziy bankning so‘zsiz bajarishi shart 
bo‘lgan majburiyati hisoblanadi. 
Plastik kartochkalar, bank omonatlari yoki boshqa depozitlaridagi mablag‘lar 
esa tijorat banklarining majburiyatlari hisoblanadi va ularning bajarilish darajasi 
o‘sha tijorat bankining moliyaviy holati bilan baholanadi. Bozor iqtisodiyotidagi 
mavjud kuchli raqobat har qanday tijorat bankining faoliyatini xavf – xatardan holi 
qoldirmaydi. To‘g‘ri, har bir mamlakatda bank majburiyatlari ma’lum jihatdan 
davlat 
tomonidan 
kafolatlanadi, 
jumladan 
bizning 
Respublikada 
ham 
“Fuqoralarning banklardagi omonatlarini kafolatlari to‘g‘risida” qonun qabul 
qilingan, lekin har qanday sharoitda ham ular naqd pullar ega bo‘lgan bexatarlikni 
to‘liq kafolatlay olmaydi.
Naqd pul muomalasi o‘z o‘rnida salbiy xususiyatlarga ham egadir. 
Chunonchi, naqd pul muomalasini tashkil qilish va boshqarish, ya’ni naqd pullarni 
muomalaga chiqarish, saqlash, tashish hamda ularni muomalaga tayyorlash bilan 
bog‘liq katta harajatlarni talab qiladi. Muomalaga yaroqsiz holga kelgan naqd pul 
biletlarini yo‘q qilish ham maxsus tadbirlar orqali katta harajatlar evaziga amalga 
oshiriladi.
Naqd pullar o‘rniga tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilayotgan 
plastik kartochkalar ham o‘z o‘rnida katta harajatlar va tadbirlarni amalga 
oshirishni talab qilmoqda. Bundan tashqari, plastik kartochkalar albatta naqd pulga 
almashish qobiliyatini saqlab qolmog‘i zarur, aks holda ularni aholi o‘rtasida keng 


targ‘ib qilib bo‘lmaydi. Buning uchun esa aholi uchun qulay joylarda qimmatbaho 
qurilmalar – bankomat va terminallar qo‘yishga to‘g‘ri kelmoqda. Yana shuni 
alohida qayd etish kerakki, aholining naqd pulga bo‘lgan ehtiyojini xohlagan 
vaqtda qondirish uchun bankomatlarga bir vaqtda katta miqdordagi naqd pullarni 
qo‘yishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa, o‘z o‘rnida katta miqdordagi naqd pullarga 
bo‘lgan talabni vujudga keltirmoqda.
Bundan tashqari, naqd pullardan belgilangan tartibda foydalanmaslik
xufyona iqtisodiyotni rivojlanishiga yo‘l ochib beradi hamda ayrim yuridik va 
jismoniy shaxslarga noqonuniy faoliyat yuritib mehnatsiz daromad orttirish uchun 
xizmat qiladi. 
Naqd pullar uchinchi sub’ekt aralashuvisiz harakatda bo‘lganligi uchun aynan 
uning yordamida terrorizm, giyohvandlik moddalari bilan biznes qilish kabi o‘ta 
xavfli jinoyatlar amalga oshiriladi. Shuning uchun dunyoning ko‘pgina 
mamlakatlarida pul muomalasi terrorizmni moliyalashtirish va giyohvandlik 
moddalari bilan biznes qilishning oldini olish maqsadida qonunlar qabul qilingan. 
Jumladan, bizning Respublikamizda ham 2006 yilning 1 yanvaridan boshlab 
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. 
Bundan tashqari, naqd pul muomalasi bizning yodimizdan ko‘tarilgan “pul 
fetishizmi” (pulga sig‘inish)ni tomir otishiga zamin yaratadi. Ayniqsa, hamma 
narsa pulga olib– sotilishi mumkin bo‘lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlar 
ongini oson pul topishga ruju qo‘yish kabi illatlar bilan zaharlaydi.
Naqd pullarning ijobiy va salbiy xususiyatlari bo‘lishidan qat’iy nazar, ular 
bugungi kunda yuqorida qayd etilgan ob’ektiv omillar ta’sirida dunyoning barcha 
mamlakatlaridaamal qilib turibdi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling