Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

4.2. Pul tizimining turlari
Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashuvi 
barobarida tovar – pul munosabatlari ham shunga monand holda rivojlanib va 
takomillashib kelmoqda. Shuningdek, pul tizimi ham mavjud ijtimoiy – iqtisodiy 
jarayonlar davomida ikki turdan iborat bo‘ldi. Xususan: 
metall pullar tizimi, bunda tovar pul (qimmatbaho metall) muomala 
vositasini bajaradi, metall pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning barcha 
funktsiyalari namoyon bo‘ladi; 
– qog‘oz – kredit pullar tizimi, oltin va kumush tanga pullar evolyutsion 
tarzda qog‘oz – kredit pullari tomonidan muomaladan siqib chiqarildi. 
 Metall pullar tizimi sharoitida metall qanday shaklda bo‘lishidan qa’tiy 
nazar, to‘lov vositasi sifatida qabul qilindi. Metall pullar tizimi ikkiga bo‘linib, 
birinchisi, bimetallizm, ikkinchisi, monometallizm sifatida guruhlanadi.
Bimetallizm– bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi ikkita 
metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb qilishga 
ruxsat beradi.
O‘z navbatida bimetllizm tizimi uchta shaklda amal qildi:
– birinchidan, parallel valyuta tizimi, ushbu metall pullar o‘rtasidagi 
munosabat ularning bozor bahosidan kelib chiqqan holda stixiyali ravishda 
o‘rnatildi; 
– ikkinchidan, ikkiyoqlamali valyuta tizimi, metall pullar o‘rtasidagi 
munosabat davlat tomonidan belgilandi va shuning asosida oltin va kumush 
tangalar zarb qilindi; 
– uchinchidan, «oqsoq» valyuta tizimi – ushbu tizimda oltin va kumush 
tangalar qonuniy to‘lov vositasi sifatida xizmat qildi, lekin kumush tangalar yopiq 
holda, oltin tangalar esa erkin zarb etildi. «Oqsoq» valyuta tizimi deyilishiga sabab 
kumush tangalar ushbu davrda to‘laqonli valyuta sifatida umum ekvivalent rolini 
amalga oshirmaydi. 
Muomalada ikkita metall pulning vazifasini bajargan paytda ular o‘rtasida 
bahoni aniqlashda muammolar va ziddiyatli holatlar vujudga keldi. Shu bilan 
birga, pul tizimining bimetllizm shakli beqaror va bir – biriga o‘zaro qarama – 
qarshi edi. Shuningdek, rivojlangan tovar – pul munosabatlari sharoiti talablariga 
yetarli darajada javob bermas edi.


Pul tizimining bimetallizm shakli hukm surgan davri asosan XVI – XVII 
asrlarga to‘g‘ri keladi. Yevropa mamlakatlarida 1866 yillarda bimetallizm pul 
tizimini saqlab qolish maqsadida kumushning qiymatini oltinga nisbati rasmiy 
belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, o‘sha paytda kumush va oltin o‘rtasida munosabat 
15,5:1 nisbatda o‘rnatildi. XIX asrning o‘rtalarida ushbu tenglik o‘rtasida farq 
kengayib 22:1 tartibda belgilandi. Buning natijasida oltin va kumush tangalar 
muomaladan chiqib, boylik jamg‘armasini bajara boshladi. 
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi va ijtimoiy – iqtisodiy 
yagona umumekvivalent vazifasini bitta metall pul bajarish zarurligini ko‘rsatdi. 
Buning natijasida monometallizm pul tizimi shakllandi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling