Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Birinchi bosqichi. Pul tizimining birinchi bosqichi 1991 yil sentyabrdan 
1993 yil noyabr oyigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu davrda 
O‘zbekiston pul tizimi Rossiya pul tizimiga bevosita bog‘liq edi. Chunki bu davrda 
mamlakatimiz milliy valyutasi muomalaga kiritilmagan, barcha hisob kitoblar 
sobiq Ittifoq va Rossiya rubli bilan amalga oshirildi. Bu davrda pul – kredit tizimi 
o‘z boshidan murakkab va og‘ir davrni kechirdi.
“Mustaqillikning birinchi yillarida O‘zbekiston hukumati siyosiy va 
iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish paytida ikki o‘zaro ziddiyatli, biri 
ikkinchisini inkor qiladigan holatga duch kelib qoldi: bir tomondan siyosiy 
mustaqillik, boshqa tomondan – yagona rubl, demak, iqtisodiy qaram zonada 
turganlik holati edi. Bu holat nafaqat O‘zbekiston, balki sobiq Ittifoqning boshqa 
respublikalari uchun o‘ziga xos xususiyat edi”
18

Buning natijasida mamlakatimiz pul tizimini tashkil topishining birinchi 
bosqichida quyidagi muammolar mavjud edi: 
– banklar orqali mijozlar va aholini naqd pul bilan ta’minlashdagi 
muammolar. Dastlab Rossiya Davlat banki “rubl zonasida”gi mamlakatlarga 
berayotgan har bir rublini 25 foizi miqdorida to‘lov belgilagan, ya’ni o‘zi bergan 
100 rublning 25 rublini qaytarib olib qolish sharti bilan mablag‘ bergan bo‘lsa, asta 
sekin bu to‘lov miqdori oshib bordi. Rossiyada tovarlarga, jumladan, oziq – ovqat 
mollari va paxtaga ehtiyojning kuchayganligi sababli o‘zidan olib kelayotgan 
mablag‘ni 100 foiz tovar bilan ta’minlash shartini qo‘ydi. Ya’ni O‘zbekiston o‘zi 
olib ketayogan qadrsizlangan qog‘oz pullar o‘rniga jahon bozorida qiymati oltin 
bilan o‘lchanadigan paxta tolasi berishga majbur bo‘layotgan edi
19
;
– sobiq Ittifoq respublikalari o‘rtasida iqtisodiy munosabatlarning uzilishi 
bilan bog‘liq, shuningdek, hisob – kitoblarni amalga oshirishda vujudga kelgan 
18
Mullajonov F.M. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. –T.: «O‘zbekiston» 2001.33 – bet. 
19
Shu manba, 38 – bet


muammmolar. Sobiq Ittifoq barham topgan bo‘lsada, uning tarkibiga kirgan 
respublikalar o‘rtasidagi mavjud iqtisodiy aloqalarni birdan to‘xtatib qo‘yishning 
imkoniyati mavjud emas edi. Bu o‘z navbatida pul mablag‘lari bilan bog‘liq hisob 
– kitoblarni tashkil etishni talab etardi. Biroq sobiq Ittifoq davrida amal qilgan 
rubllarning keskin qadrsizlanishi, shu bilan birga, o‘zaro hisob – kitob ishlarining 
izdan chiqishi ushbu ishlarni amalga oshirishni qiyinlashtirib yubordi. Shu bois 
ham, 1993 yil may oyidan mamlakatimiz Markaziy banki milliy valyutasini joriy 
etgan MDH mamlakatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi tuzilgan bitimlarni qayta 
ko‘rib chiqib, tijorat banklariga Markaziy bank vakillik hisobvarag‘ini chetlab 
o‘tib, to‘g‘ridan – to‘g‘ri hisob – kitoblarni olib borishi ta’qiqlandi; 
– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqil pul – kredit siyosatini 
amalga oshirishdagi muammolar. Pul tizimini tashkil topishining birinchi 
bosqichida buning imkoniyati mavjud emas edi, chunki muomalaga 
chiqarilayotgan pullar Rossiya Markaziy banki tomonidan amalga oshirilib, ularni 
tartibga solish imkoniyati mavjud emas edi. 
Yuqorida qayd etilgan holatlar nafaqat mamlakatimiz bank tizimida, balki 
barcha sobiq Ittifoq mamlakatlari bank tizimida ham qator ijtimoiy – iqtisodiy 
muammolar vujduga kela boshladi. Natijada ular 1992 yilning may – iyun 
oylaridan boshlab o‘z milliy valyutalarini muomalaga kirita boshladi.
Quyidagi jadvalda milliy valyutalarni muomalaga kiritgan mamlakatlar va 
ularning sanasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling