Pul, kredit va banklar


MDHga a’zomamlakatlari tomonidan milliy


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

MDHga a’zomamlakatlari tomonidan milliy 
valyutalarining joriy etilishi
20
 
Mamlakatlar 
Rubl hududidan chiqish sanasi 
(asosiy (oraliq) valyutaning 
joriy etilishi) 
Belarus 
1992 yil may (belorus rubli) 
Estoniya 
1992 yil iyun (krona) 
Latviya 
1992 yil iyul (latviya rubli) 
Ozarbayjon 
1992 yil avgust (manat) 
Litva 
1992 yil oktyabr (litva taloni) 
Ukraina 
1992 yil noyabr (karbovanets) grivina 
Qirg‘iziston 
1993 yil may (som) 
Gruziya 
1993 yil avgust (kupon) 
O‘zbekiston 
1993 yil noyabr (so‘m – kupon) so‘m 
Armaniston 
1993 yil noyabr (dram) 
Qozog‘iston 
1993 yil noyabr (tenge) 
Moldova 
1993 yil noyabr (ley) 
Turkmaniston 
1993 yil noyabr (manat) 
Tojikiston 
1995 yil may (tojik rubli) somoni 
20
TransitionReport 2000, EBRDvaboshqamanbalar 


Buning natijasida, o‘z milliy valyutasini joriy qilgan davlatlarda sobiq 
Ittifoqning 1961 – 1992 yillar namunasidagi rubllar qadrini yo‘qotgan “oddiy 
qog‘oz” sifatida mamlakatimizga kirib kela boshladi, bujarayon mamlakatimiz 
iste’mol bozoridan tovar va mahsulotlar juda katta hajmda chetga oqib ketishi ro‘y 
berdi. 
Albatta, bunday sharoitda iste’mol bozorini himoya qilishning yagona va eng 
to‘g‘ri yo‘li zudlik bilan muomalaga milliy valyutani kiritish edi. Lekin, jahon 
tarixidan ma’lumki milliy pul birligini kiritish uchun zarur tashkiliy va iqtisodiy 
shart – sharoit mavjud bo‘lishini taqozo etardi, to‘g‘rirog‘i esa ularni yaratish 
lozim edi. Bu esa o‘z o‘rnida ma’lum vaqt talab qilardi. 
Ammo, bu vaqt ichida iste’mol bozorini qog‘ozga aylanib borayotgan 
rubllardan himoya qilib borish ham zurur edi. Aks holda, mamlakat iqtisodiyotini 
izdan chiqib ketish xavfini oldini olib bo‘lmasdi. Shuning uchun, dastlabki 
vaqtlarda iste’mol bozorini himoya qilish maqsadida qator tadbirlar amalga 
oshirildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 15 mayda 
“Pul muomalasini tartibga solish va respublika iste’mol bozorini himoyalashni 
kuchaytirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Mazkur qarorga ko‘ra aholining tovar 
sotib olishi va depozit operatsiyalarining bajarilishida pasport va kupon tizimi joriy 
etildi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 1993 yil 10 maydan boshlab, banklarga 
qo‘yiladigan omonatlar pasport asosida qabul qilinishi joriy etildi, qiymati 25 ming 
rubldan yuqori bo‘lgan tovarlarni kuponlar asosida sotilishi belgilab qo‘yildi, 25 
ming rubldan yuqori qiymatdagi tovarlar bank omonatchilarning topshirig‘iga 
ko‘ra, pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi joriy etildi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling