Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

ketishi natijasida muomaladagi qog‘oz va tanga pullarning sotib olish 
qobiliyatining pasayishidir”. 
Tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishini har doim ham inflyatsiya 
sifatida qaralishi maqsadga muvofiq emas, agar muomaladagi pul massasi tegishli 
tovarlar va xizmatlar massasi bilan ta’minlanmasligi natijasida ularning bahosi 
ortsagina bunday holat inflyatsiya sifatida qaralishi mumkin. Muomalada ortiqcha 
pul massasi paydo bo‘lmagan holatda yalpi talabning yalpi taklifga nisbatan ortib 
ketishi natijasida bozor kon’yukturasining o‘zgarishi, ya’ni bozorda tovarlar va 
xizmatlar bahosining ortib ketishi iqtisodiyotda inflyatsiya mavjudligini 
anglatmaydi. Bunday holatda baholarning ortishi noinfiliatsion omillar ta’siri 
natijasida paydo bo‘ladi. Xususan, iqtisodiy va tabiiy resurslarning taqchilligi 
natijasida ularning bahosini ortishi, mavjud tovarlar va xizmatlar sifatining pastligi 
natijasida kam hajmdagi sifatli tovarlar va xizmatlar bahosining ortib ketishi 
kabilar shular jumlasidandir. 
Umuman olganda, ta’kidlash joizki, iqtisodiyotda inflyatsiyaning vujudga 
kelishi muomalada pul mablag‘lari hajmining haddan ortiq ko‘payishi natijasida 
pul muomalasi bilan bog‘liq iqtisodiy inqirozdan dalolat beradi. Bu tovarlar va 
xizmatlar umumiy bahosining sezilarli sur’atlarda o‘sib borishida (1), tovarlar va 
xizmatlar taqchilligida (2), rezidentlarning milliy valyutadan “qochishi”, ya’ni 
ularning xorijiy valyutalarni jamg‘arishga bo‘lgan iqtisodiy manfaatdorligini ortib 
borishida (3), milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursining 
pasayishida (4), mablag‘larni ko‘chmas mulklarga joylashtirilishida (5), tovar va 
25
Dengi, kredit, banki: Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. prof. Щegortsova V.A. –M.:YuNITI – DANA, 2005. –S. 81. 
26
Abdullaeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. –T.: “Iqtisod – moliya”, 2007, 71 – b.


xizmatlarning baholarini boshqa barqaror pul birliklariga bog‘lab aniqlash 
kabilarda namoyon bo‘ladi. 
Iqtisodiyotda inflyatsiya darajasini aniqlashning turli yo‘llari mavjud bo‘lib, 
ulardan asosiylari iste’mol baholari indeksi (1) va inflyatsiya darajasini (2) 
aniqlovchi tengliklar hisoblanadi. 
%
100
ЎДИКБ
ЖДИКБ
ИБИ


(1) 
bu yerda: 
2. IBI – iste’mol baholari indeksi; 
3. JDIKB – joriy davrdagi iste’mol savatchasi baholari; 
4. O‘DIKB – o‘tgan davrdagi iste’mol savatchasi baholari. 
100
I
I
I
.
0
иб
0
иб
1
иб



даражаси
Инф
(2) 
bu yerda: 
5. 
1
иб
I
– joriy davr iste’mol baholari; 
6. 
0
иб
I
– bazaviy davr iste’mol baholari. 
Iste’mol savatchasi – odamlarning birinchi darajali ehtiyojlarini qondirish 
uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar yig‘indisi. Iste’mol savatchasi yordamida 
odamlarning yashash uchun zarur bo‘lgan eng kam miqdordagi xarajatlar miqdori 
hisob – kitob qilinadi. Iste’mol savatchasiga Rossiyada 407 ta, AQShda 300 ta, 
Frantsiyada 250 ta, Angliyada 350 ta, Germaniyada 475 ta tovar va xizmatlar turi 
kiradi. 
Inflyatsiya juda ko‘p qirrali bo‘lib, u asosan quyidagi shakllarda namoyon 
bo‘lishi mumkin: 

sudraluvchan inflyatsiya; 

shiddatli inflyatsiya; 

giperinflyatsiya; 

kutilgan va kutilmagan inflyatsiya; 

ochiq inflyatsiya; 

yopiq inflyatsiya; 



talab xarajatlar inflyatsiyasi; 

taklif (xarajatlar) inflyatsiyasi. 
Sudraluvchan inflyatsiya sharoitida baholar yiliga 6 – 8 foiz miqdorida 
o‘sishi kuzatiladi. Sudraluvchan inflyatsiya juda ko‘p mamlakatlar iqtisodiyotiga 
xos bo‘lib, milliy iqtisodiyotga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmaydi. G‘arbiy 
Yevropa mamlakatlari iqtisodchilari ushbu inflyatsiya sharoitida iqtisodiyotning 
rivojlanishini ijobiy holat sifatida baholaydilar.
Shiddatli inflyatsiya davrida baholarning darajasi yil davomida 20 foizdan 
200 foizgacha o‘sadi. Inflyatsiya darajasi sezilarli ravishda shiddat bilan ortib 
boradi, uning darajasi ortib borgan sari milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir sezilib 
boradi. Aholining milliy valyutaga nisbatan ishonchi pasayib, o‘z mablag‘larini 
ko‘chmas mulklarga, qimmatbaho taqinchoq va xorijiy mamlakatlarning barqaror 
valyutalariga almashtirishga ehtiyoji ortib boradi.
Giperinflyatsiya sharoitida baholar juda tez va yirik miqdorda oshib boradi, 
asosan giperinflyatsiya sharoitida tovarlar va xizmatlarning bahosi astronomik 
darajada ortib, yiliga 1000 foiz, oyiga 100 foiz darajasida o‘sishi kuzatiladi. 
Mamlakatda iqtisodiyotni boshыarish va pul muomalasi buzilishi natijasida, pul – 
kredit siyosati to‘liq izdan chiqib ketadi.
Giperinflyatsiya birinchi jahon urushidan keyin Germaniya iqtisodiyotiga 
juda katta salbiy ta’sir qilgan. Bu haqda E.M.Remark shunday yozadi. “Inflyatsiya 
nima ekanligini shunda bilganman. Mening oylik ish haqim ikki yuz milliard 
markani tashkil etar edi. Ish haqi bir kunda ikki marta berilar edi, ish haqi 
berilgandan so‘ng ishdan yarim soatga ruxsat berilardi. Biz bu vaqtdan foydalanib 
kursni ikki martaga oshib ketishidan va olgan ish haqimiz o‘z qiymatini 
yo‘qotishidan qo‘rqib qandaydir tovar yoki iste’mol mollarini sotib olish uchun 
do‘konlarga yugurar edik
27
”.
Kutilgan inflyatsiya mamlakatdagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida 
prognoz qilinib, uning yuz berishi oldindan ma’lum bo‘ladi. Buning ijobiy jihati 
shundaki, davlat byudjeti xarajatlari va aholining kelgusidagi xarajatlari shunga 
monand ravishda oshib borishi oldindan ma’lum bo‘ladi. Buning uchun davlat, 
yuridik va jismoniy shaxslar kelgusiga mo‘ljallangan rejalarini oldindan tuzib, 
shunga qarab o‘z faoliyatini tashkil etadilar.
Kutilmagan inflyatsiya iqtisodiyotda yuz beradigan ko‘zda tutilmagan 
iqtisodiy inqirozlar, ziddiyatlar, urushlar, qurg‘oqchilik va boshqa holatlarda yuz 
berishi mumkin. 
27
Remark E.M. Tri tovariщa. –M.: 1985. S.196. 


Ochiq inflyatsiya mamlakatda tovarlar va xizmatlar bahosini ortib borishi 
bilan izohlanadi. Inflyatsiyaning ushbu shakli hukumat tomonidan e’tirof etiladi va 
uni bartaraf etish yuzasidan ochiqchasiga tegishli chora – tadbirlar amalga 
oshiriladi. 
Yopiq inflyatsiya sharoitida tovar va xizmatlar bahosi sun’iy ravishda 
pasaytirib ko‘rsatiladi, mamlakatda qattiq pul – kredit siyosati joriy etiladi. Yopiq 
inflyatsiya sharotida aholi mamlakatdagi real inflyatsiya darajasi haqida aniq 
ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi.
Talab inflyatsiyasi sharoitida yalpi talab hajmi real ishlab chiqarish hajmiga 
nisbatan tez su’ratlar bilan o‘sib boradi, buning natijasida tovar va xizmatlar bahosi 
ortib ketadi.
Taklif (xarajatlar) inflyatsiyasi ishlab chiqarish vositalari va resurslaridan 
samarali foydalanilmaslik oqibatida ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketadi, tovar 
va xizmatlar bahosi ko‘tariladi. Natijada aholining real daromadlariga nisbatan 
tovarlar va xizmatlarning bahosi nomutanosib ravishda tez ko‘tarilib ketadi. 
Dastlabki bosqichda muomaladagi ortiqcha pul massasi mamlakatda ishlab 
chiqarish va realizatsiya jarayonlarini tezlashtirish hamda ishsizlik darajasini 
pasaytirish hisobiga baholarning muvozanatligini ta’minlaydi. Natijada, ishlab 
chiqarish rivojlanib, ishsizlik darajasi pasayishi natijasida mamlakatda tovarlar 
hajmi ortishi talabni qondirish bilan birga, undan ortib ketadi. Bu o‘z navbatida, 
ishlab chiqarishning samarasizligi va ishsizlik darajasini oshishiga sabab bo‘ladi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling