Pul, kredit va banklar


Inflyatsiyaning vujudga kelish sabablari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

 
6.2. Inflyatsiyaning vujudga kelish sabablari 
Inflyatsiya – pul muomalasi qonunining buzilishi, iqtisodiyotda tovar 
massasi hamda pul massasi o‘rtasidagi nomutanosiblik jarayonida vujudga keladi. 
Inflyatsiyani vujudga kelishiga qator omillar ta’sir qilib, ularni ichki va tashqi 
omillarga ajratish mumkin.
Ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga kelishi, milliy valyutaga 
nisbatan ishonchning pasayishi, mamlakatning nomutanosib to‘lov balansi 
kabilarni kiritish mumkin.
Tashqi omillarga mamlakat tashqi siyosatining beqarorligi, iqtisodiy 
inqirozlar, moliya va fond bozorlarida indekslarning o‘zgarishi kabilarni keltirish 
mumkin. 


Ta’kidlash joizki, oltin va kumush tangalar pul vazifasini bajargan davrda 
iqtisodiyotda inflyatsiya muammosi mavjud bo‘lmagan. Metall pullar o‘rnini 
qog‘oz va tanga pullar egallagandan so‘ng iqtisodiyotda inflyatsiya bilan bog‘liq 
ziddiyatli holatlar vujudga kela boshladi. Chunki, qog‘oz va tanga pullar o‘zida 
haqiqiy qiymatni aks ettirmaydi. Dastlabki davrda ushbu pullar oltin va kumush 
metallar hamda tovarlar bilan ta’minlangan edi. 
Inflyatsiyaning vujudga kelishiga muomala va ishlab chiqarish sohasi, 
shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy – siyosiy omillar hamsabab bo‘ladi.
Inflyatsiyaning vujudga kelishida pul muomalasi omillariga byudjet 
taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qo‘shimcha tarzda chiqarilgan pullar, 
iqtisodiyotda asossiz ravishda berilgan kreditlar hajmining ortib borishi, mamlakat 
pul – kredit siyosatiga aholi ishonchining pasayishi va boshqalar sabab bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish va iqtisodiy siyosiy omillarga mamlakatda import hajmining 
eksport hajmidan ortib ketishi, tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va 
sifatining pastligi, byudjet – soliq siyosati, mamlakatning tashqi va ichki iqtisodiy 
munosabatlar doirasida amalga oshirayotgan siyosati va boshqalar sabab bo‘ladi. 
Inflyatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri iqtisodiyotdagi 
yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilishidir. Inflyatsiya 
sharoitida kapital ishlab chiqarish doirasidan muomala doirasiga oqib o‘ta 
boshlaydi, chunki ishlab chiqarish jarayoni iqtisodiy jihatdan samarasiz sohaga 
aylanib boradi. Muomala jarayoni ko‘p vaqtni talab etmaganligi bois, dastlabki 
bosqichlarda uning ishtirokchilariga ma’lum miqdorda iqtisodiy foyda keltiradi
lekin inflyatsiya jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladi. Inflyatsiya mexanizmi 
o‘z – o‘zidan rivojlanib, barcha soha va tarmoqlarni qamrab oladi, uning ta’sirida 
jamg‘armalar hajmi qisqaradi, kredit, investitsiya va tovarlar taklifi kamayadi.
Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi birinchi sabab mamlakatda bozor 
mexanizmlarining to‘liq joriy etilmasligi, davlatning byudjet daromadlari va 
xarajatlari ustidan monopol tartibini joriy etishi hisoblanadi. Bunda davlat 
byudjetining daromadlaridan ortiqcha bo‘lgan xarajatlar, ya’ni byudjet taqchilligi 
muomalaga qo‘shimcha pullar chiqarish yo‘li bilan qoplanadi. Byudjet 
taqchilligini qoplash uchun muomalaga chiqarilgan pullar tovar moddiy 
qiymatliklari bilan ta’minlanmaganligi oqibatida mamlakatda inflyatsiya 
darajasining ortishiga olib keladi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling