Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Ikkinchi sababiasossiz ravishda ish haqi va boshqa to‘lovlarning 
oshirilishi, ushbu to‘lovlar davlat byudjeti xarajatlari tarkibida qo‘zda tutilmagan 
bo‘lsa, muomalaga qo‘shimcha emissiya hisobiga amalga oshiriladi. Buning 


natijasida iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarning bahosi oshadi va inflyatsiya 
darajasi ortib boradi. 
Uchinchi sababimamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning eksport 
qilish darajasining pastligi va import darajasining yuqoriligi bilan ifodalanadi. 
Mamlakatga kirib kelayotgan import tovarlar hisobiga xorijiy valyutalarning 
chetga oqib ketishi yuz beradi, natijada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar 
nafaqat tashqi ehtiyojlarni, balki ichki ehtiyojlarni qondirishga ham xizmat qilmay 
qo‘yadi. Buning oqibatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati taboro 
salbiylashib, inflyatsiya darajasi ortib boradi.
Yuqorida ta’kidlangan inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omillar faqat 
bizning davrimizgagina xos bo‘lgan holat bo‘lmasdan, ushbu holatlar turlicha 
ko‘rinishda uzoq tarixda ham mavjud bo‘lgan.
6.3.Inflyatsiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari 
Iqtisodiyotda inflyatsiyaning vujudga kelishi mamlakatning barcha 
jabhalarida ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. 
Iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning fikricha, mamlakatda sudraluvchan 
inflyatsiya iqtisodiyot rivojiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Odatda 
iqtisodiyotda inflyatsiya darajasi yillik 12 – 14 foizdan ortgandan so‘ng uning 
salbiy ta’siri seziladi. Inflyatsiyaning salbiy ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari sifatida 
quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq. 
1.Aholi va korxonalarning nominal daromadlari hajmi ortib borsada real 
daromadlari pasayadi. Natijada aholining turmush darajasi pasayadi, ularning 
yillik olayotgan daromadlarining real qiymati pasayib boradi. Korxonalarda 
xomashyo va ishlab chiqarish xarajatlari ortib boradi, buning natijasida ularning 
moliyaviy holati yomonlashadi. 
2.Mamlakatning boylik va daromadlari bir guruh kishilar o‘rtasida qayta 
taqsimlanadi. Kreditorlar bu borada yutadilar, debitorlar esa yutqazadilar. 
Dj.Millning fikriga ko‘ra «Barcha tovarlarning bahosi surunkali o‘sib borishi, 
boshqacha so‘z bilan aytganda pulning sotib olish qiymatining tushib ketishi, 
kimgadir iqtisodiy jihatdan keltiradigan foydasi qo‘shimcha ishlab chiqarish 
hisobidan emas, balki kimningdir hisobidan amalga oshadi»
28

28
Mill Dj. S. Osnovы politicheskoy ekonomiki. –M.: Progress, 1992. –T.2. –S. 309. 


3.Pulning moddiy boylikka almashtirishjarayoni tezlashadi. Aholi o‘z 
ixtiyoridagi pullarga tovar, ko‘chmas mulk, qimmatbaho buyumlarni, shuningdek, 
barqaror xorijiy valyutalarni sotib olishga bo‘lgan iqtisodiy qiziqish ortib boradi. 
4.Uzoq muddatli investitsiyalarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar kamayib 
boradi va oxir oqibat to‘xtaydi. Chunki, investitsiyalar hisobidan kelgusida 
olinadigan daromadlar o‘z qadrini yo‘qotgan pullarda olinadi. 
5.Aholining barcha shakldagi pul jamg‘armalarining (omonat, naqd pul, 
obligatsiya, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar) qiymati tushib ketadi. Shuningdek, 
korxonalarning jamg‘armalari, asosan amortizatsion fondlarining qiymati 
inflyatsiya ta’sirida tushib ketadi va asosiy vositalarni yangilash hamda 
rekonstruktsiya qilishga imkoniyat qolmaydi. 
6.Omonatlar bo‘yicha foizlar miqdorining tushib ketishi. Foizlar nominal 
ko‘rinishda o‘sishi mumkin, lekin real qiymati pasayib boradi. Natijada aholining 
banklardagi omonatlarining hajmi pasayib, mablag‘larning bankdan tashqari 
oborotining hajmi ortib boradi.
7.Mikroiqtisodiy darajada ishlab chiqarishga bo‘lgan manfaatdorlik 
yo‘qoladi, buning natijasida korxonada yangi ilmiy texnikani joriy etish darajasi 
tushib ketadi. Ishchilarning mehnatini rag‘batlantirish pasayadi. 
8.Milliy 
daromadni 
taqsimlash 
va qayta 
taqsimlash 
jarayonlari
markazlashadi.Milliy valyutaning qadrini pasayishi natijasida muomalada xorijiy 
valyutalarning ishtiroki ortib boradi. Mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda 
qiyinchiliklar vujudga keladi. 
9.Iqtisodiy ma’lumotlarning haqqoniyligi, ishonchliligi, barqarorligiga 
shubha tug‘iladi. Natijada aholining davlat tomonidan olib borayotgan 
makroiqtisodiy siyosati va pul – kredit tizimiga ishonchi pasayadi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling