Pul, kredit va banklar


Inflyatsiyaga qarshi siyosat


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

6.4. Inflyatsiyaga qarshi siyosat 
Milliy iqtisodiyotda inflyatsiyaga qarshi siyosatni tashkil etish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Chunki, inflyatsiya mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy 
siyosatini izdan chiqaradi. Ishlab chiqarishga va aholining turmush darajasiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Inflyatsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda, iqtisodchilarning fikricha, 
uning ikkita yo‘li mavjudligi e’tirof etiladi:


 – umumiy talabni tartibga solish; 
– umumiy taklifni tartibga solish.
Umumiy talabni tartibga solish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash 
keynschilik yo‘nalishi sifatida e’tirof etiladi. Ular inflyatsiyaga qarshi kurashda 
umumiy talabni tartibga solish taklifning oshishiga samarali ta’sir ko‘rsatishini 
ta’kidlaydi. Taklifning oshishiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillar davlat 
xarajatlarini oshirish va imtiyozli kreditlarning miqdorini ko‘paytirishdir. Ular o‘z 
navbatida mamlakatda investitsion talabni keltirib chiqaradi, investitsion talab 
taklifning o‘sishiga olib keladi, taklifning o‘sishi esa baholarning pasayishiga, 
baholarning pasayishi inflyatsiyani oldini olish va giperinflyatsiyani bartaraf etish 
imkoniyatini beradi. 
Inflyatsiyaga qarshi kurashning monetaristik yo‘nalishivakillarining diqqat 
markazida 
asosiy 
masala 
yalpi 
taklifni 
tartibga 
solishga 
qaratiladi. 
Monitaristlarning fikricha, inflyatsiyaga qarshi kurashning keynschilar tomonidan 
ilgari surilgan usuli mamlakatni inflyatsiyadan qisqa muddat ichida chiqishga 
imkoniyat beradi, lekin mamlakatda yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi 
nomutanosiblik holati saqlanib qoladi. Buning natijasida, ma’lum vaqtdan keyin, 
mamlakatda inflyatsiya jarayoni vujudga keladi. Monetaristik siyosatning 
asoschilaridan hisoblangan Milton Fridmanning fikricha – inflyatsiya – bu 
bevosita pul bilan bog‘liq bo‘lgan holat bo‘lib, uning kelib chiqishini asosiy sababi 
davlatning iqtisodiyotni boshqarishga nooqilona aralashuvi natijasida vujudga 
keladi. Shuning uchun davlat byudjeti taqchilligini qo‘shimcha emissiya evaziga 
emas, balki mamlakatda yalpi taklif hajmini oshirish yo‘li bilan bartaraf etish 
lozimligini ta’kidlaydi.
Monitaristlar kreditning foiz stavkasini oshirish, byudjet taqchilligini 
qisqartirish va soliq stavkalarini pasaytirishni ilgari suradilar. Ularning fikricha, 
buning natijasida, iste’molga bo‘lgan ehtiyoj qisqaradi, investitsiya hajmi ortadi, 
samarasiz xo‘jalik sub’ektlari bankrot bo‘ladi, mamlakatda kuchli raqobat 
muhitishakllanadi. Bular o‘z navbatida mamlakatda inflyatsiya darajasining 
tushishiga olib keladi.
Ko‘pchilik mamlakatlar inflyatsiyaga qarshi kurashda keynschilik va 
monetaristik yo‘nalishning u yoki bu jihatlarini hamoxong ravishda amaliyotga 
joriy etadi.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling