Pul, kredit va banklar


-mavzu: Inflyatsiya va uning turlari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

6-mavzu: Inflyatsiya va uning turlari 
 
6.1. Inflyatsiyaning mohiyati va turlari 
6.2. Inflyatsiyaning vujudga kelish sabablari 
6.3.Inflyatsiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari 
6.4. Inflyatsiyaga qarshi siyosat 
 
6.1. Inflyatsiyaning mohiyati va turlari 
Muomalada qog‘oz pullar va tanga pullarning mavjudligi inflyatsiyani 
vujudga keltiruvchi iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. “Inflyatsiya” 
termini – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib – “shishirilgan”, “bo‘rttirilgan”, 
“ko‘pchigan” kabi ma’nolarni anglatadi. Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyati 
muomaladagi naqd pullarning sotib olish qobiliyatini pasayishi, tovarlar va 
xizmatlarning bahosini o‘sib borishini anglatadi.
Inflyatsiya so‘zi birinchi marta amerikalik iqtisodchi A.Delmar tomonidan 
1864 yilda iqtisodiy oborotga kiritildi. Bunga AQSh Federal hukumati 1861 – 
1865 yillarda mamlakat fuqarolar urushi davrida davlatning xarajatlarini qoplash 
maqsadida muomalaga juda katta miqdorda qog‘oz pullarni emissiya qilishi sabab 
bo‘ldi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarida inflyatsiya termini 
birinchi jahon urushidan keyin, sobiq ittifoq adabiyotlarida esa 1920 yillarning 
o‘rtalaridan keng miqyosda paydo bo‘ldi. 
Biroq, shuni ta’kidlash joizki, inflyatsiya natijasida pullarning 
qadrsizlanishi, ularning to‘lov qobiliyatining pasayishi kabi muammolar tarixan 
qog‘oz pullar muomalaga chiqarilishi va tangalarning zarb qilishi davridan 
boshlangan. Dastlabki davrlarda inflyatsiyaning vujudga kelishining asosiy 
sabablaridan biri, hukumat tomonidan iqtisodiyotga haddan ortiqcha sifati va 
og‘irligi talab darajasidan past bo‘lgan haqiqiy qiymatga ega bo‘lmagan tanga 
pullar muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. Masalan, Qadimgi Gretsiyada miloddan 
avvalgi VI asrda metall tangalarning tarkibida qimmatbaho metallarning hajmini 
yarmidan ko‘prog‘ini oddiy metallarga, ya’ni haqiqiy qiymatga ega bo‘lmagan 
metallarga almashtirildi. Xuddi shu holat Rim Imperatorlari tomonidan ham 
amalga oshirildi. O‘rta asrlarga kelib, ko‘pchilik davlatlarning hukumdorlari 
kumush tangalarni mis tangalarga, keyinchalik oddiy alyumin metallarga 
almashtirdi. Bu jarayon hukumatga qimmatbaho metallarni tejash evaziga 
mamlakat xazinasiga juda katta boylik sifatida qabul qilindi. Biroq, pullarning 
to‘lov qobiliyatini pasayishi va qadrsizlanishiga olib keldi. 


Muomalada qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi natijasida tanga – pul bilan 
bog‘liq inflyatsiya muammosi qog‘oz – pulga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. 
Davlatning burjuaziya boshqarish tuzumining vujudga kelishi davrida o‘rta 
asrlarda pul muomalasida paydo bo‘lgan muammolarni barqaror pul tizimini 
tashkil etish orqali bartaraf etishga urinishlar bo‘ldi.
XVIII – XIX asrlarda va XX asrning boshlarida birinchi jahon urushiga 
qadar inflyatsiya muammosi ayrim mamlakatlarda mavjud bo‘lib, davriy 
xarakterga ega edi. Masalan, inflyatsiya muammosi Frantsiyada – 1789 – 1791 
yillarda Buyuk frantsuz revolyutsiyasi davrida, Angliyada Napolen bilan urush 
davri – XIX asrning boshlarida mavjud edi. Oltin monometallizm tizimi joriy 
etilgan mamlakatlarda uzoq yillar davomida barqaror pul tizimi amal qildi.
Birinchi jahon urushi davrida oltin monometallizm tizimining barbod 
bo‘lishi va qog‘oz pullarning oltin tangalarga qat’iy belgilangan kurs asosida 
ayirboshlanishi bekor qilinishi natijasida davlat o‘zining inflyatsiyaga qarshi 
kurashish mexanizmidan mahrum bo‘ldi. Shu davrdan boshlab, inflyatsiya 
iqtisodiyotda doimiy xarakterga ega bo‘lgan va keng qamrovli muammo sifatida 
barcha mamlakatlarda namoyon bo‘la boshladi. 
Inflyatsiyaning mohiyati iqtisodiy adabiyotlarda turli iqtisodchi olimlar 
tomonidan turlicha talqin etiladi. Xususan, K.R.Makkonnell, S.Bryu va K.Eklund 
inflyatsiyani iqtisodiyotda baholarning o‘rtacha ko‘tarilishi sifatida
23
, P.Xeyni esa 
pulning sotib olish qobiliyatining pasayishi yoki qiymatining yo‘qolishi ekanligini 
ta’kidlaydilar
24
.
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida inflyatsiyani vujudga kelishi 1930 
yillarda muomalaga haddan ziyod qog‘oz va tanga pullarni chiqarilishi natijasida 
iqtisodiyotning “pul kanallari” to‘lishi yuz beradi, bu o‘z navbatida inflyatsiyaga 
olib kelishi ta’kidlandi, 1940 yillarda esa inflyatsiyaning sababi iqtisodiyotda 
qog‘oz pullar to‘lov vositasini bajarishi har qanday holatda inflyatsiyani keltirib 
chiqarishini e’tirof etishdi, 1950 yillarda inflyatsiyani kelib chiqishining asosiy 
sababi sifatida uning yetarli darajada oltin va boshqa moddiy qimmatliklar bilan 
ta’minlanmaganligi ekanligini qayd etdilar. 
1960 yillarda iqtisodchi olimlar inflyatsiya murakkab, ko‘p omilli ijtimoiy – 
iqtisodiy jarayon ekanligini, uni tashqi va ichki omillar ta’sir qilishi natijasida 
vujudga keladigan iqtisodiy kategoriya sifatida baholadilar. 
23
Makkonnell K.R., Bryu S.L. Ekonomiks: Printsipы, problemы i politika. V. 2 t.: Per. s angl. 11 – go izd. T. I. –M.: 
Respublika, 1992. S. 163.
24
Xeyne P. Ekonomicheskoy obraz mыshleniya. –M.:, 1991. S.484.


Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga qator xorijiy va mahalliy olimlar 
o‘zlarining fikrlarini bildirgan. Xususan, Rossiya iqtisodchi olimlari 
V.A.Щegortsov va V.A.Taranlar “Inflyatsiya – bu tovarlar va xizmatlar sifati va 
iste’mol qiymati o‘zgarmagan holda ularning bahosini o‘sib borishidir, bu 
jarayonda pulning qadri pasayib boradi.”
25
, deya ta’kidlaydilar.
Mamlakatimiz 
iqtisodchi 
olimlaridan, 
professor 
Sh.Abdullaeva 
inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga: “Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy mohiyati –
muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko‘p pul 
chiqarish degan ma’noni anglatadi” deya ta’rif beradi
26
.
Guvohi bo‘lganimizdek, inflyatsiyaning mohiyatiga turlicha fikrlar 
bildirilgan. Fikrimizcha, “Inflyatsiya – bu tovarlar va xizmatlar bahosining ortib 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling