Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

funktsiyasi asosan Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati orqali amalga 
oshiriladi. Ma’lumki, Markaziy bank muomaladagi pul massasini tartibga solish 
maqsadida qayta moliyalash stavkalari asosida tijorat banklariga kreditlar beradi, 
berilgan kreditlar iqtisodiyotdagi pul massasini oshirish bilan birga, Markaziy bank 
tomonidan kreditlar ko‘rinishida muomalaga chiqarilgan naqdsiz pullarni u yoki 
bu yo‘l bilan naqdlashtiradi.
Kredit pul kapitalini jamg‘arish va markazlashuvini jadallashtirish 
funktsiyasi yordamida yirik ssuda kapitalini tegishli fondlarda jamg‘aradi. 
Jamg‘armalar yordamida mamlakatlar, hududlar, mintaqalar, qit’alar yoki ayrim 
kompaniyalarda mablag‘larning markazlashuvi ro‘y beradi. Kredit mablag‘larining 
markazlashuvi hududning iqtisodiyoti va moliya – kredit tizimi rivojlangan 
joylarda yuz beradi. 
Kreditning funktsiyalarini to‘laqonli amal qilishida uning tamoyillari alohida 
o‘rin tutadi. Kredit quyidagi tamoyillarni bajaradi: 
muddatlilik tamoyili (kreditlar kredit shartnomasiga asosan ma’lum 
muddatga beriladi. Mamlakatimiz bank tizimida kreditlar muddatiga qarab, qisqa 
yoki uzoq muddatli kreditlarga guruhlanadi); 
to‘lovlilik tamoyili (kreditor barcha kreditlar uchun tegishli to‘lovlarni foiz 
ko‘rinishida kredit oluvchidan undiradi); 
ta’minlanganlik tamoyili (berilgan kreditlarning barchasi u yoki bu 
darajada tegishli risk bilan bog‘liq bo‘ladi, kreditor ushbu riskni pasaytirish 
maqsadida kredit oluvchidan uning ta’minlanganligini talab etadi. Odatda, kreditlar 
mol – mulklarni garovga qo‘yish, sug‘urta polisi va uchinchi shaxslarning kafolat 
xatlari bilan ta’minlanadi); 
qaytarishlik tamoyili (kreditor tomonidan vaqtincha foydalanishga berilgan 
mablag‘lar tegishli muddatlardan so‘ng to‘liq qaytaralishi lozim bo‘ladi); 


maqsadlilik tamoyili (kreditor berayotgan kredit bo‘yicha tuzilgan 
shartnomada kreditni yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan aniq maqsadlarni qayd etadi va 
olingan kreditni shu maqsadga ishlatishi belgilab qo‘yiladi).
Xulosa qilib aytganda, kreditning funktsiyalari va tamoyillarini to‘laqonli 
amal qilishiga qator omillar ta’sir etadi. Mazkur omillar mamlakat bank tizimining 
holati, milliy iqtisodiyotdagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlari, davlatning ichki 
va tashqi siyosati natijalari sifatida namoyon bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
aynan shu munosabat va siyosatlarni samarali jarayonlarini ta’minlanganligi kredit 
funktsiyalari va tamoyillarida o‘z aksini topadi.
,,Kredit” –so`zi lotincha ,,credit” so`zidan olingan bo`lib ishonch degan 
ma’noni anglatadi. Kredit – bu pul va tovar shaklidagi resurslarni qaytarib 
berishlik, muddatlilik va foiz to‘lashlik shartlari asosida berish natijasida yuzaga 
keladigan qiymatning harakatidir. Kredit munosabatlarining subekti bo‘lib kreditor 
va kredit oluvchi hisoblanadi, kreditning obekti bo‘lib pul va tovar hisoblanadi. 
Kreditning ikkita asosiy shakli mavjud:
1. Bank krediti
2. Tijorat krediti 
Bank kreditining obekti bo‘lib pul mablag‘lari hisoblanadi. Tijorat 
kreditining obekti tovarlardir. Hozirgi kunda kreditning sudxo‘rlik shakli 
mavjud emas, bu shakl kredit munosabatlarining dastlabki shakllanish 
bosqichlarida mavjud edi. 
Kredit insoniyatning buyuk kashfiyoti hisoblanadi: 
1) Kredit xo`jalik yurutuvchi sub’ektlar faoliyatini rivojlantirish imkonini beradi. 
2) Kredit mamlakatning eksportning salohiyatini yuksaltirish imkonini beradi. 
3) Kredit iqtisodiyotdagi to`lovning uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi. 
4) Kredit davlatning o`z funksialarini bajarilishini taminlashda muhim o`rin tutadi. 
5) Kredit aholining turmush farovonligini ta’minlsh imkonini berdi. 
Kredit o`zining aniq prinsplariga ega. 
1) qaytarib berishlilik prinspi; 


2) Muddatlilik prinspi; 
3) Foiz to`lashlilik prinspi; 
4) Ta’minlanganlik prinspi. 
Kreditlar odatda birinchi toifali garov ob’ektlari bilan ta’minlanadi. (er, oltin va 
boshqa metallar) 
5) Maqsadlilik prinspi. 
Kreditnin zarurligini belgilovchi omillar. 
1) Kreditning zarurligini belgilovchi eng asosiy omil bu kapitalning doiraviy 
aylanishi va aylanishidir. 
P-ishlab chiqarish vositalari…..ishlab chiqarish jarayoni-T`-P` 
bu jarayonnig takrorlanishi capital aulanmasi deyiladi
2) ayrim tarmoqlarda ishlab chiqarishning mavsumiy harakterga ega ekanligi. 
3) davlat budjetining defitsitinig mavjudligi. 
4) aholining turmush farovonligini ta’minlashning zarurligi. 
Kreditning ob’ekti ikkita 
-pul mablag`lari; 
-tovarlar. 
Bank kreditlarni pul mablag`lari shaklida beriladi. 
Ob’ekti tavar bo`lgan kredit tijorat krediti deyiladi. Bunda sotilgan 
tavarlarning puli kechiktirib to`lanadi ya’ni ma’lum muddat o`tgandan so‘ng 
to`lanadi. Tijorat krediti odatda tijorat vekseli bilan rasmiylashtiriladi. 
Hozirgi davrda bank kreditlarini berish tizimi tijorat kreditlari berish 
tizimiga qaraganda yuksak darajada rivojlangan. Buning asosiy sababi pulning 
yuqori likvidli akti ekanligidir. 
Kreditning sub’ektlari bo`lib quydagilar hisoblanadi. 
- Banklar; 
- nobank kredit tashkilotlari, kredit uyushmalari, lombardlar, mikromoliyalash 
tashkilotlari, kredit korperativlari va boshqalar; 
- korxonalar
- jismoniy shaxslar; 


- davlat; 
- davlat organi; 
- halqaro moliya kredit tashkilotlari. 
Kredit-qiymatning harakati bo`lib pul va tavar ko`rinishidagi mablag`larni 
qaytarib berishlilik, muddatlilik va foiz to`lashlilik asosida berish natijasida
yuzaga keladi. 
2. Kreditning mohiyati. 
Mohiyat so`zi iqtisodiy yoki ijtimoiy hodisa yoki voqelikning ichki xususiyatini 
anglatadi. Kreditning mohiyati unung bir qator ichki xususiyatlarida namoyon 
bo`ldi, avvalo, kredit qiymatning harakati bo`lib ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni 
o`zida aks ettiradi, lekin kredit har qanday qiymatning harakati emas. U 
vaqtinchalik foydalanishga beriladigan pul va tovar shaklidagi mablag`larning 
harakatidir. Kreditning yana bir ichki xususiyati uning subektlar o`rtasidagi 
munosabatlarda nomoyon bo`ladi. Kreditnin su`bekylari 2 ta: 
- kreditor; 
- kredit oluvchi. 
Kreditning 3 muhim xususiatlari shundan iboratki kredit unga bo`lgan obektiv 
talab tufayli yuzaga keladi. 
Ayri hollarda mijozlar kreditni qaytara olmaydi. Bu esa kreditni qaytarib 
berishlilik xususiatlarini inkor etmaydi. 
Kreditning mohiyatan farqlanuvchi asosiy jihati ham uning qaytarib 
olinishidir. Taraqqiy etgan davlatlarda ssuda kapitali bozori yaxshi rivojlangan. Bu 
bozor ikki qisimdan iborat: 
1) birinchi segment pul bozori deyiladi. Bu bozorda qisqa muddatli kreditlarning foiz 
stavkalari shakillanadi. 
2) Ikkinchi segment capital bozori deyiladi. Bu bozorda o`rt va uzoq muddatli 
kreditlarnintg foiz stavkalar shakillanadi. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling