Pul, kredit va banklar


-mavzu: Kreditning turlari va shakllari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

9-mavzu: Kreditning turlari va shakllari 
 
9.1. Kreditning shakllari va turlari 
9.2. Davlat krediti. 
9.3. Bank krediti 
9.4. Ist’emol (ipoteka) krediti 
9.5. Tijorat krediti 
9.6. Xalqaro kredit 
 
9.1. Kreditning shakllari va turlari 
Iqtisodiy adabiyotlarda, iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan 
kreditining turlari va shakllari xususida turlicha fikr yuritiladi va talqin 
etiladi. Masalan, O’zbekistonlik olima, professor Sh.Abdullaeva kreditning 
shakllari xususida aniq fikrlarni bayon etmagan bo’lsada, uning turlarini 
“qisqa muddatli kreditlash” va “uzoq muddatli kreditlash”dan iborat 
ekanligini ta’kidlaydilar
37
, xuddi shuningdek, rossiyalik iqtisodchi olimlar 
ham kredit shakllari bo’yicha turlicha fikrlarni ilgari suradilar. Shu bois, 
ushbu paragrafda kreditning turlariga atroflicha to’xtalishga qaror qildik. 
Kreditning turlari asosan uning mohiyatini aniqroq tushunish 
imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, kreditning nafaqat 
turlari va shakllari o’rtasida, balki tasniflanishi ham ulardan ajralgan holda 
o’rganilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kredit an’anaviy ravishda qator belgilarga qarab tasniflanishi mumkin. 
Xususan, kredit qarzdor va kreditor toifasi bo’yicha (1), kreditni taqdim etish 
muddatiga qarab (2) va kreditni berish shakllariga (3) qarab tasniflanadi.
Agar kreditning bu tartibda tasniflanishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 
asosan bunday tasniflanish kredit sub’ektlari o’rtasida vujudga keladigan 
iqtisodiy munosabatlar jarayonida yuz beradi. Shuningdek, uning e’tiborli 
jihati material qiymatni o’zida aks ettirganligi bo’lib, amaliyotda taqdim etish 
bilan bog’liq holatlarni o’zida namoyon etishi hisoblanadi. 
Yuqorida qayd etilganlarga va iqtisodiy adabiyotlardagi manbalarga 
tayanib, kreditning a) tovar, b) pul va v) aralash shakllari mavjudligini 
ta’kidlash mumkin. 
Kreditning tovar shakli uning juda oddiy shakli hisoblanib, kredit bilan 
bog’liq dastlabki munosabatlar aynan ushbu shakl doirasida rivojlangan. 
37
Abdullaeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. –T.: “Iqtisod – moliya”, 2007, 181 – b.


Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda bayon etilishicha, kreditning tovar shaklida u 
asosan buyum ko’rinishida taqdim etilib, qarzdor kreditorning kreditini 
qoplashda xuddi shu miqdordagi buyumni unga qaytargan. Manbalarga ko’ra, 
kreditning ushbu shakli antik jamiyat davrida, qadimgi Rimda vujudga 
kelgan va rivojlangan
38
.
Hattoki, o’sha davrning huquqshunoslari “ssuda” va “kredit” iqtisodiy 
kategoriyalari o’rtasidagi bir – biriga o’xshashlik va farqlar xususidagi ayrim 
fikrlarni ilgari surishgan. Ma’lumki ushbu masala hozirgi kunda ham 
iqtisodchi olimlar va mutaxassislar o’rtasidagi munozarali holatlardan 
hisoblanadi. Bir guruh olimlar, “ssuda” va “kredit” o’rtasida jiddiy farqlar 
mavjud emasligini ta’kidlashsa, ikkinchi guruh olimlari buni inkor etishadi.
E’tiborli jihati shundaki, Rimda o’sha davrning huquqshunoslari 
“ssuda” va “kredit” (qarz) o’rtasidagi farqni quyidagicha izohlab berishga 
urinishgan. Ularning fikricha, ssudada qarzdor, ya’ni tovar shaklida kredit 
oluvchi kreditni qaytarishda undan olgan aynan shu tovar yoki buyumni 
kreditorga taqdim etishi zarur bo’ladi. Masalan, qarzdor kreditga otni olgan 
bo’lsa, ushbu kreditni qaytarishda aynan shu ot unga qaytarilishi zarur 
bo’ladi. 
Kreditda esa tovar shaklida olingan kreditning o’rniga shunga o’xshash 
turdagi tovar bilan qaytarilishi mumkin ekanligini e’tirof etishadi. Masalan, 
tovar shaklida olingan bug’doyning o’rniga shu navdagi va miqdordagi 
bug’doy yoki boshqa mahsulot bilan qaytarilishi kredit sifatida tavsiflanadi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda kreditining tovar shaklidagi jihatlari bo’yicha 
ham fikrlarning xilma – xil ekanligining guvohi bo’lish mumkin. Yuqorida 
kreditning tovar shakliga berilgan tasnifdan farqli o’laroq, professor
V.A.Shchegortsova tahriri ostida nashrdan chiqqan darslikda
39
, kreditning 
tovar shaklida mashina, stanok va boshqa jihozlarga to’lovni kechiktirish, 
ularni ijraga va hatto lizinga berish ekanligi haqidagi fikrlar ilgari suriladi.
Fikrimizcha, bu erda rossiyalik olimlar kreditning tovar shaklini uning 
turi bilan aralashtirib yuborgan. Kreditning tovar shakli kishilar o’rtasida pul 
munosabatlari vujudga kelib, to’liq taraqqiy etgan vaqtgacha qo’llanilgan, 
keyinchalik ushbu kredit pul – tovar ko’rinishida qo’llanilgan.
38
Dengi, kredit, banki: Ucheb. – 2 – e izd., pererab. i dop./pod red. V.V.Ivanova, B.I.Sokolova. –M.: TK Velbi, 
izd – vo Prospekt, 2008. –S. 517. 
39
Dengi, kredit, banki: Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. prof. Shchegortsova V.A. –M.:YuNITI – DANA, 2005. 
–S. 181. 


Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi va mehnat 
taqsimotining taboro takomillashuvi kreditning tovar shakli zamirida uning 
pul shaklini vujudga kelishiga zamin bo’ldi. Kreditning pul shaklini vujudga 
kelishi, uning kreditor va qarzdorga qulaylik jihatlari xususida batafsil 
to’xtalishga, firkimizcha, ehtiyoj mavjud emas. Chunki, kreditor jamiyatdagi 
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar asosida o’ziga jalb etib, 
ushbu mablag’larga ehtiyoji bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarga 
qaytarishlik, to’lovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida beradi. O’z 
o’rnida qarzdor ham ushbu kredit summasini belgilangan muddatlarda 
tegishli to’lovlar asosida kreditorga pul ko’rinishida qaytaradi. 
Pul juda likvidli va qulay ayirboshlash vositasi bo’lganligi tufayli 
kreditning pul (qiymat) shakli keng tarqaldi, buning natijasida kreditining 
tovar shakli o’z o’rnini sekinlik bilan kreditning pul shakliga bo’shatib berdi. 
Kreditning yuqorida qayd etilgan shakllari bilan birga uning aralash 
shakli ham amal qiladi. Kreditning ushbu shakli uning tovar va pul shaklini 
o’zida mujassam etadi. Bunda kredit tovar yoki pul shaklida berilishi 
mumkin, uni qaytarishda ham qarzdor olgan kreditini pul yoki tovar 
ko’rinishida kreditorga qaytarishi mumkin. Aynan mana shu teskari 
bog’liqlik kreditning aralash shaklini o’zida ifoda etadi. Kreditning 
ayirboshlash shakliga misol sifatida tijorat kreditini keltirishimiz mumkin. 
Masalan, tovar sotuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi tashkilot sotib oluvchining 
moliyaviy muammolari mavjud hollarda sotilgan tovarlar va xizmatlarga 
to’lovni kechiktiradi, kechiktirilgan to’lov keyinchalik qo’shimcha to’lov 
asosida amalga oshiriladi. Mazkur masala keyingi paragraflarda batafsil 
ko’riladi. 
Umuman olganda, yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, kreditning 
shakllari xususidagi turli fikrlarning mavjudligi mazkur masalalar ustida 
qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirishni davom ettirish zarurligidan 
dalolat beradi. Shu bilan birga, kreditning shakllari uning turlarida yanayam 
aniqroq namoyon bo’ladi.
Xususan, kreditning turlari bo’yicha ham turlicha qarashlar mavjud 
bo’lib, rossiyalik ayrim iqtisodchi olimlar kreditning firmalar o’rtasida 
(xo’jalik) krediti (1), bank krediti (2), fuqarolik (shaxslar o’rtasidagi) kredit 


(3), davlat krediti (4), xalqaro kredit (5) va iste’mol kreditlari (6) 
mavjudligini ta’kidlaydi
40
.
Rossiyalik boshqa iqtisodchi olimlar bank krediti (1), xo’jalik (tijorat) 
krediti (2), davlat krediti (3), xalqaro kredit (4), fuqarolar (xususiy, shaxsiy) 
kreditlari (5) mavjudligini e’tirof etishadi
41
. Yana bir taniqli iqtisodchi olim, 
professor O.I.Lavrushin tahriri ostida tayyorlangan darslikda kreditning bank 
krediti (1), xo’jalik (tijorat) krediti (2), davlat krediti (3), xalqaro kredit (4), 
ishlab chiqarish va iste’mol kreditlari (5) amal qilishi hamda bulardan 
tashqari kreditning bevosita va bilvosita, namoyon bo’luvchi va yopiq, eski 
va yangi, asosiy va qo’shimcha, rivojlangan va rivojlanmagan turlari 
mavjudligi ta’kidlanadi
42
.
Professor Sh.Abdullaeva kreditning bank, tijorat, iste’mol, davlat, 
xalqaro va sudxo’rlik turlari mavjudligi xususidagi fikrlarni bayon etadi
43
.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, iqtisodchi olimlar kreditning 
turlariga mavjud ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlardan kelib chiqib turlicha 
yondashganlar. Fikrimizcha, kreditning turlariga tavsif berishda ularning 
amaliyotda qo’llanilishi va iqtisodiy samaradorligiga e’tibor qaratish 
maqsadga muvofiq. Shu nuqtai nazardan, davlat krediti (1), bank krediti (2), 
iste’mol (ipoteka) kreditlari (3), tijorat krediti (4), xalqaro kredit (5) 
mavjudligini e’tiborga olish maqsadga muvofiq. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling