Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Birinchi funktsiyasi, vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni jalb qilish, 
jamg’arish va ushbu mablag’larni kapitalga aylantirish funktsiyasi. Banklarning
juda qadimiy funktsiyalaridan hisoblanadi. Banklar jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh 
pul mablag’larini tegishli shartlar asosida o’zlariga jalb qiladi va ushbu 
mablag’larni samarali yo’nalishlarga joylashtiradi. Albatta, banklardan tashqari 
turli investitsion fondlar, moliya – sanaot korxonalari ham pul mablag’larini jalb 
qilish va jamg’arish bilan shug’ullanadi, biroq ularning pul mablag’larini jalb 
qilish va jamg’arishi bilan banklarnikidan jiddiy farqlar mavjud. Banklarning 
itiyorida bo’lgan mablag’larning deyarli 90 foizi chetdan jalb qilingan pul 
mablag’lari hisoblanadi. Bu banklarning asosiy faoliyati boshqa shaxslarning 
mablag’lari hisobiga amalga oshirilishi anglatish bilan birga, yuqori darajada 
riskka bog’liqligini keltirib chiqaradi.
Ikkinchi funktsiyasi, korxona va tashkilotlar, davlat, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab 
chiqarish va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi mulkiy shaklidan qa’tiy nazar 
barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojini 
oshiradi. Xususan, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish jarayonini 
modernizatsiyalash va kengaytirish, mehnat taqsimotini takomillashtirish, 
qo’shimcha aktsiyalarni sotib olish va boshqa maqsadlarni amalga oshirishda 
qo’shimcha moliyaviy mablag’larga kuchli ehtiyoj sezadi. Xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarning bu ehtiyojining asosiy qismi banklarning kredit berish funktsiyasi 
orqali qondiriladi. Albatta, banklar ushbu funktsiyani amalga oshirishda kreditning 
tegishli tamoyillariga (muddatlilik, ta’minlanganlik, to’lovlilik, qaytarishlik va 
maqsadlilik) amal qilgan holda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tijorat asosida 
taqdim etadi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling