Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

 
9.6. Xalqaro kredit 
Xalqaro kredit – bu mamlakatlar, banklar, yuridik shaxslar tomonidan 
boshqa mamlakatlarga, banklarga, kompaniya va tashkilotlarga beriladigan 
kreditdir. Bu – xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida pul kapitalining valyuta 
va tovar moddiy qimmatliklari ko’rinishida qaytarishlik, muddatlilik va 
to’lovlilik asosida beriladigan harakatidir. Xalqaro kreditning sub’ektlari 
sifatida ikkita mamlakat, turli davlatlarning yuridik yoki jismoniy shaxslari 
maydonga chiqadi.
Xalqaro kreditning sub’ektlari mulkiy shakliga qarab davlat, aralash 
mulk va shaxsiy mulklarga guruhlanadi. Xalqaro kreditlar kreditor 
mamlakatning milliy valyutasida yoki uchinchi mamlakatning valyutasi 
(AQSh dollari, evro)da berilishi mumkin.
Xalqaro kredit, ob’ekti jihatidan pul ko’rinishida yoki natura shaklida 
berilishi mumkin. Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida kreditor 
mamlakatlarning ko’pchiligi asosan xalqaro kreditni natura ko’rinishida 
berishdan manfaatdor bo’lib, bu orqali ular o’z mamlakatlarining ishlab 
chiqaruvchilarini iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.


10-mavzu: Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi 
 
 
10.1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati 
10.2. Banklarning funktsiyalari 
10.3. Banklarning turlari
10.4. Banklarning iqtisodiyotdagi roli 
 
 
10.1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati 
  
Banklarning vujudga kelishi tovar – pul munosabatlarining asosiy 
elementlari sifatida, pulning qiymat shakli paydo bo’lishi bilan bir davrga to’g’ri 
kelgan. Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklarning vujudga kelishi haqida aniq 
ma’lumotlar mavjud emas. Ayrim iqtisodchi olimlar banklarni feodalizm davrida 
vujudga kelganligini ta’kidlashsa, ularning ayrimlari esa kapitalistik tuzumning 
dastlabki davrlarida paydo bo’lganligini ta’kidlaydi. Uchinchi guruh olimlar, 
banklar faoliyatiga xos bo’lgan operatsiyalar miloddan ilgarigi davrlarda paydo 
bo’lganligini qayd etadilar. 
Manbalarga ko’ra, dastlabki bankirlar kichik – kichik do’konlarda mahalliy 
pullarni xorijiy pul birliklariga ma’lum darajadagi to’lov evaziga almashtirib 
berishgan. Shuningdek, yirik pul egalarining pullari va tijorat veksellarini tegishli 
haq evaziga saqlash bilan shug’ullangan. Keyinchalik banklar vaqtinchalik bo’sh 
pul mablag’larni tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag’larga ehtiyoji 
bo’lgan shaxslarga ma’lum to’lov evaziga bera boshlagan. 
Tarixiy manbalarga ko’ra, dastlabki banklar Gretsiyada paydo bo’lgan, 
keyinchalik xalqaro savdo munosabatlarining rivojlanishi natijasida evropa 
mamlakatlarida banklar vujudga kelgan. Shuningdek, natural xo’jalikning barham 
topishi, tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida hisob – kitoblar va 
kreditlarning roli shiddat bilan ortib bordi. Bular o’z navbatida bir maromdagi 
hisob – kitob va pul muomalasini tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bu 
jarayon o’z – o’zidan banklarning tashkil topishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatdi.
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda, dastlabki banklar ibodatxona (butxona)larda 
tashkil topganligi ta’kidlanadi
51

Ibodatxonalar 
hukumatning 
va 
diniy 
tashkilotlarning zaxira fondlari sifatida xizmat qilgan. Ularda oziq – ovqat 
zaxiralari va boshqa qimmatbaho buyumlar saqlangan. Keyinchalik ibodatxonalar 
to’lov vositalarini bajaradigan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni 
saqlash bilan birga, pul muomalasini tashkil etish jarayonlarida ham bevosita 
ishtirok etishgan. Bunga 2011 yil iyulida Hindistonning ibodatxonalaridan birida 
yirik miqdorda oltin va boshqa boyliklarni topilganligini misol sifatida keltirish 

Dengi, kredit, banki: uchebnik/kol. avt.: pod red.zasl.deyat. nauki RF, d.e.n. prof. O.I.Lavshurina. – 5 – 
e izd., ster. –M.: KNORUS, 2007. –S.319 – 324. 


mumkin. Topilma juda katta miqdorga teng bo’lib, qachon va kim tomonidan 
qo’yilganligi ma’lum emas.
Ibodatxonalar qadimda banklar vazifasini bajarganligining va ularni 
barqarorligining asosiy sabablaridan biri, davlat va dindorlarning asrlar davomida 
ibodatxonalarda xizmat qiluvchilarga nisbatan yuqori darajada ishonchning 
shakllanganligi hisoblanadi. Bu o’z navbatida boshqalarda ham ibodatxonalarda 
pul mablag’larni saqlashga bo’lgan ishonchini qozongan. Dastlab ushbu an’ana 
qadimiy Sharqda vujudga kelgan bo’lsa, keyinchalik qadimgi Gretsiya va Rim 
hamda Evropaga tarqalgan.
Qadimgi Gretsiyada davlat va uning rasmiy xodimlari, zargarlar, savdogarlar 
va boshqa zodagonlar ibodatxonalarning (Delfiy, Deloss, Samoss, Efess kabi 
ibodotxonalar) alohida shaxslariga pul mablag’larini saqlash va tegishli 
operatsiyalarni amalga oshirishga ishonch bildirib, ularga pul mablag’lari va 
qimmatbaho metallarni saqlash, shuningdek, ularning topshiriqlariga binoan hisob 
– kitoblarni amalga oshirishga ruxsat bergan. Buning barobarida, mamlakatda 
mehnat taqsimoti va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, o’zaro moliyaviy 
ayirboshlash hajmining ortishi natijasida ushbu ibodotxonalarda pul ishlari bilan 
shug’ullangan shaxslar moliyaviy vositachilar sifatida maydonga chiqa boshladi.
Taxminan eramizdan oldingi VII asrlarda yirik ibodatxonalarning kichik – 
kichik moliyaviy vositachilik do’konlariga aylanib borishi natijasida, shuningdek, 
pul muomalasini tartibga solishda muammolarning vujudga kelayotganligi sababli 
metall tangalarni muomalaga chiqarish va pul muomalasini tartibga solish huquqini 
davlat o’z qo’liga ola boshladi. 
Hozirgi kunda, siz bilan biz bank sifatida biladigan moliyaviy 
muassasalarning dastlabki ko’rinishlari XVI asrda Angliyada vujudga kelgan. 
E’tiborli jihati shundaki, dastlabki bankirlar oltin metallardan turli zebu – ziynatlar 
yasaydigan zargarlar yoki yirik savdo bilan shug’ullanadigan savdogarlar ichidan 
chiqqan. Shuningdek, Florentsiya va Venetsiyada XVI asrda jirobanklar vujudga 
keldi. Keyinchalik banklar Amsterdam, Gamburg, Miland, Nyurenberg kabi yirik 
shaharlarda tashkil topa boshlagan. Ushbu banklar asosan yirik savdogarlarning 
oltin tangalarini saqlash va ularning to’lov hisob – kitoblarini amalga oshirish bilan 
shug’ullangan.
Hozirgi paytda faoliyat yuritayotgan Markaziy bankka o’xshagan bank 
birinchi marta Stokgolmda 1650 yilda, keyinchalik 1694 yilda Angliyada tashkil 
topgan bo’lib, bu bank pul emissiyasini amalga oshirish, mamlakatda tijorat 
banklari faoliyatini tartibga solish kabi ishlarni bajargan. 
Banklar yirik savdogarlar, zargarlar va boshqa shaxslarning hisob – 
kitoblarini bajarish bilan birga, jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini 
jalb qilish asosida juda yirik miqdorda ssuda kapitalini jamg’aradilar, ushbu 
mablag’ kredit sifatida iqtisodiyotning turli bo’g’inlariga yo’naltiriladi. Shu tariqa, 
kapitalistik jamiyatda “bank” deb yuritiladigan tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug’ullanuvchi “korxona”lar tashkil topdi. 
Banklarning mohiyatiga iqtisodiy adabiyotlarda turli yondashuvlar mavjud. 
“Bank” etimologiyasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, “bank” so’zi qadimgi 


frantsuzcha “banque” va italiyancha “bansa” so’zlaridan paydo bo’lib,
“almashtirish stoli” ma’nosini anglatishining guvohi bo’lamiz.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling