Pul, kredit va banklar


 Banklarning funktsiyalari


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

10.2. Banklarning funktsiyalari 
 
Banklarning mohiyati ularning funktsiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon 
bo’ladi. Banklarning funktsiyalari ularning nazariy masalalari sifatida e’tirof 
etiladi. Shu bois ham banklarning mohiyatini yoritishda vujudga kelgan qator 
mulohazali holatlar ularning funktsiyalarini yoritishda ham mustasno emas. 
Xususan, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning funktsiyalari haqida qator mulohazali 
52
Banki i bankovskie operatsii: Uchebnik dlya vuzov/ E.F.Jukov, L.M.Maksimova, O.M.Makarova i dr.; Pod red. 
prof E.F.Jukova. –M.: Banki i birji, YuNITI, 2007. –S. 6. 


va tushunmovchilik holatlar mavjud. Masalan, ayrim manbalarda banklar 
bajaradigan operatsiyalar ularning funktsiyalari sifatida qayd etiladi. Bu erda bank 
faoliyati natijasida ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalari nazarda 
tutiladi. Biroq, shuni ta’kidlash joizki, banklarning barcha operatsiyalari ham 
ularning funktsiyalari bo’la olmaydi. Bank funktsiyasi uning ma’lum ko’rinishdagi 
faoliyatini ifodalaydigan iqtisodiy kategoriya bo’lishi lozim.
Shunga qaramasdan, ayrim iqtisodiy manbalarda banklar to’lov aylanmasi, 
kassaga naqd pullarni qabul qilish va berish, kredit berish, qimmatli qog’ozlarni 
saqlash va boshqarish, naqd va naqdsiz ko’rinishda xorijiy valyutani sotish va sotib 
olish, shuningdek, bank tomonidan bajaraladigan boshqa operatsiyalar ularning 
funktsiyalari sifatida ta’kidlanadi.
Bundan tashqari, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning qimmatbaho metallar 
va buyumlarni saqlash uchun maxsus seyflar berish, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarning kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi, kreditlash uchun 
resurslarni jalb etish va boshqa shu kabi operatsiyalari ularning funktsiyalari 
sifatida talqin etiladi. Albatta, bu banklarning pul – kredit siyosatini amalga 
oshiruvchi muassasa sifatidagi faoliyatini aniqroq tushinishda va ularning 
imkoniyatlari kengligidan dalolat beradi. Biroq, ushbu operatsiyalarning barchasi 
banklarning 
funktsiyalari 
bo’lib 
hisoblanmaydi. 
Chunki 
yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, banklarning har – bir operatsiyasini ularning funktsiyalari 
sifatida e’tirof etadigan bo’lsak, demak zamonaviy banklar 300 dan ortiq 
funktsiyani bajaradi degan fikr paydo bo’ladi.
Banklarning funktsiyalari haqida gap ketganda, bu jarayonni nafaqat banklar 
nuqtai nazaridan, balki uning mijozlari manfaatlaridan ham kelib chiqib so’z 
yuritish lozim. Shu jihatdan banklarning funktsiyalarini o’rganishda ularni 
quyidagi mezonlariga e’tibor qaratish lozim:
3. 
makroiqtisodiy darajada, banklar va real sektor ishtirokchilari 
o’rtasida iqtisodiy munosabatlar; 
4. 
banklarning tashkiliy – huquqiy va mulkiy shakli jihatidan amal 
qilishi (Markaziy bank, tijorat banki, ixtisoslashgan bank va boshqalar). 
Banklarning funktsiyalari to’g’risida fikr yuritganda quyidagi masalalarni 
e’tibordan chetda qoldirish kerak emas. Birinchidan, banklarning funktsiyalari 
ularning mohiyatini kengroq ochishga xizmat qilishi lozim, ikkinchidan, 
banklarning funktsiyasi sifatida ta’kidlangan iqtisodiy kategoriya barcha moliyaviy 
institutlarning xususiyatlariga xos bo’lgan jarayon emas, balki faqat banklargagina 
xos bo’lgan iqtisodiy kategoriya bo’lishi lozim. 
Ma’lumki, banklarning asosiy operatsiyalaridan biri iqtisodiyotdagi bo’sh 
pul mablag’larini tegishli shartlar asosida o’ziga jalb etishga qaratilgan. Bu 
banklarning funktsiyasi bo’la oladimi, degan savol tug’iladi. Markaziy bankda 
tijorat banklarining majburiy zaxiralari jamg’ariladi, banklarda esa aholi va 
mijozlarning vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari jamg’ariladi. Iqtisodiyotda 
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni jamg’arish banklarning qadimiy 
operatsiyalaridan biri hisoblanadi. Bu erda asosiy masala shundan iboratki, 
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni jamg’arish faqatgina banklarga xos bo’lgan 
operatsiya emas, ushbu operatsiyani jismoniy shaxslar yoki boshqa yuridik 


shaxslar ham amalga oshirishi mumkin. Chunki, har qanday sub’ekt u yoki bu 
ob’ektni moliyalashtirish uchun dastlab ma’lum miqdordagi moliyaviy 
mablag’larni jamg’arishi lozim. Biroq, masalaga yanayam chuqurroq 
yondashadigan bo’lsak, banklar ushbu operatsiyani bajarganda boshqa xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar bajaradigan operatsiyalardan jiddiy farq qiladi. Ular asosan 
quyidagi holatlarda namoyon bo’ladi: 
5. 
banklar pullarni jalb etganda o’z pullarini emas, balki begona 
shaxslarning mablag’larini jamg’aradi; 
6. 
banklar jamg’argan mablag’larni o’zining ehtiyoji uchun emas, 
balki boshqa shaxslarning ehtiyojlari uchun sarflaydi (qayta taqsimlash 
asosida). 
Banklarning funktsiyalari xususidagi mulohazalarni chuqurlashtirish 
fikridan yiroq ekanligimizni ta’kidlagan holda, ularning quyidagi funktsiyalari 
mavjudligini qo’llab – quvvatlaymiz. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling