Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
Bank – bu moliyaviy muassasa bo’lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul
mablag’larini tegishli shartlar bilan jalb etib, ushbu mablag’larga ehtiyoji mavjud bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, muddatlilik, to’lovlilik va ta’minlanganlik asosida beradigan tijorat tashkilotdir. Boshqa bir adabiyotda, bank – tadbirkorlik faoliyatining o’ziga xos turi bo’lib, uning faoliyati ssuda kapitalining harakati, ya’ni ularni jalb qilish va joylashtirilishi bilan bevosita bog’liqdir, degan fikr ilgari suriladi 52 . Bankir ssuda kapitalistidan farqli o’laroq, turli ko’rinishdagi xizmatlarni taklif etadi va pul aylanmasini tashkil qiladi. Ssuda kapitalisti ishlab chiqarishni o’z kapitali hisobidan moliyalashtirsa, bankir ushbu jarayonni chetdan jalb qilingan begona shaxslarning mablag’lari hisobidan amalga oshiradi. Tijorat banklari mohyatini teranroq anglash uchun ayrim metodologik masalalarga e’tibor qaratish lozim. Ularning ayrimlari quyida keltiriladi: – banklarning mohiyatini yoritishda ularning mikrodarajadagi faoliyatiga e’tibor qaratish lozim; – banklarning mohiyatini yoritishda ular qanday shaklda va maqsadda tashkil etilganligiga emas, balki ularga yagona bank sifatida faoliyat yuritishiga e’tibor qilish lozim; – banklarning mohiyatini ajralmas qismi sifatida ularning tashkil topish asoslari, ya’ni tashkiliy – huquqiy asoslari muhim ahamiyat kasb etadi; – banklarning mohiyati – bu o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan ob’ektning tarkibini anglatadi; – banklarning mohiyatiga qator ta’riflar shakllantirilgan bo’lib, muammoni o’rganayotgan paytda uning qanday jihatiga e’tibor qaratilayotganligi muhim hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, banklarning vujudga kelishi va ularning mohiyati kishilik jamiyatining vujudga kelishi davridan boshlab shakllanib, rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Buning asosiy sababi jamiyatda iqtisodiy munosabatlarning takomillashuvi, mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, tovar va xizmatlar aylanmasi hajmining ortishi kabi qator omillar hisoblanadi. Shuningdek, qaerda savdo va zargarlik ishlari rivojlangan bo’lsa, shuningdek, ishonch yuqori bo’lgan joylarda dastlabki banklar paydo bo’lgan. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling