Pul, kredit va banklar


Filiallarining soni bo’yicha –


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Filiallarining soni bo’yicha – ayrim banklarda filiallar umuman mavjud 
emas, ayrimlarida esa mamlakatning barcha hududlarida filiallari mavjud. 
Mamlakatimizda 
bunday 
banklar 
sirasiga 
Agrobank, 
Xalqbank, 
Mikrokreditbanklarni kiritish mumkin. Ushbu banklarning mamlakatimiz 
tumanlarining deyarli barchasida o’z filiallari faoliyat yuritadi. Banklarning 
filiallari yuridik shaxs sifatida barcha huquq va majburiyatlarga ega bo’lmaydi, 
ular tegishli nizom asosida bosh bank tomonidan berilgan chegaralangan huquq va 
majburiyatlar doirasida faoliyat yuritadi.
Xizmat ko’rsatish doirasi bo’yicha – banklar ma’lum hududga, hududlararo, 
xalqaro darajada mijozlarga xizmat ko’rsatishi e’tiborga olinadi. Buning uchun 
banklar Markaziy bankning tegishli litsenziyalariga ega bo’lishi talab etiladi. 
Masalan, mamlakatimizda Markaziy bankning tegishli talablarni bajargan tijorat 
banklariga milliy valyutada va xorijiy valyutalarda faoliyat yuritishi uchun alohida 
– alohida litsenziyalar beradi.
Kapitalining hajmi bo’yicha – banklar kichik, o’rta va yirik tijorat 
banklarga guruhlanadi. Masalan, mamlakatimiz barcha banklari ustav kapitalining 
40 foizdan ortig’i TIF Milliy banki hisasiga to’g’ri keladi, yoki mamlakatimizda 
beshta yirik bankning (TIF Milliy banki, Sanoatqurilishbank, Agrobank, 
Asakabank, Ipotekabank) kapitali jami banklar kapitalining 85 – 90 foizini tashkil 
etadi.
Yakuniy so’z sifatida ta’kidlash mumkinki, banklarning turlarini 
ko’pqirraligi, ularning bajaradigan operatsiyalarining sonini ortib borishi 
jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi bilan bevosita bog’liqdir. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida bularning barchasi tegishli qonun, qoida, tartib va 
mexanizmlar asosida tartibga solib boriladi.
10.4. Banklarning iqtisodiyotdagi roli 
 
Banklarning mohiyati va funktsiyalari, shuningdek, bajaradigan operatsiyalari 
va ko’rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi rolini belgilab beradi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e’tiborni ularning vujudga kelish 
omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga qaratish lozim. 
Banklarning roli ularning funktsiyalari kabi ma’lum darajadagi xususiyatlarga 
egadir. Banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan bo’lishidan qa’tiy 
nazar, iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega bo’lgan operatsiyalarni bajaradi. Shu 
bois ham banklar qanday mulkiy shaklda yoki ixtisoslikda tashkil topgan 
bo’lishidan qa’tiy nazar, ular iqtisodiyotda alohida ahamiyat kasb etadi.
Banklarning iqtisodiyotdagi roli xususida so’z ketganda, dastlab jamiyatda 
ularning bajaradigan operatsiyalarini zarurligi va turlari, shuningdek, xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar va aholining ularga bo’lgan ehtiyoji doirasida so’z yuritish 


maqsadga muvofiq. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyatini 
anglatadi.
Albatta, banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko’pqirrali bo’lib, 
ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 

jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni tegishli shartlar asosida 
o’ziga jalb etadi; 

qo’shimcha moliyaviy mablag’larga ehtiyoji mavjud xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to’lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida 
mablag’lar beradi; 

milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini 
ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi

pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi; 

iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o’rtasida hisob – kitob va 
to’lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi; 

bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini 
amalga oshiradi; 

aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi 
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini jamg’arish asosida ularni iqtisodiyotning 
tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi. Ma’lumki, jamiyatda 
faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga 
qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha 
bo’lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab 
chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo’shimcha moliyaviy mablag’larga 
ehtiyoj tug’ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish 
tsiklining turli – tumanligi (qishloq xo’jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish 
sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag’lar vaqtinchalik ishlab chiqarish 
jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot 
tarmoqlarida qo’shimcha moliyaviy mablag’larga nisbatan qo’shimcha ehtiyojni 
keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag’larning ishlab 
chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.
Bu ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot 
sifatida banklar maydonga chiqadi. Birinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlarining 
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu 
mablag’larga ehtiyoji bo’lgan ikkinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlariga, ya’ni 
qo’shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezgan xo’jalik sub’ektlariga qayta 
taqsimlab beradi.
Bizningcha, ushbu munosabatlarni bankdan bo’lak birorta moliyaviy tashkilot 
samarali va tez hal eta olmaydi. Banklarning ushbu o’ziga xos jihati 
iqtisodiyotdagi rolini belgilaydi. 
Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o’ziga xos xususiyatlaridan 
biri, bu ularning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi va davlat tashkilotlari 
o’rtasida amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil etishi va ularning ustidan 
tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti 


sharoitida xo’jalik sub’ektlari o’rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul 
o’tkazmalari amalga oshiriladi. Bularning barchasi banklar tomonidan amalga 
oshiriladi va tartibga solib turiladi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta’sir 
qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling