Pul, kredit va banklar


Banklar bajaradigan funktsiyasi (operatsiyalari) jihatidan –


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Banklar bajaradigan funktsiyasi (operatsiyalari) jihatidan –emission, 
tijorat, investitsion, ipotekali va jamg’arma banklar sifatida tasniflanadi. Emission 
banklar mamlakat iqtisodiyotiga pullarni emissiya qilish, shuningdek, kredit 


muassasalari faoliyatini tartibga solish va pul – kredit siyosatini amalga oshirish 
bilan shug’ullanadi. Bunday vazifani hozirgi paytda mamlakat Markaziy banklari
bajaradi. Markaziy banklar bevosita mijozlarga bank xizmatlarini ko’rsatmaydi va 
tijorat faoliyati bilan shug’ullanishi ta’qiqlanadi. 
Tijorat banklari mamlakat bank tizimi va kredit muassasalari tarkibidagi 
muhim ahamiyatga ega bo’lgan moliyaviy muassasalar hisoblanadi. Ushbu banklar 
banklar bajarishi mumkin bo’lgan barcha operatsiyalarni bajaradi. 
Investitsion banklarning asosiy faoliyati passiv operatsiyalari natijasida 
shakllantirgan moliyaviy mablag’larini asosiy ulushini qimmatli qog’ozlarga 
investitsiya qilishdan iborat bo’ladi. Mamlakatda investitsion banklar faoliyat 
yuritishi uchun qimmatli qog’ozlar bozori rivojlangan va etarli darajada 
investitsion muhit yaratilgan bo’lishi lozim. 
Ipoteka banklari jismoniy va yuridik shaxslarga garov asosida uzoq 
muddatli kreditlar berish bilan shug’ullanadi. Ipoteka atamasi ko’chmas mulklarni 
garovga qo’yish natijasida vujudga keladigan moliyaviy munosabat bo’lib, uning 
o’ziga xos xususiyatlaridan biri garovga qo’yilgan ko’chmas mulk kredit (qarz) 
oluvchining tasarrufida qolishidir. Odatda ipoteka banklari faoliyatining asosiy 
yo’nalishini ipoteka krediti berishga qaratilgan bo’lishi lozim. Biroq, amaliyotda 
ushbu qoida doimo ham o’zining isbotini topmaydi, chunki hozirgi kunda faoliyat 
yuritayotgan ipoteka banklari kredit portfeli tarkibida nafaqat ipoteka krediti, balki 
boshqa maqsadlarga yo’naltirilgan kreditlarning hajmi salmoqli ulushni tashkil 
etadi. 
Jamg’arma banklarining asosiy mijozlari jismoniy shaxslar bo’lib, ushbu 
banklarning asosiy faoliyati aholidan muddatli omonatlarni jalb qilishga qaratilgan 
bo’ladi. Jamg’arma sifatida shakllantirilgan mablag’larni yirik tijorat banklariga
savdo va qurilish tashkilotlariga investitsiya va kreditlar ko’rinishida joylashtiradi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling