Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

 
9.2. Davlat krediti. 
Davlat krediti. Ushbu kreditning asosiy belgilaridan biri kreditni berish 
yoki olish jarayonida davlat bevosita ishtirok etadi. Ko’pchilik hollarda esa 
davlat kreditor sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlar beradi.
Davlat krediti munosabatlari jarayonida uning sub’ektlari sifatida 
davlat nomidan markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari maydonga 
chiqsa, ikkinchi tomondan yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etadi. Davlat 
kreditining vujudga kelishida an’anaviy ravishda ko’pchilik hollarda davlat 
byudjeti taqchilligini qoplash yoki yirik investitsion loyihalarni amalga 
oshirish maqsadida o’z nomidan qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqaradi. 
40
Dengi, kredit, banki: Ucheb. – 2 – e izd., pererab. i dop./pod red. V.V.Ivanova, B.I.Sokolova. –M.: TK Velbi, 
izd – vo Prospekt, 2008. –S. 517.
41
Dengi, kredit, banki: Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. prof. Shchegortsova V.A. –M.:YuNITI – DANA, 2005. 
–S. 182. 
42
Dengi, kredit, banki: uchebnik/kol. avt.: pod red.zasl.deyat. nauki RF, d.e.n. prof. O.I.Lavrushina. – 5 – e 
izd., ster. –M.: KNORUS, 2007. –Ss. 263 – 265. 
43
Abdullaeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. –T.: “Iqtisod – moliya”, 2007, 182 – 192 – bb.


Davlat byudjetining taqchilligini qoplashda davlat tomonidan chiqarilgan 
qimmatli qog’ozlar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinadi. 
Bunda yuridik va jismoniy shaxslar kreditor sifatida namoyon bo’ladi. Davlat 
byudjeti taqchilligini qoplashning boshqa manbalari ham mavjud bo’lib. 
Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 

amaldagi soliq stavkalari miqdorini oshirish

muomalaga qo’shimcha pullarni (xazina biletlarini) emissiya qilish; 

Markaziy bankdan kredit qarzlarini olish; 

Halqaro kredit va moliyaviy yordam so’rash; 

Davlatning qimmatli – qog’ozlarini muomalaga chiqarish.
Davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun amaldagi soliq stavkalari 
miqdorini oshirish iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. Bunday holatda, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar soliq bazasini 
kamaytirib ko’rsatish, ikkilamchi buxgalteriyani yuritish hamda xufyona 
iqtisodiyotning rivojlanishiga moyillik tug’iladi. Natijada, mamlakatda 
iqtisodiyotning rivojlanishi va aholining turmush farovonligini ta’minlashda 
salbiy holatlar yuz beradi. 
Muomalaga qo’shimcha pullarni chiqarish hisobiga davlat byudjeti 
taqchilligini qoplanishi iqtisodiyotda tovar va pul massasi o’rtasidagi 
muvozanatni ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni, pul massasi tovar 
massasiga nisbatan ortib ketadi, bunday xolatda milliy valyutaning sotib olish 
qobiliyati pasayadi va inflyatsiya darajasining ortishiga sabab bo’ladi. 
Markaziy bankning krediti davlat byudjeti taqchilligini qoplashning 
boshqa manbalariga nisbatan bir muncha samaraliroq hisoblanadi, lekin 
Markaziy bank tomonidan berilgan kreditlar asosan 3 oy muddatga berilib
ushbu muddatdan ortib ketishi mumkin emas. 
Davlat byudjeti taqchilligini qoplashda halqaro kredit va xorijiy 
mamlakatlarning moliyaviy yordamini olish doimo ham ijobiy natijalarni 
bermaydi. Chunki, kreditor mamlakat qarz oluvchi mamlakatga qator 
shartlarni qo’yadi. Ayrim holatlarda kreditlar berish orqali kreditor mamlakat 
siyosiy va iqtisodiy taziyq o’tkazish holatlari ham amaliyotda uchrab turadi. 
Shuning uchun davlat byudjetining taqchilligini qoplashning eng qulay usuli 
davlatning qimmatli qog’ozlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish orqali 
kredit olishi hisoblanadi. Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki, davlat 
krediti faqatgina byudjet taqchilligini qoplash uchun emas, balki 
iqtisodiyotni tiklash (asosan tabiiy ofatlar yoki urushlardan so’ng), 


mamlakatda ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan qurilish ishlarini 
bajarish yoki sanoat tarmoqlarining alohida sohalarini rivojlantirish uchun 
uzoq muddatlarga (5, 10 yil) olinishi mumkin. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling