Ii. Bob. Pul bozorining iqtisodiyotdagi roli
Download 156.1 Kb.
|
MAVZU TOXIR
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. PUL BOZORINING IQTISODIYOTDAGI ROLI
MAVZU: PUL BOZORI VA UNDAGI MUAMMOLAR REJA: KIRISH ASOSIY QISM: I.BOB. PUL KREDIT SEKTORINING ASOSIY VAZIFASI VA FAOLIYATI Pul vositalarining oqimi Pul –kreditni tartibga solish tashkilotlari II.BOB. PUL BOZORINING IQTISODIYOTDAGI ROLI 2.1.Pul bozori, va uning tarkibiy qismlari 2.2. Pul bozori funksiyalari, muvozanati va muammolari XULOSA ADABIYTLAR RO`YXATI KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Valyuta Bozori pul bozorida tijorat banklar mablag'larini jalb qilish va joylashtirish bo'yicha operatsiyalar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining depozit auksionlari amalga oshiriladi. Birjada o'tkaziladigan savdolar orqali bitimlar tuzilishi bozor ishtirokchilari uchun tezkor ravishda mablag'larni jalb qilish va qisqa muddatli aktivlarga joylashtirish uchun qo'shimcha imkoniyat yaratadi. Pul bozori instrumentlari yuqori darajada jozibadorligini operasiyalar hajmining ijobiy dinamikasi ham tasdiqlaydi. Tijorat banklari o'rtasida mablag'larni jalb qilish va joylashtirish bo'yicha operaciyalar "Banklararo pul bozorida elektron savdo platformasi orqali operaciyalarni amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi nizom va “Banklararo pul bozorida elektron savdo platformasi orkali operaciyalarni o'tkazish koidalari" ga muvofiq 2018 yilda yaratilgan O'zRVBning yagona elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi. Markaziy bankning depozit operaciyalari "O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatiyalarini amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi nizom va "O'zbekiston Respublika valyuta birjasi elektron savdo platformasi orqali O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operaciyalarini o'tkazish qoidalari" ga muvofiq amalga oshiriladi. Markaziy bankning depozit operaciyalari 2018 yil dekabr oyidan boshlab tijorat banklarining mablag'larini jalb qilish bo'yicha aukcionlar shaklida o'tkazilib kelinmoqda. Markaziy bank depozit aukcionlar o'tkazilish shartlarini, shu jumladan depozit muddatlarini, aukcion o'tkazish sanasi va vaqtini, depozitga jalb qilinadigan mablag'ning maksimal hajmi va foiz stavkasini, aukcion o'tkazilish usuli va boshqalarni belgilaydi. Download 156.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling