Ii. Bob. Pul bozorining iqtisodiyotdagi roli


Pul-kreditni tartibga solish tashkilotlari


Download 156.1 Kb.
bet3/8
Sana08.05.2023
Hajmi156.1 Kb.
#1445775
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAVZU TOXIR

1.2.Pul-kreditni tartibga solish tashkilotlari

  1. Umumiy qoidalar, Moliyaviy tashkilotlami 2 guruhga boyish mumkin (nazariy jihatdan bular orasidagi farqlar aniq, amaliyotda esa ular umumiyroq).

Birinchi guruhga davlatning to‘lov vositalarini yaratuvchi moliyaviy muassasalar kiradi. Ular an’anaviy ravishda «pullar» deb ataladi.
Ikkinchi guruhga esa pul yaratmaydigan moliyaviy tashkilotlar kiradi. Birinchi guruhga kiruvchi pul-kreditni nazorat qiladigan tashkilotlar va pul-depozit (tijorat) banklari nazariy jihatdan ko‘proq ahamiyat kasb etadilar, sababi bu guruh agregatlar likvidliligini, hajmini o‘zgartirish xarajatlar va iqtisodiy faollik darajasiga katta ta’sir ko`rsatadi.
«Xalqaro moliyaviy statistika» jadvalida keltiruvchi pul va moliyaviy ma’Iumotlar 3 bosqichda beriladi. Quyida ulaming ikkitasi to`risida fikr yuritiladi.
Birinchi bosqichda pul-kreditni nazorat qiluvchi va pul-depozit banklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarida bir necha qismlarda beriladi. «Xalqaro moliyaviy statistika» ma'lumotlari pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlarga asosiy o‘rin berilgan.
Xorijiy zaxiralar hajmini inobatga olgan holda ular pullaming holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida baholash uchun asosiy ma’lumotlar bazasini yangidan toldirib boradilar va shu bilan birga pul-kredit siyosati yaratiladi.
Ikkinchi bosqichda esa pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlar va pul-depozit banklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar umumiylashtirilib «Pul-kredit to`grisidagi to`liq ma’lumotlar» yig'iladi. Bular orqali pul va kredit holati, statistikasi to‘g‘risida tushuncha hosil qilish mumkin.

  1. Birinchi bosqich.

a) Pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlar.
Pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlar mamlakat zaxirasini oltinlarda, xorijiy valutalarda va maxsus huquqli qarzlarda saqlaydilar (SDR). Bulardan tashqari pullaming xarajati, aylanish tezligini nazorat qiladi va davlat tashkilotlarini nazorat qiluvchi bank sifatida namoyon bo`ladi. Odatda, bunday funksiyalami Markaziy bank amalga oshiradi, ammo ko‘p mamlakatlarda tanga zarb qilish bilan davlat zaxira idoralari shug‘ullanadi, ba’zi mamlakatlarda esa oltin zaxiralari va xorijiy valutalar davlat zarbxonalarida yoki valutani nazorat qiluvchi fond lard a joylashadi.
Bunday monetar funksiyalar davlatning markaziy bank hisoblari bilan uzviy bog`lanishi kerak. Bu ishlar pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlaming barcha funksiyalarini yagona hisob-kitob o‘lchov birligiga keltirish maqsadida qilinadi. Pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlaming asosiy hisob-kitob balanslari berilgan bo* lib, unda pul-kredit to'g‘risida to`liq axborot olish mumkin.
Xorijiy aktivlarga oltin, banknot. davlat investitsiya majburiyatlari, SDR, xorijiy davlatlardagi depozitlar, shu bilan birga, davlatning XVF dagi zaxira o'mi kiradi.
Davlat sektoriga bo`lgan talablar hukumat, davlatning mahalliy boshqaruv organlari va nomoliyaviy davlat tashkilotlarga bo‘linadi. Rivojlantirish va jamg‘arish banklariga boMgan talablar pul-kredit xarakteriga ega bo‘lmasa ham, moliyaviy tashkilotlarga bog'liq bo'ladi. Xususiy sektorga bo‘lgan talab uncha ahamiyatli emas: uy xo‘jaligi va muassasalarga asosan Markaziy bank emas, balki tijorat banklari kredit berish bilan shug'ullanadi. Qayd qilingan veksel va banklaming boshqa majburiyatlari pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotiarda joylashgan bu qoSilmalar pul-depozit banklariga qo‘yilgan talablar bilan uzviy bog‘liqdir, sababi ular Markaziy bank va pul-depozit banklari orasidagi operatsiyalarda ishtirok etadi va namoyon boMadi.
Zaxira pullar asosiy passivlar hisoblanadi, Bu - pul bazasi. Bu baza orqali Markaziy bank depozit banklarining likvidligiga ta’sir ko'rsatadi va shu orqali depozit pullar yaratilishiga ta’sir qiladi.
Zaxira pullaming asosiy komponentlaridan biri bu bankdan tashqarida aylanuvchi pullardir. Iqtisodiyotni tahlil qilish uchun banklardagi zaxira va depozitlarda saqlanayotgan pullar muhim ahamiyatga ega. Xususiy sektor depoziti, xuddi talab singari uncha ahamiyatli emas yoki 0 ga teng bo‘Iadi. Xorijiy majburiyatlar o‘z ichiga rezidentlar majburiyatlarini milliy hamda xorijiy valutalarda, shu bilan birga pul-kreditni nazorat qiluvchi tashkilotlar depozitini qamrab oladi.
Bu ma’lumotlarga XVF (MVF) kreditlarining ishjatilishi ham kiradi, ammo hisob-kitob balanslarida bu ma’lumot «qolgan ma’lumotlar» turiga kiritiladi, «qolgan ma’lumotlar» tarkibiga moliyaviy muassasalar tarkibi, kapitalining harakatchanligi va zaxira aktivlari kiradi.
Xorijiy valuta depozitlari tarkibiga faqat rezidentlar oldidagi majburiyatlar kiradi, shuning uchun ham ular xorijiy passivlar turiga kirmaydi, hukumatning markaziy depozitlari alohida ko‘rsatiladi va ular zaxira pullar tarkibiga kiritilmaydi.


Download 156.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling