Ii. Bob. Pul bozorining iqtisodiyotdagi roli
I. PUL- KREDIT SEKTORINING ASOSIY VAZIFASI VA FAOLIYATI
Download 156.1 Kb.
|
MAVZU TOXIR
I. PUL- KREDIT SEKTORINING ASOSIY VAZIFASI VA FAOLIYATI
1.1. Pul vositalarining oqimi Iqtisodiyotning asosiy sohalari hisob-kitoblarini har bir sohaning «tolov balansi»ni ko‘rsatuvchi yagona jadvalga keltirish mumkin. Bu jadval shu bilan birga balansining sohalar orasidagi qarzlar va kreditlar yordamida mablag‘ bilan qanday ta’minlanishini ko‘rsatadi. Pul oqimlarining bunday jadvali 1-bo‘Hmda ko‘riladigan turli xil hisoblaming tabiiy holda davomi hisoblanadi. Uning yordamida iqtisodiyot sohalari orasidagi moliyaviy aloqalar tabiatini aniq kuzatib borish mumkin. Sohaning daromad va xarajatlari orasidagi farqni bu sohaning «moliyaviy bo‘lmagan harakatlar saldosi» deb ataymiz. Pul oqiminmg jadvali iqtisodiyotning hat bir sohani «moliyaviy saldo»si sohaning moliyaviy bo‘lmagan harakatlar saldosi bilan teng bo'lishi kerak bo‘lgan o'zlashtirish va kreditlash harakatlarini ko‘rsatib beradi. Shunga ko‘ra, ichki sohalar orasida moliyaviy harakatlar saldosi yig‘indisi xalqaro kapital oqimlari miqdoriga teng, shuningdek, daromad va xarajatlar (ichki iqtisoddagi) orasidagi farq kundalik to'lov balansi harakatiari hisoblari saldosiga teng. Pul oqimlari jadvalini tuzishda quyidagicha farazlar qilingan: bank tizimining moliyaviy balans saldosi nolga teng deb qabul qilingan, bu sohaning moliyaviy bo‘lmagan harakatiari esa xususiy sohada qamrab olinadi; tashqi sohadagi zarar musbat belgiga ega, musbat saldo esa manfiy belgiga ega, shuningdek, bu ustun o'ziga kuzatilayotgan mamlakatning chet davlatlar bilan balansini ko'rsatadi. moliyaviy oqim uchun aktiv qiymatlaming o'sishi manfiy belgiga (fondlaming ishlatilishi), passiv qiymatlaming o‘sishi musbat belgiga ega (fondlarning manbai) va shunga muvofiq qarama-qarshi belgilar aktiv va passiv qiymatlar pasaygan holda qo'llangan. Davlat iqtisodiyoti xususiy sohaga, markaziy hokimiyat sohasiga, bank va tashqi sohaga bolinadi. Yanada to‘liq va nazariy to‘g‘ri bo‘lgan sinflash davlat tashkilotlari sohasini ham qamrab oladi. Birinchi qatordagi sonlar moliyaviy bo`lmagan harakatlar balansi 7 tenglama komponentlari kundalik harakatlar hisobi saldosi bilan muvofiq tushadi: (SP-IP)+(TX-G)-CABO (1.1) Shunday ekan, (SP-IP) qiymat xususiy sohaning moliyaviy bo‘lmagan harakatiari saldosi. Modomiki, kundalik harakatlar hisobi teskari qiymat bilan olingan ekan, unga jadvalning birinchi qatori nazariy jihatdan nolga teng bo'Iishi kerak. Sohalaming moliyaviy bo'lmagan balansi va pul oqimining sxemasini tuzishda turli xil xatolarga yo‘l qo‘yilish mumkin. Xatolarning birinchi kategoriyasiga hisob ichidagi statistik tafovut sabab bo‘Isa, boshqasiga turli hisoblaming mos tushmasligi sabab bo‘ladi. Uchinchi xil xato turli davrlardagi hisoblarga bog‘liq holda kelib chiqadi, masalan, agar mahsulotning milliy daromadi pul-kredit ко‘finishi, to‘lov balansi va statistikasi kalendar yil negizida, davlat moliyasi statistikasi esa moliyaviy yil negizida aytilgan bo‘Isa, xato kelib chiqish mumkin. Pul oqimlari jadvalini tuzishda va moliyaviy bo‘lmagan harakatlar muvozanatini yuzaga keltirishda tovar va xizmatlarning eksport va import bo‘yicha ma’lumotlari to‘lov balansi va pul-kredit ko‘rinishi jihatidan mahsulot va milliy daromad hisobidan; markaziy hokimiyat xarajatlari jihatidan davlat moliyasi statistikasi bergan ma’lumotlardan olinadi. Bunda soddalashtirish uchun bank sohasidagi moliyaviy bo‘lmagan harakatlar yo‘q deb faraz qilingan. Natijada bu sohaning har qanday no]ga teng bo‘lmagan saldosi xususiy sohasining moliyaviy bo‘lmagan harakatlari saldosini qamrab oladi. Bu faraz va markaziy hokimiyatning moliyaviy bo‘lmagan harakatlar haqida bergan ma’lumotlari hisobiga davlat moliyasi statistikasidan boshqa yo‘l bilan olib bo‘lmaydigan ma'lumot «xususiy sohaning moliyaviy bo‘lmagan harakatlar saldo»sini olish mumkin, bu markaziy hokimiyat hisobiga kiritish mumkin bo‘Igan milliy daromad hisobining turli yillik raqamlari orasidagi farq sifatida hisoblanishi mumkin. Quyida hisoblashning hamma bosqichi keltirilgan: I. GNDI-GDP+YF+TRF 1. Umumiy mablag` - GNDI-C Ichki iqtisodiyotning moliyaviy boMmagan harakatlari saldosi + umumiy mablag‘ - umumiy investitsiya. Markaziy hukumat hisobiga kiritish mo‘ljallangan daromadning umumiy miqdori q daromadning umumiy miqdori - transfert to‘ lovlar uchun xarajatlar, Markaziy hokimiyatga moljallangan daromad (ish haqi xizmat va tovarlarni sotib olish). Markaziy hukumat moliyaviy bo‘lmagan harakatlari saldosi q markaziy hukumat mablag‘lari - markaziy hokimiyat investitsiyasi. Xususiy soha moliyaviy bo‘lmagan harakatlari saldosi q ichki iqtisod moliyaviy bo‘lmagan sohasi saldosi - markaziy hukumat moliyaviy bo‘lmagan sohasi saldosi. Moliyaviy bo‘lmagan xarajatlar saldosini hisoblab, makroiqtisodiy hisoblar orasidagi o‘zaro bog'liqlikni ko‘rsatuvchi, pul vositalarining harakati haqida hisobot tuzish mumkin. Bu hisobot bitta jadvalda iqtisodiyotning alohida sohalari disbalanslarining umumiy iqtisod imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, u iqtisodiy siyosatning asosiy o‘zgaruvchanligini aniqlab beradi. Download 156.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling