resurslarni naqd va naqd pulsiz ko‘rinishida muomalaga chiqarishi mumkin.
Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd
pullar uning majburiyati
bo‘lib, tijorat banklari ushbu pullarni muomalada aylanishini ta’minlaydi. Tijorat
banklari qog‘oz – kredit pullarni Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idagi
mablag‘lari doirasida ishlatishi mumkin.
4.3. O‘zbekiston pul tizimining tashkil
topishi va rivojlanishi
O‘zbekistonda pul tizimining tashkil topishi milliy valyuta So‘mning
muomalaga joriy etilishi bilan bog‘liq. So‘mning muomalaga kiritilishi
mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda muhim ijtimoiy –
iqtisodiy rol
o‘ynadi.
Milliy valyuta So‘m muomalaga joriy etilgan davrlarni asos qilgan holda
mamlakatimiz pul tizimini vujudga kelishini shartli
ravishda uchta bosqichga
guruhlash orqali o‘rganish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: