Pul, kredit va banklar


Pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning 
ta’minlanganlik asoslari. Har bir mamlakat o‘zining milliy valyutasini emissiya 
qilish tartibi va qoidalarini mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mamlakatda milliy 
valyutani emissiya qilish, muomalaga pullarni chiqarish va muomaladan qaytarib 
olish tartibini Markaziy bank amalga oshiradi. Muomaladagi pul birliklari 
Markaziy bankning barcha aktivlari va mamlakatdagi moddiy tovar qimmatliklar 
bilan ta’minlanadi.
Pul muomalasini tartibga solishning usullari.Mamlakatda pul muomalasini 
tartibga solishning asosiy maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan 
iborat bo‘lib, ushbu vazifani Markaziy bank amalga oshiradi. Markaziy bank pul 
muomalasini tartibga solishning asosiy instrumentlari sifatida majburiy zaxiralar 
siyosati, qayta moliyalash siyosati, ochiq bozordagi operatsiyalari, depozit siyosati 
va valyuta siyosatini amalga oshiradi. Markaziy bank ushbu instrumentlar orqali 
tovar massasi va pul massasi o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikni tartibga soladi. 
Bundan asosiy maqsad mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashdan 
iborat. 
Mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish. Pul oboroti o‘z 
tarkibiga naqd pulli va naqd pulsiz hisob – kitoblarni oladi. Iqtisodiyotda amalga 
oshirilayotgan pul oborotining asosiy qismi naqd pulsiz hisob – kitoblar ulushiga 
to‘g‘ri keladi. Pul oborotining tarkibi, tartibi va nazorati Markaziy bank tomonidan 
amalga oshiriladi.
Har bir mamlakatda pul tizimining tarkibi, amal qilish usullari va tartibi 
davlatning tegishli qonunlari asosida o‘rnatiladi.
Pul tizimining mustahkamligi va uning barqarorligiga turli omillar ta’sir 
qiladi.
a). Mamlakat Markaziy bankining pul – kredit siyosatini amalga 
oshirishdagi mustaqilligi. Ko‘pchilik hollarda Markaziy bank pul – kredit 
siyosatini amalga oshirishga hukumatning aralashuvi va taziyqi natijasida milliy 
valyutaning sotib olish qobiliyati zaiflashadi, mamlakat bank tizimiga aholining 
ishonchi pasayib ketadi. Buning natijasida pul tizimi nobaraqaror bo‘lib, Markaziy 
bank tomonidan olib borilayotgan pul – kredit siyosati o‘zining tegishli samarasini 
bermaydi. 
b). Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy barqarorligi va 
raqobatbardoshligi. Mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustahkamligi va ishlab 
chiqarilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligi pul 
tizimining braqarorligini ta’minlashga bevosita xizmat qiladi. Chunki bozor 


munosabatlarining chuqurlashuvi mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy integratsiyani 
rivojlanishiga va iqtisodiyotning globallashuviga olib keladi. Ushbu sharoitda olib 
borilayotgan makrova mikroiqtisodiy siyosat tegishli samarani bermasa, 
mamlakatda importining hajmi eksportga nisbatan ortib ketishi kuzatiladi. Bu esa 
o‘z navbatida pul tizimining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, pul tizimi va uning elementlarini 
rivojlanish, shuningdek, samarali tashkil etilishiga qator omillar ta’sir qiladi. 
Bulardan asosiylari sifatida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi va 
barqarorligini ta’minlanganligi hisoblanadi. 
 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling