Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Pul birligi. Pul birligi va uning nomi hukumatning tegishli qonun va 
me’yoriy hujjatlari asosida belgilanadi. Qonun va tegishli me’yoriy hujjatlar 
asosida belgilab qo‘yilgan pul belgilari mamlakatda yagona to‘lov vositasi 
vazifasini bajaradi. Mamlakat iqtisodiyotida muomalada bo‘lgan pul birligi 
o‘zining nomiga ega bo‘ladi. Milliy valyutaning nomi barcha mamlakatlarda 
turlicha nomda yuritiladi. Masalan, AQShda dollar, Buyuk Britaniyada funt 
sterling, Xitoyda yuan va boshqalar (quyidagi jadvalda jahon mamlakatlarining pul 
birliklarining nomlari keltirilgan).
Jahon mamlakatlari milliy pul 
birligining nomlari 
Mamlakat 
 
Milliy 
puli 
Mamlakat 
 
Milliy 
puli 
Mamlakat 
 
Milliy 
puli 
Avstraliya 
Dollar 
Kanada 
dollar 
Ruminiya 
leu 
AQSh 
Dollar 
Qatar 
riyal 
Salvador 
colon 
Albaniya 
lek 
Keniya
shilling Samoa 
tala 
Aljir 
dinar 
Kipr 
pound 
Saudiya 
Arabiston 
riyal 
Angola 
kwanza Qirg‘iziston 
som 
Senegal 
frank 
Argentina 
peso 
Qozog‘iston 
tenge 
Singapur 
dollar 
Armaniston 
dram 
Kongo 
frank 
Slovaniya 
koruna 
Afg‘onistan 
afghani Koreya 
won 
Sudan
pound 
B.A.E 
dirham 
Kosta Rika 
colon 
Suriya 
pound 
Bangladesh 
taka 
Quvayt 
dinar 
Serra – 
Leon
leone 
Baxrayn 
dnar 
Latviya
lats 
Tojikiston 
somoni 
Belarussiya 
rubel 
Leviya 
Omani Tanzaniya
shilling 
Bolgariya 
lev 
Litva 
litas 
Togo 
frank 
Boliviya 
bolivian

Mavritaniya 
ouguiya Trinidad va 
Tobago 
dollar 
Bosnya va 
Gersogavena 
marka 
Makao 
pataca Turkiya 
lira 
Botsvana 
pula 
Makedoniya 
denar 
Uganda 
shilling 
Braziliya 
real 
Malayziya 
ringgit Ukraina 
hryvnia 
Burundi 
frank 
Mali 
frank 
Urugvay 
peso 
Buyuk 
Britaniya 
sterling Marokko 
dirham Filippin 
peso 
Vengriya 
forint 
Meksika 
peso 
Hindiston 
rupee 
Venesuela 
bolivar 
Misr 
pound 
Xitoy 
yuan 


Vetnam 
dong 
Mozambik 
metical Chad 
frank 
Gvatemala 
quetzal 
Moldoviya 
lev 
Chexiya
koruna 
Gong Kong 
dollar 
Mongoliya 
togrog Chili 
Peso 
Grenada 
dollar 
Namibiya 
dollar 
Shvetsariya 
frank 
Gruziya 
lari 
Nigeriya 
frank 
Shvetsiya 
krone 
Daniya 
krone 
Niderlandiya guilder Shimoliy 
Afrika
rand 
Dominika 
peso 
Nikaragua 
cordoba Shri Lanka 
rupee 
Yevropa 
Ittifoqi 
euro 
Norvegiya 
krone 
Ekvador 
sucre 
Jordan 
dinar 
Ozarbayjon
manat 
Eron 
rial 
Zambiya 
kwacha Paragvay 
guarani Estoniya 
kroon 
Zimbabe 
dollar 
Pokiston 
rupee 
Efiopiya 
birr 
Indoneziya 
rupiah 
Polsha 
zloty 
Yamayka 
dollar 
Iroq 
dinar 
Panama 
balboa Yaman 
rial 
Isroil 
sheqel 
Rossiya 
ruble 
Yangi 
Zellandiya 
dollar 
Kamerun 
frank 
Ruanda
frank 
Yaponiya 
yen 
Baho masshtabi – bu qiymatning pul birligida aks ettirish vositasidir, 
pulning o‘ziga xos bo‘lgan texnik funktsiyasi ham hisoblanadi. Muomalada oltin 
va kumush tangalar pul vazifasini bajargan paytda baho masshtabi, ya’ni milliy 
valyutaning bahosi bevosita oltin va kumush tangalar orqali aniqlangan. Ya’ni, 
qog‘oz pullar ma’lum miqdorda oltin va kumush tangalar bilan ta’minlangan. 1971 
– 1973 yillarda rasmiy ravishda oltinning pul vositasi vazifasini bajarishi va qog‘oz 
pullarning oltin bilan ta’minlanganligi bekor qilindi. Natijada, milliy valyutaning 
baho masshtabi tovarlar va xizmatlar hamda xorijiy valyutalarga nisbatan talab va 
taklif asosida aniqlanadigan bo‘ldi, ko‘pchilik mamlakatlar milliy valyutaning 
qiymatini aniqlashda dunyoning yetakchi valyutalari hisoblangan AQSh dollari, 
yevro, yuan kabi valyutalarni asos qilib oladi.
Pulning turlarimalakatdagi qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi. Hozirgi 
paytda hech qanday mamlakatda metall pul tizimi amal qilmaydi. Pulning asosiy 
turlari sifatida kredit biletlari (banknota), shuningdek, davlatning xazina biletlari va 
tangalar to‘lov vositasini bajaradi.
Banknota (bank biletlari) – bu qonuniy to‘lov vositalari hisoblanib, 
mamlakat Markaziy banki tomonidan muomalaga chiqariladi va tartibga solinadi. 
Xazina biletlari – qog‘oz pul bo‘lib, mamlakat Moliya vazirligi tomonidan 
davlat byudjeti taqchilligi va qo‘shimcha xarajatlarni qoplash maqsadida 
muomalaga chiqariladi. Banknotalardan farqi shundaki, ushbu pullar hech qanday 
qimmatbaho metall bilan ta’minlanmagan bo‘lib, oltin va kumushga almashtirish 
mumkin bo‘lmagan. Xazina biletlari pul tizimining dastlabki davrlarida joriy 
etilgan bo‘lib, mamlakat Moliya vazirligi Markaziy bank bilan bir qatorda pul 
chiqarish huquqini o‘zida saqlab qolgan. Hozirgi paytda barcha mamlakatlarda 
milliy valyuta va pul muomalasi barqarorligiga to‘liq Markaziy bank mas’ul 


ekanligi tufayli hech qanday mamlakatda Moliya vazirligi xazina biletlarini 
muomalaga chiqarmaydi. Agar bdyujet taqchilligini qoplash uchun mablag‘ zarur 
bo‘lsa ushbu mablag‘ni Markaziy bankdan kredit sifatida oladi.
Tanga – metall quymadan, mamlakatning qonuniy to‘lov vositasi sifatida 
turli qiymatlarda muomalaga chiqariladi. Iqtisodiy adabiyotlarda tangalar 
“maydalovchi pul” tarzida ham talqin etiladi, buning boisi shundaki, tangalar 
kichik qiymatda muomalaga chiqarilib, savdo – sotiq ishlarida qaytimlarni 
berishda qo‘llaniladi. Albatta, buning uchun mamlakat milliy valyutasi barqaror va 
sotib olish qobiliyati yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling