Pul, kredit va banklar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

Natural pullar 
Jamiyatning dastlabki davrlarida to‘lov vositasi sifatida foydalanilgan pullar buyum yoki 
natural ko‘rinishida bo‘lgan. Natural pullar – bu real ko‘rinishga ega bo‘lgan tovarlardir, ushbu 
pullarning qiymati tovarning o‘zida aks ettirilgan bo‘lib, ularning sotib olish qobiliyati tovarlar 
qiymati bilan ifodalangan. Ma’lum bir tovarning pul o‘rnida foydalanishda uning iste’mol 
qiymati muhim ahamiyat kasb etgan.
Natural shakldagi pullarni uchta guruhga ajratgan holda tasniflash mumkin.
1. Hayvonlar shaklida. Ushbu pul tarkibiga tirik hayvonlar va ulardan tayyorlangan 
buyumlar kiradi. Masalan, qo‘y, buqa, jun, suyak va boshqalar. 
2. Buyum shaklida. Bu shakldagi pullar tarkibiga foydali qazilmalar va metallar hamda 
ulardan yasalgan mehnat qurollarini keltirish mumkin. Masalan, qimmatbaho toshlar va metallar, 
tuz va boshqalar.
3. O‘simlik shaklida. Bularning tarkibiga turli o‘simliklar va ularning mevalari kiradi. 
Masalan, bug‘doy, mevalar, tamaki va boshqalar. 
Natural pullarning paydo bo‘lishi va ulardan foydalanish tarixi juda chuqur va 
qiziqarlidir. Odamlar dastlab yovvoyi holda yashagan davrda barcha kishilar topgani o‘rtada 
bo‘lgan, birgalikda iste’mol qilgan, keyinchalik bir urug‘ga mansub kishilar qabila – qabila 
bo‘lib yashay boshlagan. Qabila ichida odamlar bir – biriga yordam berishi, oziq – ovqatlarni 


baham ko‘rishi kerak bo‘lgan. Bu beg‘araz tartibda amalga oshirilib, buning o‘rniga ular bir – 
biridan hech narsa umid qilmagan, hamma narsa o‘rtada bo‘lgan.
Keyinchalik ibtidoiy urug‘chlikning rivojlanishi natijasida turli qabila qatlamlari vujudga 
kelgan. Vaqti – vaqti bilan ular o‘rtasida dahshatli qonli to‘qnashuvlar bo‘lib turgan. Ushbu 
to‘qnashuvlar natijasida bir qabila ikkinchisi ustidan g‘alaba qozongandan keyin, ularning barcha 
narsalarini talon taroj qilgan. Shu bois, ayrim qabilalar tinchlikni saqlash maqsadida kuchli 
qabilalarga narsalar, asosan iste’mol qilinadigan narsalarni bergan. Aynan shu jarayon ham 
kishilar o‘rtasida bir tomonlama ayirboshalash munosabatlarini vujudga kelishining asosiy 
sabablaridan biri hisoblanadi. 
Tosh asri davrida kishilar yerlarni o‘zlashtirib ekin eka boshlagan, keyinchalik 
dehqonchilikdan chorvachilik ajralib chiqqan. Dastlab yaratilgan narsalar barchasi bir yo‘la 
iste’mol qilingan bo‘lsa, endi ma’lum miqdorda zaxiralar qilina boshlagan. Zaxira qilindimi, u 
yerda ortiqchalik vujudga kelgan. Ortiqcha narsalar esa unga egalik qiluvchi tomonidan erkin 
ravishda tasarruf qilingan. Buning natijasida ayirboshlash jarayoni jonlana boshlagan. 
Shuningdek, keyinchalik hunarmandchilik vujudga kelgan, bularning barchasi kishilar 
o‘rtasidagi bir tomonlama ayirboshlashdan ikki tomonlama ayirboshlash zaruriyatini keltirib 
chiqargan.
Odamlar o‘rtasida dastlab ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgani mehnat 
qurollari hisoblanadi. Mehnat qurollariga dehqonda, chorvadorda yoki hunarmandda juda katta 
ehtiyoj mavjud bo‘lib, ular o‘z mahsulotlarini iloji boricha mehnat qurollariga ayirboshlashga 
intilar edi. Mehnat qurollari eng qadimiy tovar – pullar hisoblanadi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling