Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Elektron hisoblash mashinalari davri


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   168
Elektron hisoblash mashinalari davri. 1943-yildan boshlab va 
1946-yilda birinchi bo‘lib AQSHdagi Pensilvaniya universitetida 
D.Mouchli va D.Ekkert 70 tonnaga yaqin og‘irlikdagi, 150 kvadrat metrli 
xonani egallaydigan va 18 mingta elektron lampaga ega bo‘lgan ulkan 
elektron hisoblash mashinasi - "ENIAC" yaratildi (Electron Numerical 
Integrator and Computer). U elektron hisoblash mashinalari davrini 
boshlab berdi va bir sekundda 300 ta ko‘paytiruv, 500 ta qo‘shish amalini 
bajara olgan.
1947 yilda Bell laboratoriyasinig hodimlari Uilyam Shokli, Jon 
Bardin va Uolter Berteyn tomonidan birinchi tranzistor yaratildi. Mazkur 
kashfiyot uchun ular 1956 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'ldilar. 
Qisqa davr ichida, tranzistor va integral sxemaning kashfiyoti tufayli
bugungi kungacha elektron hisoblash mashinalarining beshta avlodi 
yaratildi. Ularni yillar bo‘yicha ajratish, albatta taxminan bajarilgan. Shu 
bois kitoblarda har xil variantlarni uchratsa bo‘ladi.
Qyuidagi jadvalda 1- va 2-avlodlarni keltiramiz: 
Jadval 1.6.1. 
Yillar 
1-avlod 
2-avlod 
1951-1960 
1960-1965 
Elektron bazasi 
Elektron lampa 
Tranzistor 
Tezlik (flops) 
1000-10000 
10000-1000000 
Tezkor xotira, 
texnologiyasi va hajmi 
(so‘z) 
Elektron trubka, 
1000-10000 
Ferrit matritsa, 
10000-1000000 
Kiritish-chiqarish 
qurilmasi 
Perfokarta, perfolenta, alfavit-raqamli chop etish 
qurilmasi 
Dunyo bo‘yicha soni 
> 5000 dona (1960-y) 
> 30000 dona (1965-y) 
I-avlod toifasiga mansub kompyuterlarning tezligi va xotira xajmi 
katta bo‘lmagan. Undagi operatsion tizim ham yaxshi rivojlanmagan 
bo‘lgan. Dasturlash esa mashina tilida bajarilgan.
Bu avlodga mansub bo‘lgan va juda keng tarqalgan kompyuter bu 
IBM-7030 “Stretch” (ya’ni kuchaytirilgan) hisoblanadi (Rossiyada 
“Ural” 
va
“BESM” kompyuterlari), uning tezligi 500 ming flops (ya’ni 
operatsiya/sekund), operativ xotirasi 262 ming 64-razryadli so‘zlardan 
iborat bo‘lgan.


29 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling