Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
2.5. Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotlashtirish
70 2.5. Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot texnologiyalarning roli Hozirgi kunda jamiyatning industrial bosqichidan axborotlashgan bosqichiga o‘tish davrini kuzatish mumkin. Axborot bozorida taklif etilayotgan axborot mahsulotlari va xizmatlari, ularni ishlab chiqarish jarayonlarining hissasi kundan-kun oshib bormoqda. Axborot texnologiyalarining takomillashtirilishi jamiyatni axborotlashtirishda muhim omil hisoblanadi. Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnologiyalari atamalari kundalik turmushda eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta, axborotlar bilan ish ko'ramiz. Ya'ni axborotlardan foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish, o‘zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi. Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta'sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan bo‘lsada, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan harajatlardan ustunlik qilmoqda, ya'ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda. Axborot texnologiyalari industriyasi majmuyini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar bazasi, bilimlar banki va u bilan bog‘liq faoliyat sohalari tashkil qiladi. Axborot texnologiyalari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlarida uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Axborot texnologiyalari turmushning barcha sohalariga borgan sari ko'proq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda. Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko'rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo'ladi. Shu bois kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarining keskin rivojlanishi natijasida axborotlashgan jamiyat tushunchasi paydo bo‘la boshladi. 71 Ishlab chiqarishni va insoniyatning barcha faoliyat sohasini axborot bilan to‘ldirish jarayoni axborotlashtirish deyiladi. Uning aniq ta’rifi “Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi qonunda keltirilgan: “Axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni”. Uzluksiz axborot bilan to‘yintirish natijasida axborotlashgan jamiyat yuzaga keladi. Bu jamiyatda barcha fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun barcha shart- sharoitlar yaratilgan bo‘ladi. Mehnat bilan band bo‘lganlarning ko‘pchiligi axborot ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo‘ladi, aks holda ular ushbu jarayonlarsiz ishlab chiqarish majburiyatlarini bajara olmaydigan bo‘ladi. Axborotlashtirish axborot resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlovchi vositadir. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling