Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


  2.5. Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   168
 


70 
2.5. Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot 
texnologiyalarning roli
 
Hozirgi kunda jamiyatning industrial bosqichidan axborotlashgan 
bosqichiga o‘tish davrini kuzatish mumkin. 
Axborot bozorida taklif etilayotgan axborot mahsulotlari va 
xizmatlari, ularni ishlab chiqarish jarayonlarining hissasi kundan-kun 
oshib bormoqda. 
Axborot 
texnologiyalarining 
takomillashtirilishi 
jamiyatni 
axborotlashtirishda muhim omil hisoblanadi.
Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnologiyalari atamalari 
kundalik turmushda eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday 
amallarni bajarmaylik, albatta, axborotlar bilan ish ko'ramiz. Ya'ni 
axborotlardan 
foydalanish, 
axborot 
almashish, 
ularni 
uzatish, 
o‘zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi. 
Hozirgi 
kunda 
axborot 
texnologiyasi 
jamiyatning 
jadal 
rivojlanishiga ta'sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi 
insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan 
bo‘lsada, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos 
xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga 
erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, 
materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan harajatlardan 
ustunlik qilmoqda, ya'ni axborot texnologiyalari mavjud yangi 
texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda. 
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuyini kompyuter, aloqa 
tizimi, ma’lumotlar bazasi, bilimlar banki va u bilan bog‘liq faoliyat 
sohalari tashkil qiladi. Axborot texnologiyalari sohasida bevosita 
ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlarida uning imkoniyatlaridan 
foydalanadi. Axborot texnologiyalari turmushning barcha sohalariga 
borgan sari ko'proq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga 
aylanmoqda. 
Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda 
yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish 
zarurligini ko'rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatning 
axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo'ladi. 
Shu bois kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarining keskin 
rivojlanishi natijasida axborotlashgan jamiyat tushunchasi paydo bo‘la 
boshladi.


71 
Ishlab chiqarishni va insoniyatning barcha faoliyat sohasini axborot 
bilan to‘ldirish jarayoni axborotlashtirish deyiladi. Uning aniq ta’rifi 
Axborotlashtirish 
to‘g‘risida” 
gi 
qonunda 
keltirilgan: 
Axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan 
ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari 
hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning 
tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni”. 
Uzluksiz axborot bilan to‘yintirish natijasida axborotlashgan 
jamiyat yuzaga keladi. Bu jamiyatda barcha fuqarolar, tashkilotlar va 
davlatning axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun barcha shart-
sharoitlar yaratilgan bo‘ladi. Mehnat bilan band bo‘lganlarning 
ko‘pchiligi axborot ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish 
bilan band bo‘ladi, aks holda ular ushbu jarayonlarsiz ishlab chiqarish 
majburiyatlarini bajara olmaydigan bo‘ladi.
Axborotlashtirish axborot resurslaridan samarali foydalanishni 
ta’minlovchi vositadir.

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling