Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Axborotlashgan jamiyatning


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   168
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini 
kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, 
telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Korxona va tashkilotlarning faoliyati bevosita axborotlarni qayta 
ishlash bilan bog‘lik. Qaror qabul qilish ushbu axborotlarni to‘plash, 
qayta ishlash va taxlil qilgandan sung mumkin bo‘ladi. Optimal 


74 
yechimga ega bulish uchun esa juda katta hajmdagi axborotlarni qayta 
ishlash uchun moslashgan maxsus texnik vositalarsiz amalga oshirish 
mumkin emas.
Katta hajmdagi axborotlarni paydo bo‘lishiga quyidagilar sabab 
bo‘lishi mumkin: 
• hujjatlar, hisobotlar, ma’ruzalar, dissertatsiyalarning hajmining 
keskin usib ketishi; 
• Ilmiy nashriyotlar sonining oshishi; 
• har xil sohalardagi axborotlarni (tibbiyot, iqtisodiyot, fan, texnika 
va h.k.) ma’lumot tashuvchilarda saqlanishi; 
Natijada axborotlar diqqatimizdan chetda qolish ehtimoli oshadi. 
Buning oqibatida axborot inqirozi yuz beradi, uning asosiy kurinishlari 
quyidagilar hisoblanadi: 
• insonning axborotlarni qabul qilish imkoniyatining cheklanganligi 
va katta hajmdagi axborotlar oqimi; 
• axborotlar hajmi har yili 2 marotaba oshib borishi bilan birga, 
undagi ortiqcha qismi asosiy axborotni anglashni qiyinlashtiradi; 
• axborotni tarqalishida iqtisodiy, siyosiy va boshqa to‘sqinlarni 
paydo bo‘lishi. 
Ushbu vaziyatdan chiqib ketish maqsadida kompyuter texnikasini 
keng joriy etish natijasida jamiyatda yangi jarayon boshlandi, ya’ni 
axborotlashtirish jarayoni. 
Jamiyatni axborotlashtirish – ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-
texnikaviy 
jarayonlarni 
tashkillashtirish, 
fuqarolarni, 
davlat 
tashkilotlarini, 
korxonalarni 
axborotga 
bo‘lgan 
ehtiyojlarini 
qondirishdagi axborot resurslarini tashkillashtirish jarayonidir. 
Dunyo mamlakatlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak AQSh da ushbu 
jarayon 1960-yillardan boshlangan, Yaproniyada 1970-yil , 1980-
yillardan Yevropada, O‘zbekistonda ushbu jarayon 1990-yillardan 
boshlandi. 
Shu bois kompyuterlashtirish bilan axborotlashni farqini anglab 
olamiz. Jamiyatni kompyuterlashtirish – bu asosan kompyuter texnik 
ta’minotini rivojlan-tirish va joriy etish tushuniladi. Jamiyatni 
axborotlashtirishda esa asosiy diqqatni biz zaruriy bilimlar bilan ishlash 
uchun kerak bo‘lgan barcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy 
etishni 
tushunamiz. 
Shu 
bois 
axborotlashtirish 
tushunchasi 
kompyuterlashtirishga nisbatan keng tushuncha hisoblanadi. 


75 
Yuqorida 
qayd 
etilganidek, 
kupgina 
mamlakatlarda 
axborotlashtirish jarayonini kuzatish mumkin. Bu borada Yaponiyada 
axborotlashtirish konsepsiyasining asosiy goyalari diqqatga sazovordir: 
1. axborotlar almashuvini yagona kommunikatsiya kanallari orqali 
amalga oshirish 
2. bir vaqtning uzida abonentlarga ko‘p xizmat turlarini taklif etish 
3. intellektual interfeysli terminallarni yaratish va joriy etish 
4. parallel hisoblashlarni amalga oshiradigan kompyuterlarni yaratish 
5. neyrokompyuterlarni ishlab chiqish 
6. nur yordamida ma’lumotlarni qayta ishlovchi kompyuterlarni 
yaratish. 
O‘zbekistonda ham jamiyatni axborotlashtirishga yunaltirilgan 
qarorlar va dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ushbu jarayonda rivojlangan 
davlatlarning tuplagan tajribasidan to‘lik foysdalanimsh zarur. 
Axborotlashtirish jarayonida barchamiz quyidagi tamoyillarga amal 
qilishlari kerak: 
• zudlik bilan mamlakat taraqqiyotidagi iqtisodiy kursatkichlarni 
o‘sishini kuzatilmasligi; 
• iqtisodiyotda yangi ilmiy yunalishlarga tayangan ishlab chiqarishni 
rivojlantirish; 
• iqtisodiyotning axborot sektorining ustuvorligini ta’minlash; 
• fan-texnika yutuqlarini keng qo‘llash; 
• axborotlashtirish jarayonini moliyalashtirish; 
• axborotlashtirishning asosiy maksadi etib insonlar faravonligini 
oshirish deb qabul qilish. 
Axborotlashtirish jarayoning natijasida axborotlashgan jamiyat 
yaratiladi. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling