Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Amaliy dasturiy ta’minot tasnifi
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
3.4. Amaliy dasturiy ta’minot tasnifi
Kompyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko‘p qo‘llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab — kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo‘llanishidir. Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin. Dasturlashtirish tizimlari – dasturlash tillarida yangi dasturlarni ishlab chiqishni avtomatlashtirish tizimlari. Umumiy holda dasturlash tilida yangi dasturlarni yaratishda quyidagilarning bo‘lishi shart: 1. Dasturni faylga yozish uchun matn tahrirlagich dasturi. 2. Kompilyator va interpretator. 3. Modullarni birlashtirib yakuniy bajariladigan kodni yaratish va faylga joylashtiradigan maxsus dastur. 89 Bajariladigan kod – tygallangan dastur bo‘lib, uni kompyuterda bajarish uchun operatsion tizimning bo‘lishi kifoya. Odatda ushbu fayllar .EXE yoki .COM kengaytmali bo‘ladi. 3.4.1. Dasturlash tеxnologiyalarning qurollarini tasnifi Dasturlashtirish vositalarini tasnifi quyidagicha bo‘lishi mumkin: № Vosita turi Qo‘llanish sohasi Namunalar 1 Maxsus matn tahrirlagich Dastur kodini yozish va qayta ishlash Notepad++ 2 Translyatorlar: Dasturni mashina kodiga aylantirish Assemblerlar Assembler tilidagi dasturni mashina kodiga aylantirish Macro Assembler (MASM), Turbo Assembler (TASM) Kompilyatorlar Dasturni to‘liq mashina kodiga aylantirish (Pascal, Delphi, C, Basic). C, C++, Java, Fortran, Free Pascal Compiler (FPS) va boshqalar. ADT Muammoga yo‘naltirilgan ADT Sun’iy intellekt tizimlari Umumiy maqsadli ADT Multimedia dasturiy vositalari Ofis ADT Kichik nashriyot tizimlari 90 Intepretatorlar Dasturni qadamba-qadam mashina kodiga aylantirish va uni bajarish (VBScript, JavaScript, PHP, Perl, Python, Ruby). 3 Dasturni jamlash (link) Barcha modullarni bitta faylga jamlaydi 4 Sozlovchilar (debugger) Dasturdagi xato va nuqsonlarni aniqlashda qo‘llaniladi. 5 Modullar to‘plami (library) Qism dastur va funksiyalar to‘plami 6 Hujjatlarni shakllantirish Dasturda mavjud izohlar asosida uning uchun ma’lumotnomali hujjatlarni yaratish dasturi. 7 SDK -Software Development Kit Operatsion tizim, uskunalar, amaliy dasturlar uchun qo‘shimcha ilovalar yaratishga qaratilgan dasturiy mahsulot ishlab chiqarish majmuasi. Driver Development Kits (DDK), PalmOS Development Kit (PDK) Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling