Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


 Zamonaviy opеratsion tizimlarning tavsifi


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   168
3.3. Zamonaviy opеratsion tizimlarning tavsifi 
Operatsion tizim (OT) - bu EHM zaxiralarini boshqarish, amaliy 
dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan 


82 
o‘zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining 
kompyuter bilan muloqotni ta’minlovchi dasturiy vositalar yig‘indisidir. 
EHMning istalgan komponentlari va ularga beriladigan imkoniyatlar: 
markaziy protsessor, tezkor va tashqi xotira, tashqi qurilmalar, dasturlar 
va boshqalar-zahira bo‘lib xizmat qiladi. OT foydalanuvchiga hisoblash 
tizimi bilan qulay muloqot qilish usulini (interfeys) taqdim etadi. Bunda 
interfeys dasturiy va foydalaniladigan bo‘lishi mumkin. 
Dasturiy interfeys - hisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar 
o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi vositalar yig‘indisndir. 
Foydalanuvchn interfeysi - foydalanuvchining dasturiy yoki EHM 
bilan o‘zaro ta’sirdagi dasturiy va apparat vositalaridir. 
O‘z navbatida foydalanuvchi interfeysi buyruqli yoki obyektli-
yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Buyruqli interfeys kompyuter 
zaxiralarini boshqarish bo‘yicha harakatlarni bajarishda foydalanuvchi 
tomonidan buyruqlarni klaviaturadan kiritishni ko‘zda tutadi. Obyektga - 
yo‘naltirilgan interfeys - fayllar, kataloglar, diskovodlar, dasturlar, 
hujjatlar 
va 
boshqalarni 
taqdim 
etuvchi 
obyektlar 
ustidan 
operatsiyalarni amalga oshirish vositasida hisoblash tizimlari 
zahiralarini boshqarishdir. 
Har bir kompyuter albatta operatsion tizim turkumiga ega bo‘ladi, 
ularning har biri uchun amaliy dasturlarniig o‘z turkumi yaratiladi. 
Ko‘pgina operatsion tizimlar xatolarni tuzatish va yangi 
imkoniyatlarni 
kiritish 
yo‘nalishida 
modifikatsiyalanadi 
va 
takomillashadi. Savdo markasini saqlash maqsadlarida operatsion 
tizimning yangi modifikatsiyasi qayta nomlanmaydi, balki versiyalar 
(tahlil) nomini oladi. 
Operatsion tizimlarning 8, 16, 32, 64 razryadlilarga bo‘linadi. Bunda 
operatsion tizim razryadliligi mikroprotsessor razryadliligidan oshib 
ketmasligi tushuniladi.
Bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, operatsion tizimlarni ikki 
guruhga bo‘lish mumkin: 
• bir vazifali (single-tasking operating systems, bir paytda yagona 
foydalanuvchiga mo‘ljallangan); 
• ko‘p vazifali (multitasking operating systems , bir paytda yagona 
foydalanuvchiga mo‘ljallangan). 
Operatsion tizimlarni yadrosi bo‘yicha uch guruhga bo‘lish 
mumkin: 
• monolit yadroli (monolithic operating systems); 
• mikroyadroli (microkernel operating systems); 


83 
• gibridli yadro (hybrid operating systems). 
Foydalanuvchilar soni bo‘yicha operatsion tizimlarni ikki guruhga 
bo‘lish mumkin: 
• bir foydalanuvchi (single-user operating systems ); 
• ko‘p foydalanuvchi (multi-user operating systems ); 
Protsessorlarni soni bo‘yicha operatsion tizimlarni ikki guruhga 
bo‘lish mumkin: 
• bir prosessorli (uniprocessor operating systems ); 
• ko‘p protsessorli (multiprocessor operating systems ); 
Tarmoqni tashkil qilishi bo‘yicha operatsion tizimlarni ikki 
guruhga bo‘lish mumkin: 
• lokal (local operating systems); 
• tarmoqli (network operating systems ); 
Tarmoqda bajaradigan funktsiyasi bo‘yicha operatsion tizimlarni 
ikki guruhga bo‘lish mumkin: 
• serverli (server operating systems); 
• kliyentli (client operating systems ); 
Litsenziya turi bo‘yicha operatsion tizimlarni ikki guruhga bo‘lish 
mumkin: 
• ochiq kodli (open-source operating systems); 
• yopiq kodli (proprietary operating systems ). 
Qo‘llash sohasi bo‘yicha operatsion tizimlarni olti guruhga bo‘lish 
mumkin: 
• maynfreymlarga mo‘ljallangan (mainframe operating systems); 
• serverlarga mo‘ljallangan (server operating systems); 
• shaxsiy kompyuterlarga mo‘ljallangan (personal computer 
operating systems); 
• mobil qurilmalarga mo‘ljallangan (mobile operating systems); 
• ichki joylashtirilgan (embedded operating systems); 
• marshrutizatorlarga mo‘ljallangan (router operating systems); 
Hisoblash ishlarini tashkillashtirish bo‘yicha operatsion 
tizimlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: 
• paketli qayta ishlash (batch processing operating systems); 
• vaqtni taqsimlash (time-sharing operating systems ); 
• real vaqtli (real-time operating systems ). 
Bir vazifali OT bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq bir 
vazifani bajarish uchun mo‘ljallangan. 


84 
Ko‘p vazifali OT vaqtni multi dastur rejimida taqsimlashda 
kompyuterdan jamoa bo‘lib foydalanishni ta’minlaydi. 
Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarning paydo 
bo‘lishi bilan bog‘liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha 
resurslariga (zaxiralariga) kirishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. 
Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarning paydo 
bo‘lishi bilan bog‘liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha 
resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Tarmoqli OT – umumiy arxitekturaga va kommunikatsiya 
protokollariga ega bo‘lgan va lokal hisoblash tarmoqlarini boshqaruvchi 
tizimli dasturiy vositaga aytiladi. Tarmoqli OT taqsimlangan tarmoqni 
yaxlitligini ta’minlaydi. Tarmoq OT quyidagi komponentlardan iborat: 
server OT
• kliyent-server uchun amaliy dasturlar; 
• ishchi stansiyalarni o‘zaro aloqasini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot. 
Ushbu komponentlar o‘zaro aloqada bo‘lib tarmoqni boshqarishi 
quyidagi sxemada keltirilgan: 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling