94
4-BOB. MA’LUMOTLARNI TARMOQLI QAYTA ISHLASH
TEXNOLOGIYALARI
4.1. Kompyuter tarmoqlari tushunchasi va tasniflanishi
Korxonalarda bajariladigan ishlarni
avtomatlashtirish uchun
kompyuterlar bir biriga ulanadi va natijada hisoblash tarmoqlari hosil
bo‘ladi. Hisoblash tarmoqlarida quyidagi imkoniyatlar mavjud:
• ma’lumotlarni, fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga o‘tqazish;
• umumiy ma’lumotlarni xazinasini tashkil qilish
va uni ishlatish;
• qo‘shimcha texnikalarni tejash;
• axborot tizimlarini tashkil qilish.
Kompyuterlarning o‘zaro axborot almashish imkoniyatlarini
beruvchi qurilmalar majmuyiga
kompyuter tarmoqlari deyiladi. U bir
necha kompyuter, terminal va boshqa apparat vositalarini o ‘z ichiga olib,
ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydigan aloqa liniyalari bilan o‘zaro
bog‘langan hisoblash tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: