Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. Kompyuterlarning bir-biri bilan bog‘lanishi
- Hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish tamoyillari
Kompyuter tizimi – markaziy kompyuter va unga aloqador
chekka qurilmalar, konsol kompyuterlar, disk massivlari, tasmali tashuvchilar va shunga o‘xshash vositalar to‘plamidir. Kommunikatsiya tarmog‘i – asosiy vazifasi ma’lumotlar uzatish bo‘lgan tarmoq. Ma’lumotlarning uzatishning va ularga ishlov berishning ayrim turlarini ta’minlaydigan axborot tarmog‘ining o‘zagi. Bir kommunikatsiya tarmog‘i asosida bir necha axborot tarmog‘ini yaratish mumkin. Kommunikatsiya tarmog‘i vazifasi bo‘lib qabul qiluvchilarga ma’lumotlar bloklarini o‘z butunligini yo‘qotmagan holda, xatolarsiz va buzilishlarsiz yetkazib berish hisoblanadi. Tarmoqda ortiqcha yuklamalarni, katta navbatlarni va tizim buferlarni to‘lib ketishni oldini olish ham muhimdir. Kommunikatsiya tarmoqlari uch sinfga bo‘linadi: ma’lumotlarni yo‘naltirishni bajaradigan tarmoqlar, ma’lumotlarni tanlab uzatadigan tarmoqlar va aralash tarmoqlar. Uzatilayotgan signallarni turlariga qarab, mos ravishda analogli tarmoqlar va raqamli tarmoqlarni farqlashadi. Qamrab olingan makoniga qarab, kommunikatsiya tarmoqlar bevosita global tarmoqlar, hududiy tarmoqlar va lokal tarmoqlar hosil qiladi. Bundan tashqari kabelli tarmoqlar va simsiz tarmoqlar turlari mavjud. 4.2. Kompyuterlarning bir-biri bilan bog‘lanishi Kompyuterlarni bir-biriga bilan bog‘lash natijasida quyidagi tasniflahni keltirish mumkin: 95 Hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish tamoyillari. Ma’lumotlarni qayta ishlashning yirik tizimlarini yaratilishi alohida korxonalar, tashkilotlar va ularning bo‘limlariga xizmat ko‘rsatuvchi hisoblash texnikasi vositalarining aloqa vositalari yordamida yagona taqsimlangan hisoblash tizimiga birlashishi bilan bog‘liqdir. Kompyuter tarmo‘ining tasnifi Ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi bo‘yicha Kommutatsiya tipi bo‘yicha - Keng efirli uzatish -Tugundan tugunga uzatish -Kanal kommutatsiyasi -Paket kommutatsiyasi Tashkiliy tuzilmasi bo‘yicha Uzatish tezligi bo‘yicha Ajratilmagan server - Ajratilgan server - - Kichik - O‘rta - Yuqori -Juda yuqori Uzatish muhiti bo‘yicha Hudud bo‘yicha Simli - Shaxsiy - Lokal - Mintaqaviy - Global -Internet - Sim- - Kabel - Koaksail - Optik tolali Simsiz -Yer usti stansiya -Sun’iy yo‘ldosh Boshqa muhitlar 96 Hisoblash vositalarining bunday komplekslashtirilishi birinchidan, xarajatlarni kamaytirish hisobiga; ikkinchidan ishlayotgan EHMlar ishonchini va unumdorligini oshirish hisobiga; uchinchidan markazlashgan va markazlashmagan ma’lumotlarni qayta ishlash afzalliklarining ratsional birikmasi hisobiga; shuningdek, yagona qudratli hisoblash va axborot resurslaridan kompleksli foydalanish axborotlarini qayta ishlash tizimlari samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonining markazlashtirilishi ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: 1. Alohida EHM (yoki hisoblash markazi doirasida birlashgan EHMlar majmuyi) ga ko‘plab foydalanuvchilar abonent punktlarining ulanishi orqali, ya’ni ma’lumotlarni teleishlashi tuzilishini yaratish. 2. Hisoblash tarmoqlarini yaratish orqali bu tarmoqlarda bir-biridan uzoqlashgan ko‘plab EHMlar yoki hisoblash markazlari oralaridagi birlashuv ro‘y beradi. Bu kabi taqsimlangan tizimlarning territorial uzoqlashgan komponentlari orasidagi axborot uzatishi standart telefon va telegraf yo‘llari yordamida, shuningdek o‘rama simlar va koaksial kabellari orqali amalga oshiriladi. Hozirgi zamon hisoblash tarmoqlariga quyidagilar xos: • bir-biridan uzoqlashgan ko‘plab EHM lar va alohida hisoblash tizimlarining yagona taqsimlangan ma’lumotlarni qayta ishlashning tizimlarga birlashishi; • hisoblash texnikasi vositalarining o‘zaro ta’siri jarayonida axborotlar bilan almashuvni tashkil qilish uchun ma’lumotlarni qabul qipish va uzatish vositalari va aloqa yo‘llarining tatbiq etilishi: • abonent punktlari va foydalanuvchilar terminali sifatida ishlatilayotgan sirtqi asbob-uskunaning keng spektori mavjudligi; • asbob-uskunani almashtirish va oshirish jarayonini yengillashtiradigan aloqa yo‘llari va texnik vositalarning ulanishi bir xil usullarining ishlatilishi; • operatsion tizimning mavjudligi. Bu operatsion tizim hisoblash tarmog‘i foydalanuvchilarining masalalarini yechish jarayonida texnik va dasturiy vositalarni samarali va ishonchli qo‘llanilishini ta’minlab beradi. Hisoblash tarmoqlari ishlatilishining o‘ziga xos xususiyatli tomonlari bu nafaqat apparat vositalarining ma’lumotlar qayta ishlash va yaratilish joyiga bevosita yaqinlashishi, balki bir nechta EHM lar orasida 97 foydali taqsimlash maqsadida boshqarish va ishlov berish funksiyalarining alohida tuzuvchilariga bo‘linishi hamdir. Shuningdek foydalanuvchilarning hisoblash va axborot resurslariga kirish yo‘llarining tez va ishonchli ta’minlanishi va bu resurslarning jamoaviy ishlatilishini tashkil etish ham hisoblash tarmoqlarining xususiyatli tomonlaridan biri. Hisoblash tarmoqlari alohida hudud va umuman mamlakat miqyosida ishlab chiqarish, transport, moddiy texnik ta’minotni boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beradi. Hisoblash tarmoqlarida ma’lumotlarning katta hajmini to‘plash imkoniyati. bu ma’lumotlarning ommabopligi, shuningdek dasturiy va apparat vositalarining ishlatilishi va ularni ishlab turishining yuqori ishonchliligi - bularning hammasi foydalanuvchilarning axborot xizmatini yaxshilashga va hisoblash texnikasi qo‘llanilishining samaradorligini oshirishga imkon beradi. Hisoblash tarmoqlari sharoitida quyidagi imkoniyatlar ko‘zda to‘tilgan: • EHMlar tomonidan ma’lumotlar parallel ishlatilishini tashkil etish; • turli xil EHMlar xotirasida joylashadigan taqsimlangan ma’lumotlar bazasini yaratish; • ma’lum bir masalani samarali yechish uchun alohida EHMni (EHMlar guruhi) ixtisoslashtirish: • alohida EHM va tarmoq foydalanuvchilari orasida axborotlar va dasturlar almashinuvini avtomatlashtirish; • ishdan chiqib qolgan holatda tarmoqning normal ishlashini tezkor tiklash maqsadida hisoblash quvvatlarini va ma’lumotlarini uzatish vositalarini zaxirada saqlash; • foydalanuvchilarning ehtiyoji va yechilayotgan masalalarning qiyinligi o‘zgarishiga qarab tarmoq foydalanuvchilarining orasida hisoblash quvvatlarini qayta taqsimlash; • qimmatbaxo tashqi asbob-uskuna va EHM yuklanish darajasini oshirish va mustahkamlash; • ishni keng rejimlar doirasida olib borish, dialog, paketli talab-javob rejimlari. Amaliyotda ko‘rayotganimizdek ma’lumotlar ustida ishlash imkoniyatlarining kengligi va tizim ishlashining ishonchliligini oshirish hisobiga hisoblash markazlarida ma’lumotlarni qayta ishlashning bahosi avtonom EHMlarida bu kabi malumotlar qayta ishlashining bahosiga nisbatan 1,5 dan ko‘proq. 98 Hisoblash tarmoqlari turli xil belgilariga ko‘ra turkumlanadi. Dasturi bir-biriga mos, to‘g‘ri keladigan EHMlardan tashkil topgan tarmoqlar bir jinsli yoki gomogen deyiladi. Agar tarmoqning EHM lari, dasturiy vositalar bir-biriga mos kelmagan bo‘lsa. bunday tarmoq bir jinsli emas yoki geterogen deyiladi. Tarmoqlar ma’lumotlar uzatilishining tashkil etilishi bo‘yicha quyidagilarga farqlanadi: • kanallar kommutatsiyasi bilan; • xabarlar kommutatsiyasi bilan: • paketlar kommutatsiyasi bilan. Birinchi holda tarmoq tarkibiga kiradigan har bir EHM bajaradigan tarmoq operapiyalarining koordinatsiyasi uchun dasturiy vositalar to‘liq to‘plashini o‘z ichiga oladi. Bunday turdagi tarmoqlar murakkab va yetarlicha qimmatbaxo, chunki alohida EHMlarning operatsion tizimlari tarmoq xotirasinnng umumiy maydoniga jamoaviy kirish yo‘li ko‘zda tutilib ishlab chiqiladi. Kommunikatsiya funksiyalarini tatbiq etish texnologiyalarini ishlab chiqish quyidagi masalalarni yechishni taqozo etadi: • axborotni uzatish kanallari uchun kommunikatsion texnik vositalarni tanlash ( tashkiliy talab va moliyaviy resurslarni inobatga olgan holda); • kommunikatsion texnikani ishlash tartibini aniqlash; • kommunikatsion texnikani qo‘llash shakllari va xizmat ko‘rsatuvchilarni sonini va tarkibini aniqlash; • kommunikatsion texnikasidan samarali foydalanish maqsadida boshqaruv personalini malakaviy darajasini va tarkibini aniqlash; Kommunikatsiya vositalariga quyidagilar kiradi: • statsionar va mobil aloqa vositalari va tizimlari; • telegraf aloqa vositalari va tizimlari; • faksimil va modem aloqa vositalari va tizimlari; • sputnik aloqa vositalari va tizimlari. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling