Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   168
Tarmoq kabeli. Har qanday kompyuter tarmog‘ida ma’lumotlar 
uzatish kanallari orqali elektromagnit signallar ko‘rinishida uzatiladi. 
Uzatish muhitlarining asosiy kamchiligi signalarning pasayishi deb 
hisoblanadi. Uzatish muhiti ikki xil bo‘ladi: cheklangan va 
cheklanmagan 
muhitlar
Muhitning 
cheklanganligi 
signal 
o‘tkazuvchilarning fizik nuqtayi nazardan cheklanganidan kelib chiqadi, 
aks holda muhit cheklanmagan hisoblanadi. Cheklangan muhitlarga 
«o‘rama juftylik» , koaksil kabel va optik tolali kabellar kiradi. 
Cheklanmagan muhit bu ochiq fazo bo‘lib, bu yerda mikro va boshqa 
to‘lqinlar signallari uzatiladi.
Tarmoq kabeli – o’tkazuvchi-sim, qaysikim kompyuterlarni bir-
biri bilan tarmoqga ulaydi. Tarmoqda fayllarni chop etish, elektron 
xatlarni jo‘natish va boshqa ishlarni bajarish kabel yordamida amalga 
oshiriladi.
Ishlab turgan tarmoqdan kabelni uzib qo‘yish bevosita fayllarni yuqotib 
qo‘yish yoki tarmoqni ishdan chiqarib qo‘yishi mumkin. 
Qo‘llaniladigan kabellarning turlari quyidagilardir. 


101 
Patch cableqisqa kabel , qaysikim kompyuterni tarmoq 
rozetkasiga ulash uchun ishlatiladi. 
Twisted Pair (TP)-o‘rama juftlik , qaysikim bir-biriga o‘ralgan 
izolyatsiyalangan ikki simdan iborat. Simlarni o‘ralashdan maqsad 
o‘tkazuvchanlikni kuchaytirish va tashqi muhitning elektromagnit 
to‘lqinlar (ElectroMagnetic Interface - EMI) ta’sirini kamaytirish . 
Juftlangan simlar o‘z navbatida izolyatsiyalangan qobiqda bo‘ladi. EMI 
ning ta’sirini kamaytirish maqsadida kabellar o‘z navbatida qo‘shimcha 
simlar to‘ridan iborat qobiqga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu kabellar 
ekranlangan (STP - Shield Twisted Pairs), aks holda ekranlanmagan 
(UTP - UnShield Twisted Pairs) kabel deb aytiladi. IBM Token Ring va 
local Talk kabellar ekranlangan kabel turiga kirsa, oddiy telefon kabellari 
ekranlanmagan kabel turiga kiradi. TP kabellarning afzalligi uning arzon 
narxida va o‘rnatishdagi yengilligi. O‘z navbatida kamchiligi sifatida 
uning EMI ga va mexanik buzilishlarga ta’sirchanligi hisoblanadi. 
Koaksial kabel (coax cable ) – televideniyeda ishlatiladigan 
markaziy 
o‘tkazuvchan 
kabeldir. 
Koaksial 
kabellar 
ikkita 
o‘tkazuvchandan iborat. Umumiy o‘qqa ega bo‘lganliklari sababli u 
COAX deb atalgan va ekranlashgan to‘r bilan qoplangan, u ikki vazifani 
bajaradi: 
1) axborotlarni uzatish 2) ichki o‘q mis simni tashqi elektromagnit 
to‘lqinlardan himoyalaydi. 
Koaksial kabellar ikki xil bo‘ladi: qalin va ingichka. Qalin koaksial 
kabel ma’lumotlarni uzoq masofaga jo‘natish imkoniga ega bo‘lsada 
ingichka kabeldan qimmat narxi bilan ajralib turadi. Koaksial kabellar TP 
kabellarga nisbatan ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatadi va EMI dan 
ko‘proq himoyalangan deb hisoblanadi, lekinda qimmatbaxo bo‘lib, 
o‘rnatishda ko‘p xarajatlarni talab qiladi.

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling