Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


LAN- (Local Area Network) lokal hisoblash tarmog‘i; MAN


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   168
LAN- (Local Area Network) lokal hisoblash tarmog‘i;
MAN- korporativ (regional yoki mintaqaviy) (Metropolitan-
regional Area Network) hisoblash tarmog‘i; 
WAN- (Wide Area Network )jahon hisoblash tarmog‘i. 
Bundan tashqari ba’zida quyidagi tiplar ham adabiyotlarda uchrab turadi: 
PAN- (Personal Area Network ) shaxsiy hisoblash tarmog‘i 
CAN- (Campus Area Network ) kampus hisoblash tarmog‘i
Global hisoblash tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli 
qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqa telefon tarmog‘i, radio-aloqa va yo‘ldosh 
orqali aloqa tizimi bazasida amalga oshiriladi. Global hisoblash 
tarmoqlar barcha insoniyatning axborot resurslarini birlashtirish va 
ushbu resursga kirishni tashkil etish muammosini hal etadi. 
Regional tarmoqlar bir-biridan ma’lum bir masofada 
joylashgan abonentlarni bog‘laydi. U alohida mamlakatning katta 
shahridagi, iqtisodiy mintaqadagi abonentlarni o‘z ichiga oladi. 
Hududiy tarmoqlar shahar, tuman, viloyat yoki uncha katta bo’lmagan 
mamlakat abonentlarini birlashtiradi. Odatda hududiy MAN abonentlari 
orasidagi masofa o’nlab, yuzlab kilometrni tashkil еtadi. 
Lokal hisoblash tarmoqlari uncha katta bo‘lmagan hududda 
joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Hozirda lokal hisoblash 
tarmoqlari tarqalgan hududda aniq chegara yo‘q. Odatda bunday 
tarmoq aniq bir joyga bog‘langan. Lokal hisoblash tarmoqlariga 
mansub sinfga alohida korxonalar, firmalar, banklar, ofislar tarmog‘i 
kiradi. Bunday tarmoq 2-2,5 km hududni qamrab oladi. 
LAN uncha katta bo’lmagan hudud oralig’ida joylashgan 
abonentlarni birlashtiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmog’i 
abonentlarining hududiy sochilib ketishiga aniq bir cheklanishlar mavjud 


105 
еmas. Odatda bunday tarmoq aniq bir obyektga bog’langan bo’ladi. LAN 
sinfiga alohida korxonalar, firmalar, banklar, ofislarning va x.k. 
tarmoqlari misol bo’la oladi.

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling