Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Tarmoq topologiyalarini taqqoslash


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   168
Tarmoq topologiyalarini taqqoslash 
Ko‘rsatkich 
Topologiya 
Yulduz 
Halqa 
Shina 
To‘rli 
Kengaytirish 
qiymati 
oz 
o‘rtacha 
o‘rtacha 
oz 
Abonentlarni 
qo‘shish 
yengil 
o‘rtacha 
o‘rtacha 
o‘rtacha 
Buzilishdan 
himoyasi 
oz 
o‘rtacha 
o‘rtacha 
o‘rtacha 
Tarmoqning 
uzunligi 
istalgancha istalgancha cheklangan cheklangan 
Abonentlarni 
qo‘shish qiymati 
oz 
oz 
yuqori 
oz 
Tarmoqning yuqori 
darajada 
yuklangandagi 
holati 
yaxshi 
qoniqarli 
yomon 
juda yaxshi 
Real rejimda ishlash 
imkoni 
juda yaxshi 
yaxshi 
yomon 
yaxshi 
Tarmoqqa xizmat 
ko‘rsatish 
juda yaxshi o‘rtacha 
o‘rtacha 
o‘rtacha 
Umumiy shinali topologiya


110 
4.6. Server va kliyentlar 
Ishchi stansiyalar (work station) — bu tarmoqqa ulangan 
kompyuter bo‘lib, u orqali foydalanuvchi tarmoq resurslariga murojaat 
qila oladi. Tarmoqning ishchi stansiyasi ham tarmoqli, ham lokal 
rejimlarda ishlay oladi. U xususiy operatsion tizim bilan jihozlangan va 
foydalanuvchini o‘zining amaliy masalalarini yechish uchun barcha 
kerakli narsalar bilan ta’minlaydi. Ishchi stansiyalar ba’zida grafik, 
muhandislik, noshirlik va boshqa ishlarni bajarish uchun ixtisoslashadi. 
Ko‘pincha ishchi stansiyani (tarmoq foydalanuvchisi va xatto tarmoqda 
bajariladigan amaliy masala kabi) tarmoq mijozi deb atashadi. 
Server (Server) — bu tarmoqning barcha ishchi stansiyalar 
so‘rovlarini qayta ishlash uchun ajratilgan ko‘p foydalanuvchili 
kompyuter bo‘lib, u bu stansiyalarga umumiy tizim resurslariga 
(hisoblash 
quvvatlariga, 
ma’lumotlar 
bazasiga, 
dasturlar 
kutubxonalariga, printerlarga, fakslarga va b.) murojaat qilish imkomini 
beradi va bu resurslarni taqsimlaydi. Server o‘zining tarmoqli operatsion 
tizimiga ega bo‘lib, tarmoq barcha bo‘g‘inlarining ishi uning boshqaruvi 
ostida o‘tadi. Serverga quyiladigan eng muhim talablar ichida yuqori ish 
unumdorlikni va ishonchliligini ajratib o‘tish lozim. 
Ishchi stansiyalarga tarmoq resurslarini taqdim yetishdan tashqari, 
serverning o‘zi ham mijozlarning so‘rovi bo‘yicha ma’lumotlarni 
mazmunli qayta ishlashni bajarishi mumkin — bunday serverni 
ko‘pincha qo‘shimcha (ilovali) server deb atashadi. Server tarmoqda 
ko‘pincha ixtisoslashtiriladi. 
Ixtisoslashgan serverlar ma’lumotlar bazasini va ma’lumotlar 
arxivini yaratish va boshqarish, ko‘p adresli faksimil aloqa va elektron 
pochtani qo‘llash, ko‘p foydalanuvchili terminallarni (printerlarni, 
plotterlarni va b.) boshqarish bo‘yicha tarmoq ishidagi eng «zaif» joylarni 
bartaraf etish uchun ishlatiladi. 
Ixtisoslashgan serverlarga misollar: 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling