Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markazlashtirilmagan tarmoqda
- 4.5. Tarmoqlarni qo‘llash jarayonining tasnifi.
Kamchiligi esa – bu server uchun bitta kompyuter ajratilishi tufayli tarmoqning narxini qimmatlashtirishi. 106 Ajratilmagan fayl-server esa tarmoqni boshqarish bilan birgalikda foydalanuvchi bilan bevosita muloqotda bo‘lishi mumkin. Markazlashtirilgan tarmoqlarda ishlatiladigan operatsion tizimlarning quyidagi harakteristikalari amalda e’tiborga olinadi: • ishchi stansiyalarni soni bilan ish unumdorligini bog‘liqligi; • ishonchligi; • administratsiyalash imkoniyatlari; • himoya vositalari; • ishchi stansiya operativ xotirasida joylashgan operatsion tizim hajmi; • bir necha serverlarni joylashtirish imkoni. Markazlashtirilmagan tarmoqda ajratilgan server bo‘lmaydi. Markazlashtirilmagan tarmoqlarda tarmoq funksiyasini bajarish ishchi stansiyalarning o‘ziga yuklatilgan bo‘ladi. Ishchi stansiyalar bir-birlarining tashqi qurilmalari bilan ishlashlari mumkin bo‘ladi. Ammo bu umumiy tezlikni pasaytiradi. Markazlashtirilmagan hisoblash tarmoqlarining ishlash tezligi past bo‘ladi. Hisoblash tarmoqlarida server ajratilgan yoki ajratilmagan bo‘lishi mumkin . 4.5. Tarmoqlarni qo‘llash jarayonining tasnifi. Kompyuter tarmoqlarini qo‘llash quyidagi jadvalda tasniflangan ko‘rinishda keltirilgan. Jadval 4.5.1. Kompyuter tarmoqlari tarkibi Tarmoq Tasnifi LAN • Dasturiy va texnikaviy ta’minot va kommunikatsion kanallar, bir nechta yaqin bo‘lgan xonalarda joylashgan bo‘ladi; • Shaxsiy kopmpyuter, Server, Mainframe; • Umumiy fayllar; • Umumiy dasturiy ta’minot; • Umumiy printer, skaner va boshqalar; • Qog‘ozsiz ishlash texnologiyasi MAN • Bir nechta yaqin bo‘lgan binolarda joylashgan qurilmalarni bog‘lovchi tizim; • Kompaniya va uning filiallari; WAN • Umumjahon kompaniyalari 107 Internet • Xalqaro kompyuter tarmog‘i; • E-mail; • Fayl va ma’lumotlarni uzatish; • Ma’lumotlar bazasini qidirish; • Marketing xizmati; • Brauzer. Intranet • LAN; • Internet; • Brauzer; • FireWall; • Umumiy foydalanuvchi interfeysi. Tuzilish tarkibi (topologiyasi) bo‘yicha tarmoqlar: • bir tugunli va ko‘p tugunli; • bir yo‘lli va ko‘p yo‘llilarga bo‘linadi. Hisoblash tarmog‘i topologiyasi aloqa tarmog‘ining tuzilishi bilan aniqlanadi. ya’ni EHM lar yoki abonentlarning bir-biri bilan ulanishi orqali. Shuningdek quyidagi tarmoqlar tuzilishlari ma’lum: • yulduzsimon (Star); • halqasimon (Ring); • shinali (Bus); • to‘rli; • yacheykali; • daraxtsimon. Kompyuter tarmoqlarining topologiyasi – kompyuterlar va tarmoq qurilmalarining fizikaviy bog‘lanishida yuzaga keladigan bog‘lanish turlari. Topologiyani tanlashda quyidagi omillar e’tiborga olinadi: • tarmoqning mustahkamligi; • yangi qurilmalarning (abonentlarni ) ulanishining oddiyligi; • iqtisodiy tejamkorligi. Umumiy holda tarmoqlar to‘liq bog‘langan yoki bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin. To‘liq bog‘langan tarmoqda istalgan ikki kompyuterda bir-biri bilan bog‘langan bo‘ladi. Buning asosiy kamchiliklari bu kommutatsiya qurilmalarini ko‘pligidir, bu esa ko‘p xarajatlarni talab qiladi. To‘liq bog‘lanmagan tarmoq – bu to‘liq bog‘langan tarmoqdan biror bog‘lanishni olib tashlashdan paydo bo‘ladi. 108 Yacheykali topologiya Halqasimon topologiya Yulduzsimon topologiya 4 ta elementdan iborat to‘liq bog‘langan to’rli tarmoq Yacheykali topologiya - to‘liq bog‘langan tarmoqdan ba’zi-bir bog‘lanishlarni uzish orqali paydo bo‘ladi, masalan: Halqasimon topologiya – bu kompyuterlarni aylana bo‘yicha ulanishdan paydo bo‘ladi, masalan: Yulduzsimon topologiya – bu tarmoqdagi kompyuterlarni bitta uskunaga yoki kompyuterga ulashda paydo bo‘ladi, masalan: Daraxtsimon topologiya – bu yulduzsimon topologiyali bir nechta tarmoqni birlashtirishdan paydo bo‘ladi, masalan 109 Daraxtsimon topologiya Umumiy shinali topologiya tarmoqda barcha kompyuterlar bitta aloqa kanali orqali birlashtiriladi, masalan: Bu yerda tarmoq bo‘yicha jo‘natilgan ma’lumotlar tarmoqdagi barcha kompyuterlar uchun taaluqli bo‘ladi. Aralash topologiya har xil tipdagi topologiyalar birlashmasidan paydo bo‘ladigan tarmoq. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling