Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   168
Fayl-server (File Server) — ma’lumottlar bazasi bilan ishlash 
uchun ko‘pincha sig‘imi terabaytgacha bo‘lgan RAID diskli 
massivlardagi hajmli diskli eslab qolish qurilmalariga egadir. 
Arxivli server (zahirali nusxalash serveri — Storage Express 
System) — ma’lumotlarni zahirali nusxalash uchun yirik ko‘p serverli 
tarmoqlarda, sig‘imi juda katta bo‘lgan almashtiriladigan kartrijli magnit 
lentadagi yig‘uvchilar (strimmerlar) ishlatiladi; odatda, tarmoq 
ma’muriyati tomonidan ssenariy bo‘yicha (tabiiyki, arxiv katalogini 


111 
tuzish bilan) serverlardan va ishchi stansiyalardan olingan ma’lumotlarni 
kundalik avtomatik arxivlashtirishni bajaradi. 
Faks-server (Net SatisFaxion) — samarali ko‘p adresli faksimil 
aloqani tashkil etish uchun, bir nechta faks-modemli platali, uzatish 
jarayonida ruxsat etilmagan murojaat qilishdan ma’lumotlarni maxsus 
himoyali, elektron fakslarni saqlash tizimli ajratilgan ishchi stansiyasidir. 
Pochtali-server (Mail Server) — xuddi faks-server kabi, lekin 
elektron pochtani tashkil etish uchun elektron pochta qutilari ishlatiladi. 
Bosma serveri (Print Server) – bu dasturiy ta’minot yoki apparat 
vositasi bo‘lib, tarmoq doirasida printerni foydalanuvchilar tomonidan 
birgalikda samarali ishlatish uchun qo‘llaniladi. 
Fayl-server texnologiyasiga asoslangan tarmoq MBBT hozirgi 
kunda 
qoniqarli darajada kuchli texnologiya emas. Chunki ko‘p yuklangan 
tarmoqning unumdorligi pasayadi, xavfsizlikni ta’minlash imkoni 
bo‘lmaydi va ma’lumotlarni yaxlitligi buziladi. Unumdorlik 
muammosi bevosita fayl-server texnologiyasida fayllarni uzluksiz 
to‘liq tarmoq bo‘yicha uzatilishiga bog‘liq. Qolgan ikkita muammo 
ushbu texnologiyada nazarda tutilmaganidan kelib chiqadi.
Fayl-server texnologiyasiga nisbatan kliyent-server (mijoz-
server) texnologiyasi keng tarqalgan.Ushbu texnologiya yakka 
foydalanuvchi tizimlar yutuqlarini (ya’ni, yuqori darajadagi muloqot 
tizimi, do‘stona interfeys, past narxi) va katta kompyuter 
tizimlarining (yaxlitlikni ta’minlash, ma’lumotlarni himoyalash, ko‘p 
masalali) yutuqlarini o‘z ichiga olgan.
Kliyent-server texnologiyasining asosiy g‘oyasi bu serverlarni 
kuchli kompyuterlarda, dasturlarni esa boshqa kompyuterlarda 
joylashtirish. Ushbu texnologiyada mijozlarga ma’lumot baza (MB) si 
to‘liq yuborilmaydi, aksincha server mantiqiy lozim bo‘lgan 
porsiyalarni jo‘natadi, bu o‘z navbatida tarmoqda trafikni 
qisqartiradi. Tarmoq trafiki - bu tarmoqdagi xabarlar oqimi. Ushbu 
texnologiyada mijoz dasturlari va uning talablari ma’lumot bazalarni 
boshqarish tizimi (MBBT) sidan alohida saqlanadi. Server mijoz 
talablarini qayta ishlab, ma’lumot baza (MB) dan zarur ma’lumotlarni 
tanlaydi va tarmoq bo‘yicha mijozga jo‘natadi, axborotlarni 
yangilaydi, ma’lumotlarni yaxlitligini va saqlanishini ta’minlaydi. 


112 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling