Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.6. Kompilyatsiya va interpretasiya tushunchasi
Dasturiy mahsulot – sanoat mahsulotining istalgan turi kabi sotuvga tayyorlangan ommaviy ehtiyojli muayyan muammoni, yoki vazifani hal etish uchun o‘zaro bog‘langan dasturlar majmuasidir. Dasturiy mahsulotlar quyidagicha yaratilishi mumkin: • buyurtmaga ko‘ra individual ishlanma • foydalanuvchilar orasida ommaviy tarqatish uchun ishlanma. Dasturiy mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari xilma-xil, ular quyidagilardan iborat: • dasturiy mahsulotni qanchalik yaxshi (oddiy, ishonchli, samarali) foydalanish mumkinligi; • dasturiy mahsulotdan qanchalik yengil foydalanish mumkinligi; • dasturiy mahsulotni qo‘llashda sharoit o‘zgarganda undan foydalanish mumkinligi yoki yo‘qligi. 3.6. Kompilyatsiya va interpretasiya tushunchasi Yaratilgan algoritmlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan maxsus qurilma bu elektron hisoblash mashinasi hisoblanadi va u hozirgi paytda kompyuter deb nomlanadi. Har qanday algoritm kompyuter tushuna oladigan tilda yozilishi kerak. Ushbu tillarni dasturlash tillari deb aytishadi, ushbu tilda yozilgan algoritmni esa dastur deb atashishadi. Har qanday algoritm translyator orqali kompyuter tiliga o‘giriladi. Translyatorlar (ingl. translator – tarjimon) ikki xil bo‘ladi: Kompilyator va interpretator. Kompilyator (ingl. compiler – tuzuvchi, yig‘uvchi) bevosita algoritmni to‘liq kompyuter tiliga o‘girtirib keyin bajariladi. Interpretator (ingl. interpreter – izohlovchi, og‘zaki tarjimon) esa algoritmni ketma-ket kompyuter tiliga o‘girtirib bajaradi. Interpretator 92 algoritmlarda mavjud xatolarni topishda qulay hisoblanadi. Lekin bu yerda doimo dasturlash muhiti bo‘lishi kerak. Kompilyator orqali yaratilgan dasturda esa dasturlash muhiti keraksiz bo‘lib, ammo ushbu texnologiya orqali algortmda xatolarni aniqlash qiyin kechadi. Hozirgi kunda dasturlash tillari juda ko‘p bo‘lib, ular kompyuterga bog‘liqligiga qarab tasniflanadi. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling