Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   168
dasturiy mahsulot – bu ma’lum bir ommaviy masalani hal qilishga 
mo‘ljallangan dasturlar to‘plamidir. Dasturiy mahsulot boshqa 
mahsulotlarga o‘xshagan holda sotuvga chiqariladi. Umuman olganda 
dasturiy ta’minot va dasturiy mahsulot tushun-chalari sinonim 
hisoblanadi. Servis dasturiy ta’minoti-foydalanuvchiga kompyuter bilan 
ishlashda qo‘shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar 
imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy mahsulotlar jamg‘armasidan iborat. 
Biroq, funksional imkoniyatlarga ko‘ra, servis vositalarini quyidagi 
vositalarga bo‘lish mumkin: 
• foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar;
• ma’lumotlarni buzilish va qoidasiz kirishlaridan himoya 
qiluvchilar;
• ma’lumotni qayta ishlovchilar; 
• disk va tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida ma’lumot almashuvini 
tezlashtiruvchilar;
• virusga qarshi vositalar. 


88 
OT ning sozlovchisi bo‘lgan qobiqlar operatsion qobiqlar deb 
ataladi. Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bo‘lib, har biri 
o‘z vazifasini bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli 
ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajaradi. Qobiq foydalanuvchiga sifat 
jihatdan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va 
buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi. 
Utilitalar foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarni asosan disklar 
va faylli tizimlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko‘rinishida taqdim etadi. 
Utilitalar quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘l qo‘yadi: 
• disklarga xizmat ko‘rsatish; 
• fayl va kataloglarga xizmat ko‘rsatish (xuddi qobiqlar kabi); 
• arxivni yaratish va yangilash; 
• turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni bosish
• kompyuterni virusdan himoya qilish. 
Virusga qarshi himoyali dasturiy vositalar viruslarni topish va 
davolashni ta’minlaydi. 
Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari deganda kompyuter ishi 
jarayoni yoki umuman hisoblash tizimida diagnostika va xatolarni topish 
uchun dasturiy-apparat vositalarining jamlanmasi tushuniladi.Ular 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: EHM va uning ayrim qismlari ishining 
to‘g‘riligi diagnostik va test nazorati vositalari shu jumladan ularning 
EHMda muayyan lokalizatsiyasi bo‘lgan xatolar va shikastlanishlarni 
avtomatik izlash.

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling