1-ma’ruza: “tizimli dasturi ta'minot” faniga kirish reja
Download 23.95 Kb.
|
1-MA’RUZA TIZIMLI DASTURI TA\'MINOT FANIGA KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1-rasm. EHM arxitekturasining asosiy komponentlari.
1-MA’RUZA: 1-MA’RUZA: “TIZIMLI DASTURI TA'MINOT” FANIGA KIRISH Reja 1. Tizimli dasturi ta'minot fanining predmeti to‘g‘risida turlicha yondashuvlar? 2. Hozirgi zamon tizimli dasturi ta'minotdagi asosiy rivojlanish yo‘nalishlari. 3. EHM arxitekturalarining tushunchalari. Apparat vositalari. 4. Hozirgi zamon tizimli dasturiy ta'minotdagi asosiy rivojlanish yo‘nalishlari. KIRISH O‘tgan asrning 60 yillaridan boshlab hisoblash texnikasini yaratishga bo‘lgan yondoshuv tubdan o‘zgardi. Alohida bir biriga bog‘liq bo‘lmagan apparat qismi va bir muncha matematik ta’minot vositalarini loyihalashtirish o‘rniga apparat (hardware) va dasturiy ta’minotdan (software) tashkil topadigan vositalar yaratila boshlandi. Shu bilan birgalikda birinchi o‘ringa ularning o‘zaro bog‘lanish konsepsiyasi birinchi darajaga chiqdi. Shunday qilib prinsipial yangi tushuncha – EHM arxitekturasi paydo bo‘ldi. EHM arxitekturasi deganda uskunaviy – dasturiy vositalar tashkilining umumiy prinsiplari va ularning mos holdagi masalalarini yechishdagi EHM funksional imkoniyatlarini aniqlovchi хarakteristikalari tushuniladi. EHM arxitekturasining asosiy komponentlari jadval ko‘rinishida 1.1-rasmda keltirilgan. 1.1-rasm. EHM arxitekturasining asosiy komponentlari. Har qanday shaxsiy kompyuter, hatto eng zamonaviysi ham, kerakli dasturiy ta’minotlarisiz oddiy buyumga aylanadi. Bunday holatlarda, y’ani dasturiy ta’minotsiz bironta kompyuter eng sodda amallarni ham bajara olmaydi. Shunday qilib dasturiy ta’minot (DT yoki software) ning o‘zi nima? Dasturiy ta’minot (software) deb, hisoblash texnikasi, tizimida ishlovchi dasturlar to‘plamini tushunishimiz mumkin. Dasturiy ta’minotga (DT) shuningdek, DT loyihalash va ishlab chiqish faoliyat sohasining barchasini kiritish mumkin: · dasturlarni loyihalash texnologiyasi (masalan, loyihalash, strukturali va ob’yektga mo‘ljallangan loyihalash va boshqalar); · dasturni testlash usullari [ссылка, ссылка]; · dastur sozligini isbotlovchi usullar; · dastur ishining sifatini tahlil etish; · dasturni hujjatlashtirish; · dasturiy ta’minotni loyihalash jarayonini yengillashtiruvchi dasturiy vositalarni qo‘llash va ishlab chiqish va boshqalar. Dasturiy ta’minot – kompyuter tizimining ajralmas qismi. U texnik vositalarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Kompyuterni aniq bir qo‘llash sohasi DT orqali aniqlanadi. Kompyuter shunchaki o‘zidan o‘zi hech bir qo‘llash sohasida bilimlarga ega bo‘lib qolmaydi. Bu bilimlarning barchasi kompyuter dasturlarida bajarilishiga mo‘ljallangandir. Zamonaviy kompyuterlarni dasturiy ta’minoti o‘z ichiga millionlab dasturlarni oladi – o‘yinlardan boshlab to ilm–fanga oid bo‘lgan dasturlarni. DT quyida keltirilgan asosiy kategoriyalarga bo‘linishi mumkin (1.2-rasm): Download 23.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling