1-ma’ruza: “tizimli dasturi ta'minot” faniga kirish reja


-rasm. EHM arxitekturasining asosiy komponentlari


Download 23.95 Kb.
bet3/3
Sana11.11.2023
Hajmi23.95 Kb.
#1766276
1   2   3
Bog'liq
1-MA’RUZA TIZIMLI DASTURI TA\'MINOT FANIGA KIRISH

1.1-rasm. EHM arxitekturasining asosiy komponentlari.
Har qanday shaxsiy kompyuter, hatto eng zamonaviysi ham, kerakli dasturiy ta’minotlarisiz oddiy buyumga aylanadi. Bunday holatlarda, y’ani dasturiy ta’minotsiz bironta kompyuter eng sodda amallarni ham bajara olmaydi. Shunday qilib dasturiy ta’minot (DT yoki software) ning o‘zi nima?
Dasturiy ta’minot (software) deb, hisoblash texnikasi, tizimida ishlovchi dasturlar to‘plamini tushunishimiz mumkin.
Dasturiy ta’minotga (DT) shuningdek, DT loyihalash va ishlab chiqish faoliyat sohasining barchasini kiritish mumkin:
· dasturlarni loyihalash texnologiyasi (masalan, loyihalash, strukturali va ob’yektga mo‘ljallangan loyihalash va boshqalar);
· dasturni testlash usullari [ссылка, ссылка];
· dastur sozligini isbotlovchi usullar;
· dastur ishining sifatini tahlil etish;
· dasturni hujjatlashtirish;
· dasturiy ta’minotni loyihalash jarayonini yengillashtiruvchi dasturiy vositalarni qo‘llash va ishlab chiqish va boshqalar.
Dasturiy ta’minot – kompyuter tizimining ajralmas qismi. U texnik vositalarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Kompyuterni aniq bir qo‘llash sohasi DT orqali aniqlanadi.
Kompyuter shunchaki o‘zidan o‘zi hech bir qo‘llash sohasida bilimlarga ega bo‘lib qolmaydi.
Bu bilimlarning barchasi kompyuter dasturlarida bajarilishiga mo‘ljallangandir.
Zamonaviy kompyuterlarni dasturiy ta’minoti o‘z ichiga millionlab dasturlarni oladi – o‘yinlardan boshlab to ilm–fanga oid bo‘lgan dasturlarni. DT quyida keltirilgan asosiy kategoriyalarga bo‘linishi mumkin (1.2-rasm):

1.2-rasm. Dasturiy ta’minotni asosiy kategoriyalari.
Dasturiy ta’minotni asosiy kategoriyalari to‘g‘risida to‘xtab o‘tamiz.
1. Tizimli dasturlar, turli yordamchi funksiyalarni bajaradilar va ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin:
· kompyuter resurslarini boshqarish;
· foydalanilayotgan axborot nusxasini yaratish;
· kompyuter qurilmalarini ishlash qobiliyatini tekshirish;
· kompyuter faoliyati to‘g‘risida ma’lumotli axborotni berish va boshqalar.
2. Uskunaviy dasturiy ta’minot – kompyuterda foydalanuvchilar uchun yangi dasturlar tuzish jarayonini yengillashtiradi.
3. Amaliy dasturiy ta’minot – operatsion tizim tomonidan quvvatlanadigan ofis dasturlari yordamida foydalanuvchining zarur ishlarini bajarishni ta’minlaydi.
Nazorat savollari
1. Dasturiy ta’minot nima?
2. Dasturiy ta’minot tarkibiga nimalar kiradi?
3. DT kategoriyalarini sanab chiqing.
4. EHM arxitekturasi deganda nima tushiniladi?
5. Uskunaviy dasturiy ta’minot nima?
6. Amaliy dasturiy ta’minot nima?
Download 23.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling