Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Dasturiy mahsulotlarning tasnifi


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   168
3.2. Dasturiy mahsulotlarning tasnifi 
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo‘lib, u 
ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni 
ishlatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Dasturiy 
ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib 
qoladi. 
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog‘lanish 
bog‘lanish interfeys deb ataladi. Kompyuterning turli texnik qismlari 


79 
orasidagi o‘zaro bog‘lanish — bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi 
o‘zaro bog‘lanish esa — dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar 
orasidagi o‘zaro bog‘lanish — apparat-dasturiy interfeys deyiladi. 
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan 
ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham 
nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy 
vositalari bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni 
inson bilan o‘zaro muloqoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. 
Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo‘yicha tasniflash 
mumkin: 
• tizimli dasturiy ta’minot
• amaliy dasturiy ta’minot; 
• dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. 
Tizimli dasturiy ta’minot (sistem software) — kompyuterning va 
kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. 
Amaliy dasturiy ta’minot (aplication program package) — bu 
aniq bir predmet sohasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga 
mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir. 
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi 
dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan mahsus dasturlar 
majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy 
vositalari bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu 
jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga 
mo‘ljallangan. 
Tizimli dasturiy ta’minot (TDT) quyidagilarni bajarishga 
qaratilgan: 
• kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va samarali 
ishlashini ta’minlash; 
• kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini 
tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish. 
Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan — asosiy 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling